T.: Tmi, 2022 y. Taqrizchilar


Download 255.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana18.06.2023
Hajmi255.51 Kb.
#1558856
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
kurs ishi uslubiy qo\'llanma

 
 
O‘rganishlar davomida ta’kidlashimiz joizki, konsolidatsiyalashgan 
moliyaviy hisobotni shakllantirishda asosan bosh va sho‘ba kompaniyalar 
hisobotlaridagi ma’lumotlarni birlashtirish amalga oshiriladi. Ammo bu jarayonda 
aktiv, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar bilan bog‘liq hisobot 
ma’lumotlarini birlashtirish bilan cheklanmaydi. Konsolidatsiyalash jarayoni 
maxsus xisob-kitoblarni ham talab etadi va bir nechta bosqichli
konsolidatsiyalash (consolidation schedule)ni o‘z ichiga oladi. Shuningdek 
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda biznes birlashuvi (business 
combination) ya’ni sho‘ba korxonalarning bosh korxona nazoratiga o‘tish jihatlari 
ham alohida ahamiyatga ega. IFRS 3 Biznes birlashuvlari nomli MHXSga ko‘ra, 
“biznes birlashuvi (business combination) sotib oluvchi bir yoki undan ortiq 
bizneslar ustidan nazoratga ega bo‘ladigan operatsiya yoki boshqa hodisadir biznes 


38 
birlashuvlari hisoblanadi”[] deya ta’rif beriladi. Mazkur standartga muvofiq biznes 
birlashuvi (business combination) ikkita holat bo‘yicha amalga oshiriladi. Birinchi 
holat sotib olish (acquisition) bu holatda sotib oluvchi biznes birlashuvida 
nazoratga ega bo‘ladi. Korxona manfaatlarini birlashtirish (merger) bunda nazorat 
tomonlar manfaatlariga ko‘ra birgalikda amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobot 
xalqaro standartlariga muvofiq konsolidatsiyalashni quyidagi asosiy guruhlarga 
ajratib olishimiz mumkin. Ya’ni to‘liq konsolidatsiyalash, mutanosib 
konsolidatsiyalash va ulush bo‘yicha hisobga olish usuli. 
 
 
 
 
2-rasm. MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni 
shakllanish usullari
3
 
To‘liq konsolidatsiyalash usulida bosh tashkilot va uning shu’ba 
tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalga oshiriladi. Mutanosib konsolidatsiyalash 
to‘liq konsolidatsiyadan farq qiladi aktivlarga nisbatan asosan amalga oshiriladi. 
Asosan qo‘shma faoliyat hisobotlarin birlashtirishda qo‘llaniladi. Kapitaldagi 
ulushlar investor egaligidagi tadbirkorlik sub’ektilarning egalik ulushlarini va 
3
МҲХС маълумотлари асосида муаллиф томонидан тайёрланди. 
МҲХСга мувофиқ консолидациялашган молиявий ҳисоботни 
шаклланиш усуллари 
тўлиқ 
консолидация 
(entity method) 
мутаносиб 
консолидация(pro
portional 
consolidation) 
капиталдаги 
улушлар (equity 
method) 
бош ташкилот ва 
унинг шуъба 
тадбиркорлик 
субъектларига 
нисбатан 
қўлланилади
Қўшма фаолият 
ҳисоботларини 
бирлаштиришда 
қўлланилади 
Бизнес 
бирлашувида 
қўлланилади 


39 
o‘zaro tadbirkorlik sub’ektlarining mulk egasining, a’zosining yoki 
ishtirokchisining ulushlarini anglatish uchun keng ma’noda qo‘llaniladi. Bunda 
asosan investorning ulushi nazarda tutiladi investitsiya ob’ektining sof aktivlari 
balansda alohida satr, ulush sifatida aks ettiriladi.

Download 255.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling