Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari


Download 1.52 Mb.
bet2/77
Sana27.06.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1656990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
TABIAT UMK 2-kurs

O’QUV MATERIALLAR

Betlar

1)

Ma’ruza mashg’ulotlari

5

2)

Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari

101

II.

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI

112

1)

Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar

112

2)

Kurs ishi yozish bo’yicha tavsiyalar

-

III.

GLOSSARIY

117

IV.

ILOVALAR

120

1)

Fan dasturi

120

2)

Ishchi fan dastur

128

3)

Tarqatma materiallar

-

4)

Testlar

140

5)

Baholash mezonlari

144

6)

Boshqa ma’lumotlar (fan bo’yicha boshqa materiallar mavjud bo’lsa keltiriladi)

-

7)

O’UMning elektron variant (CD yoki DVD diskda)







I.

O’QUV MATERIALLAR




1)

Ma’ruza mashg’ulotlari





MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Reja:

  • Tabiat haqida tushuncha

  • Tabiat bilan tanishtirishda ekologik ta`lim-tarbiya

  • Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati.

Tayanch iboralari: tabiat, jonli tabiat, biosfera, ekologiya, populyatsiya, ekskursiya, tabiatshunoslik, kuch, qobiliyat, tabiat bilan tarbiya uyg‘unligi.

Tabiat haqida tushuncha


Tabiat — bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivoj- lanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas.
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi.
Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma’naviy boyitishning bitmas- tuganmas manbaidir.
Tabiat bilan tanishtirishda ekologik ta`lim-tarbiya
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik ta’lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizi- mining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obi- dalari, xalqimizning an’analariga hurmat ruhida tarbiylashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
Biosfera yerda hayot paydo bo‘lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Yerning tirik organizmlar va biogen cho‘kindi tog‘ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I. Vernadskiy biosfera (yunoncha — «bios» — hayot, «sfera» — shar) deb nomlagan. Biosfera sayyoramizning «hayot qobig‘i» hisoblanib, tirik organizm- larning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuini tashkil etadi.
V.I.Vernadskiy tushunchasiga ko‘ra hozirgi vaqtda bios- feraning tarkibiga faqatgina yerning qobig‘ida tarqalgan tirik orga-nizmlar kirib qolmay, balki qadimgi davrlarda orga- nizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan litosfera qismi ham kiradi. Shuning uchun ham biosfera neobiosfera va polebiosfera kabi tarkibiy qismlarga ajratiladi.
Biosfera murakkab harakatdagi tizim ekan, unda modda- lar almashinuvi natijasida energiyaning qabul qilinishi, to‘planishi va o‘tkazilishi kabi jarayonlar boradi. Biosfera funksional nuqtai nazardan bir necha qatlamlardan tashkil topgan.
Biosfera yer sharidagi eng yirik ekotizim bo‘lib, u quyi darajalardagi kichik tizimlarga bo‘linib ketadi. Bular quruqlik va suv havzalari, okeanlar, metosferaning yuqori qatlami, atmosferaning quyi qatlamlari, bundan tashqari quruqlikda evolyutsion-tarixiy tizimlar sifatida biogeografik tabiiy min- taqalar, biomlar, landshaft zonalar, ayrim landshaftlar va hokazolarga ajraladi.
Biosferaga katta doiradagi biotik moddalarning aylanishi xarakterlidir. Biosferaning umumiy vazni 3 1024 bo‘lganda, tirik modda 1,8—2,5 1018g (quruq vazni)ga teng bo‘ladi.
Biosfera tushunchasi fanga 1875-yilda avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan kiritilgan. Biosfera haqidagi ta’limot esa akademik V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Sayyo- ramizdagi barcha tirik organizmlar yig‘indisini V.I. Ver- nadskiy «tirik modda» deb atadi. «Tirik modda»ning eng mu- him xususiyatlari uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi hisoblanadi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi «o‘lik modda» bo‘lib, V.I. Vernadskiyning aytishi bo‘yicha tirik organizmlar qatnashadigan biosferadagi moddalar yig‘indisidan hosil bo‘ladi. Biosferada «oraliq moddalar» ham mavjud bo‘lib, ular o‘lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi.
Ekologiya. Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va oynaijahon ko‘rsatuvlarida hozirgi sha- roitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumotlar beriladi. Mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarimiz o‘z murab- biylarini nomini zo‘r ehtirom, chuqur minnatdorchilik bilan tilga oladilar buning ucun har bir o‘qituvchi O‘zbekiston Respub- likasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunida ko‘rsatil-ganidek, yuksak kasbiy tayorgarligi va yuqori ahloqiy fazilat egasi bo‘lishlari darkor.
Ekologiya tushunchasi yunoncha so‘z bo‘lib, «eko» — uy, makon va «logos» — fan degan ma’noni bildiradi. Tabiiy uyimizni o‘rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o‘rganish, ya’ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqlash kabi masalalar tushunilishi kerak. Ekologiya fani ham biologiya, geografiya fanlari singari mustaqil fan hisoblanadi. U tirik organizm- larning yashash sharoiti va ularni o‘zi yashab turgan muhit bilan o‘zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo‘lib 1866- yilda nemis biologi E. Gekkel tomonidan kiritilgan.
Populatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisob- lanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to‘rt bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi: autekologiya, populatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfer.
Autekologiya («autos» — yunoncha so‘z bo‘lib, «o‘zi» degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o‘zaro munosabatini, ularning qanday muhitga ko‘proq va uzviy moslashganligini o‘rganadi.
Populatsiyalar ekologiyasi («papulason» — fransuzcha so‘z bo‘lib, «aholi» degan ma’noni bildiradi) populatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o‘zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
Sinekologiya («sin» — yunoncha so‘z bo‘lib, uning ma’- nosi «birlikda» demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simlik va hayvon turlarini o‘zaro alo- qasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
Ekotizimlaming tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi.
Bugungi kunga kelib ekologiya fani aniq biologik fanlar tizimidan chiqib, atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida o‘ta kengayib ketdi. Fanga «inson ekologiyasi» degan atama ham kirib keldi.
Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik orga- nizmlardan tubdan farq qiladi. 1921- yilda amerikalik olimlar Bortes va Park tomonidan «Inson ekologiyasi» degan yangi fan kiritildi. Dastlab, inson ekologiyasiga tabiiy soha bo‘limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’- moriy-iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o‘rganildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof- muhitning insonga ta’sirini o‘rganadi. Inson ekologiyasini o‘rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keladi. Unga birinchi bo‘lib Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati. Tabiatga muhabbat- juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg‘udir. U yuksak ruhiy va akliy qatlamlarni o‘z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muxitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot ishlarini olib borgan M.Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir bolada o‘zi yashab turgan mahalliy o‘lka va O‘zbekiston tabiatiga muhabbat bilan qarash, ungako‘ngil qo‘yish ishtiyoqi o‘sib boradi. Bolalikda tug‘ilgan bu tuyg‘u maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi.
Ana shuning uchun ham P.Yusupova o‘zining «Formirovanie nachal materialisticheskogo miroponimaniya u starshix doshkolnikov v prostesse oznakomleniya ix s rasteniyami v usloviyax Uzbekistana» deb nomlangan tadqiqot ishida metodist olim A.V.Zaporojestning quyidagi fikrini o‘rinli keltiradi: "... maktabgacha yosh didaktikasini shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, bolalar tevarak-atrofdagi buyumlarning tashqi jihatlari bilangina emas, balki ular orasidagi eng oddiy bog‘lanishlar, kuzatilayotgan hodisalarning eng yaqin sabablari, o‘zgarish va rivojlanishlaridagi ayrim xususiyatlar bilan ham tanishsinlar, bunday material saviyaga mos bo‘libgina qolmay, maktabgacha yoshdagi bola uchun qiziqarli hamdir". Bola ana shu bog‘lanishlarni anglash orqali tabiat qonunlarini bilib boradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish - bu ularda tabiatga to‘gri munosabatni tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof-muhit haqidagi real bilimlarni anglashning ta’limiy vositasi.
Kuzatishlarning tasdiqlashicha, bolalarning atrof-muhitdagi faoliyati asosan o‘z-o‘zidan, kutilmagan tarzda kechadi va buni ulardagi tabiatga bo‘lgan bunday munosabatning asosiy sababi deb hisoblash to‘gri bo‘ladi Oila, mahalla, bir so‘z bilan aytganda, tevarakdagilarning, ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining pedagogik ta’siri bilan bunday nojoiz faoliyat tuzatib boriladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha yoshdayoq bolalarning tabiathaqida ishonarli ma’lumotlarni egallashlari juda muhim.
Bolalar tabiat hodisalarini to‘gri idrok etishlari uchun ularning tabiatni idrok etish jarayonini yo‘naltirish zarur. Bolalarni tabiatga oshno etmasdan va maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlarida undan keng foydalanmasdan, maktabgacha ta’lim yoshidagibolalarni har tomonlama - aqliy, estetik, ahloqiy, jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifasini muvafaqqiyatli hal etib bo‘lmaydi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari. O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim konstepstiyasiga ko‘ra bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o‘zaro bir-biriga bog‘liq ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda jonsiz tabiat, o‘simliklar, hayvonlar haqida ma’lumot berish, ularning tabiat vokea-hodisalarini yetarlicha idrok eta olishlariga imkon berish.
Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizator-larni takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo‘ladigan hissiy tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. dastlabki tushunchalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari - sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuv-chanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat predmet-hodisalari bilan tanishtirish, ularni kuzatilayotgan predmet-hodisalarni tushunishga o‘rgatish va ular orasidagi aloka va munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.
Bola o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan, havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil ob’ektlarning rangini ko‘zi bilan, tovushlarni qulog‘i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta’sir etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to‘g‘risida bilim paydo bo‘ladi, ularning ko‘rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralari vujudga keladi.
Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalarga hayvonlar va o‘simliklarni qanday kuzatishni ko‘rsatish, ularning diqqatini ularning tashqi ko‘rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqat tabiat haqida bilimlarni, balki ularga mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi. Faqatgina har doim bolaning yoshini hisobga olish va uning diqqatini mazkur predmet va hodisadagi predmetlarga qaratishni bilish zarur.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ahloqiy, jismoniy, mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.
Bolaning ahloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish asosiy o‘rin tutadi. Bolalarga bu borada eng yaqin yo‘l ular o‘sib ulg‘ayotgan joydir. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bolalar bilan hayvon va o‘simliklarni kuzatadilar va parvarishlaydilar. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish va mehnat qilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas’uliyat o‘z-o‘zidan shakllanadi.
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o‘simliklarni sug‘orish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini o‘rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o‘zlari bajarayotgan ish jarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarning tabiatda bo‘lishi va mehnatidan ularning jismoniy rivojlanishi va salomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning go‘zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o‘ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e’tiborlarini
o‘rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o‘z hayotida dunyoning barcha va xilma-xil go‘zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.


Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:



jonli va jonli tabiat haqida aniq bilimlar berishi, ularning o‘zaro aloqadorligini ochib berishi




inson organizmi va uning salomatligi haqida ma’lumot berishi




maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatishga doir xulq-atvor ko‘nikma va malakalari bilan kurollantirish





Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling