41
• Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi nima
hisoblanadi?
• Moliyaviy rezervlarni shakllantirish
omillari tizimi qanday va
muhimligiga ko‘ra ularning darajalarini nimalarga ajratish mumkin?
• Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim
rezerv nimadan iborat?
• XYuS moliyaviy barqarorligining ichki va
tashqi rezervlari nimalarga
bog‘liq bo‘ladi?
• Aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi?
• Fond qaytimi ko‘rsatkichining aniqlanish tartibi qanday va u nimaga
tavsifnoma beradi?
• Kapitalning faollik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
• Aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bo‘lishi
nimani xarakterlaydi va
uni qanday aniqlash mumkin?
• Moliyaviy leverij deb nimaga aytiladi va u qanday aniqlanadi?
• Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsimlashning umumiy
ko‘rinishi qanday?
• To‘lovga qobillik koeffitsiyentining aniqlanish
tartibi qanday va u
nimani xarakterlaydi?
• XYuSni bankrot deb e’lon qilmaslik uchun nimalarga alohida e’tibor
qaratmoq lozim?
• Har bir guruh omillari hisobidan foyda miqdori o‘zgarishining hisob-
kitobi qanday tarzda amalga oshirilishi kerak?
• Tannarx, baho,
realizatsiya, realizatsiya qilingan mahsulot
assortimenti omillarining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi
qanday
aniqlanadi?
• Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning
qanday parametrlariga erishishga harakat qilmog‘i lozim?