Tabiat boyliklarni ishlab chiqarish va ularni tashishda ham transport alohida o‘rin tutadi
Download 262.97 Kb.
|
jasur hujamurodov
KIRISHTransport asosan mamlakat iqtisodiyotining buyumlar ishlab chiqarish jarayonini davom ettirib, uni nihoyasiga, ya’ni iste’mol doirasigacha etkazuvchi sohadir. Demak, transportning umumjamiyat ishlab chiqarishidagi asosiy vazifasi sanoat, qishloq xo‘jaligi va transportni o‘zaro birlashtirishdan iboratdir. Bir tomondan, tashish hajmi, yuk oqimlari yo‘nalishlari va transport texnikasi vositalarining rivoji, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdoriga, ikkinchi tomondan, mavjud yo‘llarning o‘tkaza olish qobiliyati mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga va ularning qaerda joylashganligiga bog‘liqdir. Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri uning passajirlar va yuk tashish muntazamligidir. Zarur mahsulot, xom ashyo, ehtiyot qismlar va yonilg‘ilar o‘z vaqtida va muntazam tashilgandagina ularning ombordagi zahirasi minimal miqdorda bo‘lishi mumkin. Tabiat boyliklarni ishlab chiqarish va ularni tashishda ham transport alohida o‘rin tutadi. Transport faqat iqtisodiy vazifalarni hal etishdagina muhim bo‘lmay, balki yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq aholisini shaharga yaqinlashtirish, masalan, kadrlarni qishloq joylarida mustahkam o‘rnashib qolishiga ham yuqori darajada ko‘maklashadi. Bunday natijaga erishish ulkan ijtimoiy masalani hal etishga, ya’ni mehnat rezervlaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. Davlat mudofaa qudratini oshirishda ham transportning roli muhimdir. Bu sohada O‘zbekiston sharoiti uchun er usti transportlari bo‘lmish, temir yo‘l va avtomobil transportlarining ahamiyati ayniqsa kattadir, chunki armiya qismlari va mudofaa vositalarini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish asosan transportning shu ikki turi yordamida bajariladi. Transport mamlakatda g‘oyat ko‘p va xilma-xil ishlarni bajaradi. U odamlarning kundalik aloqalarini, barcha viloyatlar va tumanlar o‘rtasida muntazam aloqani ta’minlaydi, odamlarning madaniyat yutuqlaridan keng bahramand bo‘lishiga xizmat qiladi. Passajirlar tashuvchi transportlarning muhim vazifasi - odamlarning o‘zaro aloqasini kengaytirish, tajribalar almashish, ularning madaniy saviyasini oshirishga ham xizmat qilishdan iborat bo‘lishi kerak. qishloq tumanlarini shaharlar bilan birlashtiruvchi passajir transporti ishini keng yo‘lga qo‘yish shahar bilan qishloq o‘rtasidagi mavjud muhim tafovutlarni tugatishning katta omili ham hisoblanadi. Transport bo‘lajak buyuk O‘zbekiston davlati moddiy-texnika bazasining faol bir qismi bo‘lishi bilan birga, bu bazani yaratishda ham muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining qisqa davrli mustaqillik yillari mobaynida umum foydalanish magistrlar temir yo‘llarining uzunligi Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari hududlarida joylashgan temir yo‘llarni chiqib ketishiga qaramay 2,5%ga oshdi. Barcha jihozlar, lokomotiv va boshqa transport vositalari takomillashtirildi. Temir yo‘llarning deyarli hammasida elektrovoz va teplovozlar qatnaydi. So‘nggi yillarda transportning yangi turlari bo‘lmish avtomobil, havo va neft, neft mahsulotlari, gaz va boshqa tovarlarni quvurlar orqali yuboriladigan transporti keng rivojlandi. Hozirgi kunda ular mamlakatimiz yagona transport tizimida o‘z o‘rinlarini mastahkam egallab olganlar. Mamlakatimizning barcha yirik shaharlari va shahar rusumidagi poselkalar o‘zaro havo yo‘llari bilan birlashtirilgan. Hozir mamlakatimizning hamma yirik shaharlari, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi ko‘p o‘rinli davr talabiga javob beruvchi reaktiv samolyotlar qabul qila oladigan aeroportlarga ega va ular ilg‘or texnika jihozlari bilan qurollangan. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining murakkab transport tizimida turli magistral (temir yo‘l, avtomobil, havo va quvur) transportlar o‘zaro birgalikda rivojlanmokda. Bu tizimga magistral transportlardan tashqari shaharlarda va ishlab chiqarish korxonalari ichida xizmat qiluvchi transportlar ham kiradi. Transportni rivojlantirish, unda yuk va passajirlar tashish qonuniyatlarini hamda transport turlariga xos bo‘lgan iqtisodiy, texnik va ekspluatatsion xususiyatlarni o‘rganish bilan “Transport umumiy kursi” fani shug‘ullanib, uning asosiy mazmuni va yo‘nalishi quyidagilardan iborat: - barcha transport turlariga xos bo‘lgan umumiy masalalar. Bunga transportning mamlakat iqtisodiyoti boshqa tarmoqlariga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlari, uning iqtisodiyotdagi roli va vazifalari hamda transport faoliyatini ifodalovchi asosiy tamoyil va qoidalari kiradi; - ayrim transport turlarining o‘ziga xos texnik va texnik-ekspluatatsion xususiyatlarini o‘rganish. Bunga mustaqillik yillarida transportda tashish ishlarini bajarishdagi yutuqlar, har qaysi transport turiga xos va kelajakda hal qilinishi zarur bo‘lgan ilmiy-texnik muammolar kiradi; - har xil transport turlarining bir-biriga ta’siri va ularni birgalikda rivojlantirish muammolari. Bunga har xil transport turlaridan foydalanish va ular ishi samaradorligini oshirishning amaliy masalalarini har tomonlama ko‘rib chiqish kiradi. Download 262.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling