2.2.2-rasm. Common Rail – yonilg’ini purkash tizimi sxemasi.
Yuqori bosimli yonilg‘i nasosi 1800-2000 bar yonilg‘i bosimini hosil qiladi.
Yuqori bosimli yonilg‘i nasosi quvvatni dvigatel validan tishli tasma orqali oladi.
Yuqori bosimdagi dizel yonilg‘isi rampa 8 ichiga yig‘iladi. Bosimning me‘yordan
oshmasligini yuqori bosimli yonilg‘i nasosidagi saqlagich klapani 5 ta‘minlaydi.
Forsunkalar purkash jarayoni elektromagnit klapani bilan boshqariladi.
Klapan ochilishida rampadan yonish kamerasiga miqdori me‘yorlangan yonilg‘i
purkaladi. Elektr signali yordamida klapan tezkor ishlaydi, va bir siklda yonilg‘ini
bir necha bor qism-qism purkash mumkin. Masalan, MAN avtomobiliga
o‘rnatilgan dvigatellarda bir siqish va ish taktlarida silindrga yonilg‘i uch marta
purkaladi. Ba‘zi yengil avtomobillarda besh martagacha purkaladi. Bu dvigatelning
yonilg‘i tejamkorligini yaxhsilaydi.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |