Kartografik belgilardan foydalanishda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning xususiyatlariga qaraladi. Ba’zi voqea va hodisalar bir joyga tegishli bo’ladi, masalan, zavodning o’rni va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotini miqdori tasvirlanadi. Ba’zi belgilarda voqea va hodisalarni haqiqiy o’rni emas hududi bilan bog’liq bo’lib, statistik ma’lumotlar asosida tuman, viloyat chegaralariga asoslanib, doirada aholi soni, yetishtirilgan yalpi mahsuloti va uning strukturasini ham ko’rsatish mumkin. - Kartografik belgilardan foydalanishda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning xususiyatlariga qaraladi. Ba’zi voqea va hodisalar bir joyga tegishli bo’ladi, masalan, zavodning o’rni va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotini miqdori tasvirlanadi. Ba’zi belgilarda voqea va hodisalarni haqiqiy o’rni emas hududi bilan bog’liq bo’lib, statistik ma’lumotlar asosida tuman, viloyat chegaralariga asoslanib, doirada aholi soni, yetishtirilgan yalpi mahsuloti va uning strukturasini ham ko’rsatish mumkin.
- Kartografik belgilarni o’z o’rnida xususiyatiga qarab, karta mazmuniga moslab tanlash kerak. Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan kartografik usullar o’n bitta: belgilar, chiziqli belgilar, teng chiziqlar, sifatli rang va miqdor ko’rsatkichli rang, bir joyga tegishli diagramma, nuqtalar usuli, areallar, harakatni ifodalaydigan chiziqlar, kartogramma va kartodiagrammalar. Ba’zan kartografik belgilar o’rnini kartadagi yozuvlar ham bosishi mumkin.
- 4-rasm. Miqdor ko’rsatkichlarning geometrik belgilar orqali ko’rsatilishi.
Agar masshtab asosida olingan belgi juda kattalashib hududga sig’may qolsa, unda maydon o’lchami olinadi. Agar bu variant ham «torlik» qilsa, unda ko’rsatkichlar uch darajali ildizdan chiqarilib, kub o’lchamida berilib, hajm orqali ko’rsatiladi. Qaysi variantdaligidan qat’i nazar tasvirlanayotgan ko’rsatkich belgilarning kattaligiga mutanosib tushsa, ya’ni aniq ko’rsatsa u absolyut ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. - Agar masshtab asosida olingan belgi juda kattalashib hududga sig’may qolsa, unda maydon o’lchami olinadi. Agar bu variant ham «torlik» qilsa, unda ko’rsatkichlar uch darajali ildizdan chiqarilib, kub o’lchamida berilib, hajm orqali ko’rsatiladi. Qaysi variantdaligidan qat’i nazar tasvirlanayotgan ko’rsatkich belgilarning kattaligiga mutanosib tushsa, ya’ni aniq ko’rsatsa u absolyut ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.
- Miqdorlar absolyut va shartli ko’rsatkichlarda tasvirlanib, uzluksiz shartli va uzluksiz pog’onali shkalada ko’rsatilishi mumkin
- 45-rasm. Belgilar usulining har xil ko’rsatkichlarda tavirlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |