Yonilg’i nasoslarini ta’mirlash. Nasos korpusida quyidagi nuqsonlar
uchraydi (3.1- rasm): yuza A va reyka teshigining silindrik yuzasi B, turtkich o‘q
ariqchalari V ning va turtki teshiklari sirti G ning eyilishi, bolt va shpilka
rezbalarining eyilishi yoki uzilishi, darz ketishlar, o‘tqizish tekisliklarining
pachoqlanishi.
Yuza A ning eyilishi ortishi bilan reykaning o‘z-o‘zidan aylanib ketishi
jadallashadi. Turtkich o‘qining korpusdagi yo‘naltiruvchi pazalarining eyilishi
turtkichlarning qiyshayishiga, va ular eyilish jadalligining oshishiga olib keladi.
Ko‘p hollarda rolik o‘qining tishlashib qolishiga ham sabab bo‘ladi.
Turtkichni o‘rnatish teshigi yuzasining eyilishi kulachokli valning o‘qiga
perpendikulyar tekislikda katta bo‘lgani uchun, teshik oval shaklida bo‘ladi. Bu
esa, o‘z navbatida, teshik turtkich birikmasidagi tirqishning ortib ketishiga olib
keladi va u turtkichning taqillashiga sabab bo‘ladi. Ayrim hollarda bu nuqson
turtkichning tishlashib qolishiga va kulachokli valning yoki rolik o‘qining sinib
ketishiga olib keladi.
28
3.1-rasm. Yonilg‘i nasosi korpusining eyilishi:
A – reyka teshigi dastasi; B – reyka teshigining silindrik sirti; V – turtkichlar
o‘qining ariqchalari; G – plunjer turtkichining o‘rnatish teshigi.
Do'stlaringiz bilan baham: |