Plunjerning faol yo‘lini tugashi uning keskin uzib qo‘yish qirrasi 8 keskin
uzib qo‘yish darchasi 7 ni ochishi bilan aniqlanadi (2.2.2d-rasm). Ushbu jarayon
keskin uzib qo‘yish deb ataladi: yonilg‘i teshik 6 va darcha 7orqali past bosimli
yo‘lga oqib o‘tadi; plunjer ustidagi bo‘shliqda bosim tez pasayadi va haydovchi
klapan prujina ta‘siridan pastga siljiydi (2.2.2d-rasm). Qayta purkashga yo‘l
25
Klapanning yuksizlantirish belbog‘ini nasosli ta‘siri tufayli shtutserni hajmi
dan yonilg‘ining bir qismi tortib olinadi. Shtutserdagi bosim kamayadi va
odatga ko‘ra yaxlitlikni uzilishi va yonilg‘ida havo eritmasi ajralishi ro‘y beradi.
Bu shtutser nasosiga yetib kelgan teskari to‘lqinni so‘nishini ta‘minlaydi va qayta
purkashning oldini olishga imkon beradi.
Plunjerning pastga qarab siljishida kiritish darchasi 7 orqali plunjer usti
bo‘shlig‘ini to‘lishi sodir bo‘ladi (2.2.2e-rasm). Bu vaqtda haydash klapani yopiq
bo‘lganligi uchun yuqori bosimli yo‘ldan yonilg‘ini qaytadan plunjer usti
bo‘shlig‘iga oqib o‘tishiga imkon bermaydi. To‘lish vaqti va kiritish darchasini
o‘tish kesimi yonilg‘i tizimini barcha ish rejimlari oralig‘ida plunjer usti
bo‘shlig‘ini to‘liq to‘lishini ta‘minlaydigan darajada qilib tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: