T. S. Malikov
XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish 2.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni isloh qilish va moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning
- 1-chizma.
XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning
samarali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy- texnik jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiya-larning o‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning o‘ziga xos omili ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi Bank va sanoat kapitalining real qo‘shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo‘lmoqda 22 2-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilish 2.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni isloh qilish va moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi XYuSlar faoliyatida sifat o‘zgarishlarini amalga oshirmasdan turib, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. Ularni isloh qilish jara- yonining mazmuni bozor munosabatlari rivojlanishining qonuniyat- laridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo‘g‘in (XYuSlar) ga alohida o‘rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotidagi o‘zaro aloqalarning umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma): 1-chizma. Bozor iqtisodiyotidagi o‘zaro aloqalar modeli Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYuSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir- lashadi. Baholarning yig‘indisi tushumning o‘lchamini belgilab (aniq- lab) berganligi uchun XYuS (firma, korporatsiya va h.k.) larning moli- yaviy ahvoli bilan ularning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraq- qiyotning bozor omillari o‘zgarishi (dinamikasi) ni har tomonlama hi- sobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYuSlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun falsafa- sini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. XYuSlarni bozor sha- Davlatning tartibga soluvchi roli Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) Bozor bahosi Xaridor (iste’molchi) Raqobat muhiti 23 roitlariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan choralar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, XYuSlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil (to‘laqonli) subyektiga aylantirish ularni moliyaviy isloh qilish- ning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 18 yildan ko‘proq vaqt bo‘lganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz XYuSlarining ma’lum bir qismi dinamik rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayot- ganligi yo‘q. Ayrim ekspertlarning bahosiga ko‘ra, sanoat XYuSlarining ¼ qisminigina bozor iqtisodiyotining to‘laqonli subyektlari safiga kiri- tish mumkin. Yangi sharoit talabiga ko‘ra munosabati bilan XYuSlarni moli- yaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va eng yangi texnolo- giyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash; • XyuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish; • XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish; • ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamaytirish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan XYuSlarning investitsion jozibadorligini oshirish; • aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunkturasini ba- shoratlash, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalash. XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan eng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbayini – kapitalni o‘stirishga yo‘naltiri- ladigan sof foydani o‘stirish alohida o‘rin egallaydi. Sof foydani kapi- tallashtirish koeffitsiyenti aktiv (kapital) ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foyda qismining XYuS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqla- nadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling