Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


O‘yin mashqlari va o‘yin-mashg‘ulotlar


Download 1.52 Mb.
bet19/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

O‘yin mashqlari va o‘yin-mashg‘ulotlar. Aytib o‘tilgan o‘yinlardan tashqari bolalar bilan bo‘ladigan ish jarayonida ko‘pincha o‘yin mashqlaridan («Bargiga qarab daraxtni top», «Ta’midan bilib ol», «Xuddi shunga o‘xshash gulni top», «Sariq bargni olib kel» va boshqalar) foydalaniladi. O‘yin mashqlari narsa va hodisalarning sifati hamda xususiyatiga ko‘ra farqlashga o‘rgatadi, kuzatuvchanlikni o‘stiradi.
Bu o‘yinlar butun guruh bolalari bilan yoki ularning bir qismi bilan o‘tkaziladi. O‘yin mashqlari kichik va o‘rta guruhlarda alohida ahamiyatga egadir.
Didaktik o‘yin-mashg‘ulotlar «Ajoyib qopcha», «Gul magazini» kabi o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. Ular ma’lum mazmunga ega bo‘lib, o‘yin-mashg‘ulotlarga qiziqarlilik kiri- tadi. Bunda o‘qitish o‘yin qoidalari, harakatlari orqali bevo- sita olib boriladi. O‘yin-mashg‘ulotlardan kichik va o‘rta guruhlarda foydalaniladi, katta guruhlarda esa ular mash- g‘ulotning bir qismini tashkil etadi.
Harakatli o‘yinlar. Tabiatshunoslik xarakteridagi harakatli o‘yinlar hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ba’zilarida jonsiz tabiat hodisalarini aks ettiradi.
Bu «Ona tovuq va jo‘jalar», «Mushuk va sichqonlar», «Quyosh va yomg‘ir» va shu kabi o‘yinlardir.
Ijodiy o‘yinlar. O‘yinda bolalar mashg‘ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks etti- radilar (parrandachilik fabrikasi, issiqxona va shu kabilardagi ishlar), ular haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanib, kattalarning tabiatdagi mehnatlarining ahamiyatini anglab oladilar.
Ijodiy o‘yinlarning mustaqillik xarakteri tarbiyachiga bola- larni yangi bilim, malaka va ko‘nikmalardan o‘rgatish metodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Biroq bunda tarbi- yachi bolalar qaysi bilimlarni yetarlicha egallaganlar-u, qaysi- larini yana kengaytirish lozimligini bilib olish uchun ijodiy o‘yinlarni diqqat bilan kuzatib borishi lozim. Tarbiyachi tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy syujetli, rolli o‘yinlarni boyitib, ekskursiyalar, sayrlar vaqtida bolalarni kattalarning mehnati haqidagi bilimlarini kengaytiradi, diafilmlar ko‘rsa- tadi, kitoblar o‘qib beradi.
O‘yinni rivojlantirishda qishloq mehnatkashlari — sut sog‘uvchi, bog‘bonlar haqidagi hikoyalar bolalarga alohida ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga ularda kattalar mehnatiga nisbatan qiziqish uyg‘otib, o‘yin mazmunini boyitadi. Tabiat- shunoslik mazmunidagi ijodiy o‘yinlarni avj oldirish uchun sharoit yaratish ya’ni zarur o‘yinchoqlar — qishloq xo‘jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar bilan ta’minlash darkor.
Ijodiy o‘yin turlaridan biri — tabiiy materiallar: qum, qor, loy, mayda toshchalar, so‘ta va shu kabilar bilan o‘ynaladigan o‘yinlardir. Materiallar yordamida bolalar ijod qilar ekan, ularning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Har bir yosh guruhda yilning fasliga mos tabiiy material bilan o‘ynash uchun sharoit yaratiladi.
Bular qum maydonchalari hamda qum stollari, qum va qor bilan o‘ynash uchun shakl to‘plamlari, odamlar va hay- vonlarning rezinkadan yasalgan figuralari, uy, daraxtlarning fanerdan yasalgan siluetlari, butalar, shoxchalar, chakamug, metall karkaslar bo‘lib, bular yordamida figuralar yasaladi. Tarbiyachi bolalarga o‘yin uchun tabiiy materiallarni tan- lashda va ulardan foydalanishda yordam beradi hamda foydalanish usullarini ko‘rsatadi.




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling