T. S. Malikov


1-bob. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

 


3
1-bob. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR
1
 
MOLIYASI – DAVLAT MOLIYAVIY SALOHIYATINING 
ASOSI 
 
1.1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi 
 
 
Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subyektlari va 
aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro 
bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi: 
• respublika va mahalliy budjetlar, davlat nobudjet fondlari bud-
jetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat (unitar) XYuSlari va dav-
latning ishtirokidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohi-
yati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy 
aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – 
inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik 
hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin
• xususiy XYuSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari ak-
tivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Bu yerda ay-
lanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallan-
magan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli qo‘yilmalar, uzoq 
muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlar-
dan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, 
debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va 
boshqa aylanma aktivlar kiradi. XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning 
yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy 
qudratga ega bo‘lgan XYuSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy 
natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik 
jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, 
tadbirkorlikning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan 
oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi; 
• bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit resursla-
riga bo‘lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tash-
kilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik 
mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoni-
yatiga ega emas. XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, 
1
Ushbu o‘quv qo‘llanmada xo‘jalik yurituvchi subyektlar deyilganda, avvalo korxonalar va 
xo‘jalik yuritishning qolgan barcha shakllari nazarda tutiladi. 


4
qisqa muddatli xarakterga ega. Asosiy kapitalni shakllantirish-dagi 
kreditlarning salmog‘i iqtisodiy samaradorlik o‘sishi uchun yetarli emas; 
• sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbir-
korlik risklarini pasaytiradigan, jamg‘arma va hamda investitsiyalar o‘si-
shini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha su-
g‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig‘indisining amalga oshi-
rilishi orqali namoyon bo‘ladi; 
• uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning ja-
mi daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, investitsion talabning o‘si-
shiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqali ifodalanadi. 
Hozirgi paytda ko‘plab mamlakatlarda aholining jamg‘armalari, 
XyuS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydalanilmayapti. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling