Ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ularning 2730 tasi


O‘qituvchilik kasbining jozibadorligini oshirish


Download 21.64 Kb.
bet4/6
Sana27.02.2023
Hajmi21.64 Kb.
#1233893
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maktab talim tizimining muammolar va istiqbollar

O‘qituvchilik kasbining jozibadorligini oshirish choralarini ko‘rish zarur. Bunda o‘qituvchilarga turli imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiq. Bu amaliyot bir qator rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘zini oqlamoqda. Masalan, Germaniyada maktab o‘qituvchisi kasbi eng yuqori haq to‘lanadigan kasblardan biridir (oyiga o‘rtacha 3000 dan 5500 yevrogacha), shu bilan birga ular uchun soliqlar kamaytirilgan bo‘lib, arzon xususiy tibbiy sug‘urta taqdim etiladi. Kanadada maktab o‘qituvchilari uchun yuqori ish haqi bilan birga, turli ijtimoiy paketlar va sug‘urta taqdim etiladi. Janubiy Koreyada ish haqini bosqichma-bosqich oshirish (har uch yil ish staji uchun ish haqiga 8 % ustama qo‘shiladi), uy-joy sotib olish yoki ijaraga berishda imtiyozlar ajratish tizimi mavjud. Finlyandiyada davlat tomonidan o‘qituvchilarning ish haqi munosib bo‘lishi hamda imtiyozlar berilishi va subsidiya berish orqali xarajatlarning bir qismining qoplanishi ta’minlanadi.
O‘qituvchi maqomini ko‘tarish aniq huquqiy asosga ega bo‘lishi kerak. “O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun 2019 yil yanvar oyida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida muhokama qilindi (Qonun loyihasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan), keyinchalik 2020 yil noyabr-dekabr oylarida “Pedagogik xodimlarning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni muhokamaga qo‘yildi (Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan). Biroq, bu qonun loyihasi hozirgacha qabul qilingani yo‘q. Aynan ushbu hujjatda o‘qituvchilar maqomini oshirish, o‘qituvchilarning huquq va manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratilishi lozim.
O‘z navbatidaO‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1975-moddasi qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Hozir ushbu moddada o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilar bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘qituvchining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Biroq, o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar, ularni o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatga jalb etish uchun mazkur modda bo‘yicha javobgarlikka tortish mumkin emas. Shu sababli o‘qituvchi shaxsining daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

Download 21.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling