T. Veblen iqtisodiy jarayonlami shakllangan an’analar sifatida tahlil etadi
Download 333.31 Kb.
|
Shahboz Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirdi: Yuldashev Inoyat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Mustaqil ish Mavzu: T.Veblen g’oyalari Bajardi: Mamashukurov Shahboz Tekshirdi: Yuldashev Inoyat REJA.
Kirish. Veblenning iqtisodiyotga qarashlari va ularning zamonaviy iqtisodiyotga ta’siri Veblenning iqtisodiyot nazariyasining kelajakdagi istiqbollari “Iqtisodiyotning boshqa nazariyasi” asarining mazmuni va ahamiyati Xulosa T.Veblen iqtisodiy jarayonlami shakllangan an’analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an’anaviy harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga otaonalar his-tuyg‘usi, usta instinkti, ya’ni yaxshi ishlashga intilish, ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning fikricha, dastlabki instinkt awal oilaga g‘amxo‘rlikda namoyon bo‘ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun insoniyatga bo‘lgan g‘amxo‘rlikka aylanib boradi. Darvinning tabiiy tanlanish ta’limoti ijtimoiy hodisalarga mexanik ravishda ko'chiriladi. Insonning ongli harakatiga yetarlicha baho bermasdan, odamlaming yurish-turishi g'ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe’l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi. Veblen zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo‘lib hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e’tibor beriladi va unga barcha ishlab chiqaruvchilar va birinchi navbatda, muhandislar va ishchilar kiritiladi. Industriya olami mehnat unumdorligini о‘stilish, ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Biznes olami deganda u moliyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlami tushundi. Uningcha, biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiladi va shu sababli uni beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit nayranglari, turli aksioner jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to'la bo‘ysundirilgan. Shu sababli sanoatni biznes ta’siridan «ozod» qilish kerak, deydi u. Mavjud tizimni o'zgartirish to‘g‘risida gapirib, bu masalani Veblen ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya qo‘liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha injenertexnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar ulaming shartlariga ko‘nishga majbur bo‘ladilar. Kapitalizm transformatsiyasi «texniklar kengashi» vositasida bajariladi, intelUgensiyaning roli birinchi o‘ringa qo‘yiladi, ya’ni biznes olamini injener- texnik intelligensiya yenga oladi. Sanoat mutaxassislariga yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak, ^ Veblen yangi jamiyatni «texnokratik» ko‘z bilan ko‘radi.tarmoqlar – sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va hokazo. Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan bog‘langan (mamlakatdagi ishsizlik, inflyasiya darajasi, foiz stavkasining o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish sur’ati va boshqalar) yaxlit milliy xo‘jalikni qamrab oladi. Biroq, keyingi vaqtlarda mikro- va makroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegara yo‘qolib bormoqda. Sababi, makroiqtisodiy tahlil o‘z navbatida mikrodarajadagi tahlilning uzviy davomiga aylanib bormoqda. Shuningdek, ba’zi bir olimlar tomonidan mikro- va makroiqtisodiyotning ba’zi bir belgi va jihatlarini 3 Qaralsin: Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. – M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005. 10 umumlashtiruvchi oraliq daraja – mezoiqtisodiyotni alohida ajratib o‘rganish zarurati to‘g‘risidagi fikrlari ham uchramoqda. 4 Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o‘rinni nazariy qoidalarning ishlab chiqilishi egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar asoslab beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi. Iqtisodiy nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutlaq aniqlikka ega bo‘lmaydi. Nazariyaning foydaliligi va ahamiyati uning o‘rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab berishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o‘zgartirilib, takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Nazariya barcha hodisalar uchun bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari hollarda hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri ifodalab beradi. Jumladan, R.Pindayk va D.Rubinfeldlarning «Mikroiqtisodiyot» nomli kitobida 2 xil o‘zaro bog‘liq nazariyaning muammoning echimini topishdagi qo‘llanishi misol tariqasida keltiriladi (1-jadval): 1-jadval Ayollarning ish bilan bandligi muammosini o‘rganishda turlicha o‘zaro bog‘liq nazariyalaridan foydalanish5 «Qo‘shimcha ishchi» nazariyasi «Rad etilgan ishchi» nazariyasi Ishsizlikning yuqori foizi turmush qurgan ayollarning mehnatdagi ishtiroki hissasining oshib borishiga olib keladi. CHunki, ularning yerlari ishsiz bo‘lgan chog‘da oilani ta’minlash uchun ayollarga ishlashga to‘g‘ri keladi. Demak, turmush qurgan ayolning ishga kirish borasidagi qarori nafaqat ish haqi, balki oilaning umumiy daromadiga bog‘liq bo‘ladi. Agar yuqori darajadagi ishsizlik yerlar uchun ishlashga kam imkoniyat qoldirsa, u holda ayollarning ishlash ehtimoli oshadi. Bandlikning yuqori darajasi turmush qurgan ayollar mehnatdagi ishtiroki hissasining pasayishiga olib keladi. Chunki, boshqa sharoitda ish qidirishi mumkin bo‘lgan kishilarning hafsalasi pir bo‘ladi va mehnat resurslarining miqdori pasayadi. YA’ni, turmush qurgan ayollarning ishga kirish qarorini belgilovchi omil bo‘lib oilaning daromadi emas, balki mehnat bozorining torligi hisoblanadi. Bozor qanchalik tor bo‘lsa, ayollarning ish topishga harakat qilishi shunchalik kam ehtimolga ega bo‘ladi. 4 Jumladan: Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. – M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005. 5 Jadval quyidagi manba asosida tuzilgan: Pindayk Robert, Rubinfeld D. Mikroiqtisod. – Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma. – T.: «Sharq», 2002. – 11-13-b. 11 Bu nazariyalardan qay biri to‘g‘riligini tekshirish maqsadida AQSHning turli shaharlarida ishsizlar umumiy soniga nisbatan turmush qurgan ayollarning bandlik darajasini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar o‘rganib chiqilgan. Tadqiqotlar ishsizlikning yuqori darajasi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar umumiy sonidagi ulushining pastligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. Xususan, ishsizlar umumiy sonining 1%ga o‘sishi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar tarkibidagi ko‘rsatkichini 1,4%ga pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, bu o‘rinda ma’lumotlar «Rad etilgan ishchi» nazariyasini tasdiqlaydilar. 2. Zamonaviy iqtisodiy nazariya fanining vazifalari, ularning tipologiyasi va namoyon bo‘lish shakllari Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatiladi: 1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytiradi; 2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir; 3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi; 12 4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta’minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, iqtisodiy o‘sish yo‘llarini aniqlab ko‘rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog‘lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‘rgatishdan iboratdir. Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir. 13 3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik tamoyillari Boshqa fanlar singari, iqtisodiyot nazariyasi fanining amalda vujudga kelishi tadqiqot predmetining shakllanishi bilan birga uning bilish usulining qaror topishiga ham bog‘liqdir. Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. U iqtisodiy hodisalarni o‘rganishga umumiy yondashuv, haqiqatni yagona va yaxlit holda tushunish, yagona falsafiy asosning mavjudligini taqozo etadi. Uslubiyat asosiy masala, ya’ni iqtisodiyot nazariyasi u yoki bu iqtisodiy tizimning amal qilishi va yanada rivojlanishini qanday ilmiy usullar, vositalar orqali bayon etilishini hal etishga yordam berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi uslubiyatida bir necha asosiy yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) sub’ektiv; 2) neopozitiv-empirik; 3) ratsionalistik; 4) dialektik. Sub’ektiv yondashuvda iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilishda xo‘jalik yurituvchi alohida sub’ekt nuqtai-nazaridan kelib chiqiladi. Ayniqsa, mazkur yondashuvdan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi, alohida bozor ishtirokchilarining xulq-atvorlarini bayon etishda keng foydalaniladi. Neopozitiv-empirik yondashuv iqtisodiy hodisa va jarayonlarni nisbatan mukammalroq o‘rganish hamda baholashga asoslanadi. Tadqiqotning diqqat markazida bilishning texnik apparati maydonga chiqib, u bilish vositasidan uning predmetiga (matematik apparat, ekonometrika, kibernetika va h.k.) aylanadi. Tadqiqot natijasi bo‘lib esa asosiy kategoriyalardan iborat bo‘lgan turli ko‘rinishdagi iqtisodiy modellar maydonga tushadi. Ratsionalistik yondashuv insoniyat taraqqiyotining tabiiy yoki ratsional qonunlarini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy tizimni, uni tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni, jamiyatning iqtisodiy tuzilishini tadqiq qilishni taqozo etadi. Shuningdek, iqtisodiy ratsionalizm konsepsiyasi mikroiqtisodiy 14 tahlilda keng qo‘llaniluvchi qoidalardan biri hisoblanadi. Uning asosida iqtisodiy sub’ektning mavjud imkoniyat va resurslarning cheklanganligi sharoitida minimal xarajatlar asosida maksimal natija olishga intilishi yotadi. Kishilar doimo o‘z sub’ektiv manfaatlarini qondirishda cheklangan iqtisodiy ne’matlardan foydalanishning muqobil usullarini tanlash zaruriyatiga duch keladilar. Tabiiyki, o‘zlarining ratsional hatti-harakatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy sub’ektlar tanlash erkinligiga ega bo‘lishlari lozim. Ratsionallik darajasiga ko‘ra uning ikki turi farqlanadi: 1. To‘liq ratsionallik. Bu ko‘proq nazariy tasavvur bo‘lib, unda iqtisodiy sub’ekt mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan natijalar o‘rtasidagi eng yuqori tafovutga erishadi (minimal xarajat sharoitidagi maksimal foyda). 2. Cheklangan ratsionallik. Bunda axborotlarni to‘plash va tahlil qilishning qiyinligi tufayli xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‘liq foydalanishning mumkin emasligini aks ettiradi. Bunday holatda qarorlar qisman tajriba, intuitsiya va boshqalar asosida qabul qilinib, ulardan olinadigan sof foyda nisbatan kamroq bo‘ladi. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi. Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi. 2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish. Bu yerda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir 15 iqtisodiy hodisa o‘zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo‘lgani holda, boshqa bir iqtisodiy jarayonga sabab yoki omil bo‘lishi mumkin. Masalan, mashina, stanok, asbob-uskunalar bir ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo‘lgani holda ikkinchi ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo‘lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar taqsimot va iste’mol sohalarida o‘zgarish bo‘lishiga, qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar esa sanoatda o‘zgarish bo‘lishiga turtki bo‘ladi, va h. k. 3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha rivojlanishida deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga rivojlanishning manbai deb yondashish. Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. Dialektik dunyoqarash — bu qadimgi yunon falsafasidan boshlab to hozirgacha butun kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyoti tarixida inson aql-idroki erishgan buyuk yutuqdir. Dialektik uslubning mohiyati o‘rganilayotgan jarayonning ichki ziddiyatlar tufayli o‘z-o‘zidan harakatda bo‘lishini tushuntirishdan iborat va bu narsa har qanday fanga, jumladan iqtisodiyot nazariyasi faniga ham taaluqlidir. Mikroiqtisodiy nazariyada iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega: - birinchidan, tadqiqot predmeti sifatida iqtisodiy munosabatlarning kichik, tor, quyi darajasi olinadi; 16 - ikkinchidan, tahlil jarayonlarida sub’ektiv-psixologik omillar ham sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ularning tadqiqi maxsus usullar orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi. Ilmiy abstraksiya usuli - tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez – bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi. Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma’lum o‘rin egallaydi, iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqish talab etiladi. Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va 17 firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narxtashkil topishining, ish haqi to‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi. Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflyasiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu tahlil ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi. Iqtisodiy jararyonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin. 6 Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy o‘quv adabiyotlarida mikroiqtisodiy tahlilning ko‘plab usullari, jumladan, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm), 6 Bu usulning nazariy va amaliy ahamiyati prof.Sh.Shodmonov, dots. G.Baubekova tomonidan chiqarilgan «Инновационные методы в преподавании экономической теории» kitobida batafsil bayon etilgan. 18 funksional tahlil, mikroiqtisodiy modellashtirish, grafik usul kabilar keng bayon etilgan. Quyida mazkur usullarning asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz. So‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm). 19- asrning ikkinchi yarmida me’yoriy foydalilik va me’yoriy unumdorlik yoki marjinalizm (marginal (ingl.) - me’yoriy) nazariyasi shakllandi. Marjinalizm nazariyasi – bu xo‘jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida sub’ektning ruhiyati nuqtai-nazaridan amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil. Mazkur sub’ekt iqtisodiy jarayonda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslikdan olinishi mumkin bo‘lgan me’yoriy foyda yoki me’yoriy yo‘qotishlarga eng avvalo xususiy baholash orqali yondoshadi. Bunday baholashlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif, narx nazariy jihatdan izohlab beriladi. Xulosa. Uning eng mashhur asari “Iqtisodiyotning boshqa nazariyasi” (1899) bo’lib, bu asarda u iqtisodiyotning institutsional tahlilini amalga oshiradi va “ko’rsatuvchi sarf” tushunchasini taklif qiladi. Bu tushuncha ijtimoiy darajadagi ko’rsatish maqsadida sarflanadigan resurslar haqidagi fikrni ifodalaydi. Veblenning iqtisodiyotga qarashlari zamonaviy iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatgan va uning g’oyalari hozirgi kunda ham muhim ahamiyatga ega . Veblenning iqtisodiyot nazariyasining kelajakdagi istiqbollari haqida aniq ma’lumot yo’q. Ammo uning g’oyalari hozirgi kunda ham muhim ahamiyatga ega va iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Download 333.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling