Ta qurut va ta xo’rozqand birgalikda 25 so’mdan arzon ta qurut va ta xo’rozqand
Download 19.23 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf(6)masalalar2019@riyoziyot ilmi
@Riyoziyot_ilmi 1. 4 ta qurut va 5 ta xo’rozqand birgalikda 225 so’mdan arzon. 3 ta qurut va 2 ta xo’rozqand birgalikda 120 so‘mdan qimmat. Nima arzon: 13 ta qurutmi yoki 10 ta xo‘rozqandmi? W) 13ta qurut A) 10ta xo’rozqand S) bilmadim 2. Imtihonda o’quvchilarning 1 6 qismi „qoniqarli“, 56%i „yaxshi“ va 14 tasi „a'lo“ baholar oldi. „A'lo“ olganlar jami o'quvchilarning 4% idan ko'p, ammo 5% idan kam bo'lsa, jami o'quvchilar sonini toping. W) 450 A) 150 S) 300ta 3. Ikkita idishdagi bir xil buyumlar soni birgalikda 29 tadan ko'p. 1- idishdan 2 ta buyum olinganda, unda qolgan buyumlar 2- idishdagidan 3 baravardan-da ko'proq bo'ladi. 1-idishdagi buyumlarning 3 baravari bilan 2-idishdagi buyumlarning 2 baravari farqi 60 dan kam. 2- idishda qancha buyum bor? W) 7ta A) 15ta S) 24ta 4. Ikkita idishdagi buyumlar soni birgalikda 27 tadan ko'p. 2- idishdan 12ta buyum olinganda, 1- idishdagi buyumlar soni 2- idishdagidan 2 martadan-da ko'proq bo'ladi. 1- idishdan 10 ta buyum olinganda, 2-idishdagi buyumlar soni 1 - idishdagidan 9 martadan-da ko'proq bo'ladi. 1-idishda qancha buyum bor? W) 19ta A) 11ta S) 17ta 5. 1-korxona 1 kunda 950 tadan ortiq bo’lmagan miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi. 2- korxona avval 1- korxona chiqargan mahsulotning 95% i ni chiqarar edi. Qo’shimcha dastgohlar o’rnatilgach, 2- korxona ishlab chiqarishni 1- korxonaga qaraganda 23% ga oshirdi va1 kunda 1000 tadan ko’p mahsulot bera boshladi. 2- korxona qo’shimcha dastgohlar olgandan so'ng qancha mahsulot ishlab chiqargan? (mahsulotlar soni natural sonlarda ifodalanadi.) W) 1062ta A) 1004ta S) 1050ta 6. 1-idishda yashil, 2-idishda esa oq sharlar bor. Yashil sharlar soni oq sharlar sonining 15 19 qismini tashkil qiladi. Yashil sharlarning 3 7 qismi, oq sharlarning 2 5 qismi idishlardan olingach, 1- idishda 1000 donadan kam, 2- idishda 1150 donadan ko‘p shar qoldi. Dastlab yashil sharlar idishda qancha bo'lgan? W) 900ta A) 1575ta S) 1995ta 7. O’quvchilar har qatorda 8 nafardan bo’lib saf tortishsa, qatorlardan bittasi to’liq bo’lmay qoladi. Agar har qatorda 7 nafardan bo’lishsa, qatorlar to’liq bo’ladi, ammo qatorlar soni 2 taga ortadi. Agar har qatorda 5 nafardan bo’lishsa, qatorlar soni yana 7 taga ortadi, ammo 1 ta qator to’liq bo’lmaydi. O’quvchilar sonini aniqlang. W) 84ta A) 70ta S) 77ta 8. Hajmi 8 l bo’lgan eritmada 60% kislota bor edi. Unga kislotasi 20% bo’lgan eritmadan quya boshlandi. Aralashmadagi kislota 40% dan ko’p bo’lmasligi, lekin 30% dan kam bo’lmasligi uchun ikkinchi eritmadan birinchisiga qancha quyish mumkin? W) 16 l dan 24 l gacha A) 15 l S) 8 l dan 24 l gacha 9. Ishchilar jamoasi 5 kunda 300 tadan kam, 10 kunda esa 500 tadan ortiq mahsulot tayyorladi. Agar jamoada 8 nafar kishi ishlab, ularning mehnat unumdorliklari bir xil bo’lsa, har bir ishchi bir kunda nechta mahsulot tayyorlagan? W) 27ta A) 7ta S) 17ta 10. Avtobus 8 marta qatnashda 185 nafardan ko’p yo’lovchi, 15 marta qatnashda esa 370 nafardan kam yo’lovchi tashidi. Agar avtobus har safar unda nechta o’rin bo’lsa, ayni shunchadan yo’lovchini tashigan bo’lsa, avtobusda nechta o’rin bor? (qatnash deganda borib kelishi nazarda tutilsin) W) 12ta A) 24ta S) 16ta 11. Tasvirda 𝑦 = 𝑘𝑥 + 𝑏 ni grafigi berilgan. x>3 bo’lganda y funksiya qanday qiymatlarni qabul qiladi? W) 𝑦 < −4 A) 𝑦 > −4 S) 𝑦 < 0 12. Qavariq ko’pburchak ichida yotuvchi ixtiyoriy nuqtadan uning uchlarigacha bo’lgan masofalar yig’indisi shu ko’pburchak yarimperimetridan katta ekanini isbotlang. 6-test Download 19.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling