2.2. Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi
Dizel dvigatellarida yonilg‘ini purkash havo bilan ish aralashmasini silindr
bo‘shlig‘ida harakatlantirish usuli yonilg‘i yuborish qurilmalari hamda yonish
bo‘linmasining konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Dizel dvigatelining ta‘minlash
tizimi yonuvchi aralashmani silindr ichida tayyorlaydi. Dizel dvigatellarida
yonilg‘ini purkash tarmog‘i yuqori bosim nasosi va har bir silindrga yopiq holda
o‘rnatilgan forsunkadan iborat. Bu dvigatellarning ta‘minlash tarmog‘i asosiy
ikkita: past va yuqori bosim shoxobchalaridan iborat. Past bosim shoxobchasi
yonilg‘i bakdan yuqori bosim nasosiga uzatadi. Dizel dvigateli ta‘minlash
tizimining umumlashgan sxemasi 2.2.1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |