Tabiat lirikasi


«SALOTIN BOBIDA» MAQOLATI HAQIDA


Download 150 Kb.
bet13/20
Sana25.02.2023
Hajmi150 Kb.
#1228982
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
nazariya 77

«SALOTIN BOBIDA» MAQOLATI HAQIDA

«Hayrat ul-abror» – axloqiy-ta’limiy, falsafiy doston tilining hajmi 3988 bayt (7976 misra) bo‘lib, 64 bob, 20 maqotni o‘z ichiga oladi. Maqolatlar shu dostongagina xos bo‘lib, H"bning boshqa asarlarida uchramaydi. Dostonda shoir islomiy mezonlar, umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib Olam va Odam to‘g‘risidagi o‘z mulohazalarini yuksak badiiy shaklda ifoda etgan.


Alloh taolo o‘zining cheksiz qudrati bilan olamlarni yarat-di Ularning biri biz yashab turgan dunyodir. Bu olam maxluqoti – ashyolar, hasharot, hayvonot va nabotot dunyosi turfa va xilma-xil. Lekin olamni yaratishdan g‘araz (maqsad) inson edi. Borliqdagi barcha narsalar bir-biridan go‘zal va latif, lekin inson ulug‘ yaratildi. U – Borliqning gultoji. Bu haqida Navoiy Yaratganga murojaat qilib shunday yozadi:

Muncha g‘aroyibotki misol aylading,
Borchani mir’oti jamol aylading.
Ganjing avv naqd farovon edi,
Lek boridan g‘araz inson edi.

Asarda boshqa mavjudotlardan imkon va imtiyozda ustun bo‘lgan insonning bu olamdagi o‘rni qanday, hayotining maz-muni nimalardan iborat bo‘lishi kerak kabi muammolarga o‘quvchining e’tibori qaratiladi. Muallifning bu boradagi fal­safiy qarashlari, chuqur mulohazalari quyidagi baytda o‘zining yorqin ifodasini topgan: «Odamiy ersang, demagil odamiy Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami». Baytning mazmuni quyidagicha: sen odam bo‘lsang (ya’ni inson degan sharafli nomga loyiq bo‘lsang), xalq g‘amidan g‘ami yo‘qlami (ya’ni xalq tashvishidan yiroq bo‘lganlami) odam deb hisoblamagin. Demak, inson boshqalarga manfaat yetkazish, xalq og‘irini yengil qilish maqsadi bilan yashasagina o‘ziga berilgan umr mazmunini anglab yetgan hisoblanadi. Yo‘qsa, uning boshqa hayvonlar, hasharotlardan farqi yo‘qdir.


Agar «xalq» so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor qaratsak, baytning mazmuni yanada kengayadi. Bu so‘z arabcha bo‘lib, Alloh yaratgan barcha narsalarni ifodalaydi. Uni bir o‘zbekcha so‘z bilan «yaratiq» deb tushunish mumkin. Shu ma’noda inson dunyodagi barcha yaratiqlar uchun: ollasi, yurti, butun odamizod, yer, suv, qumursqa-yu o‘simliklar, hayvonlar, atrof-muhit, tabiatning har zarrasi uchun javobgardir, masuldir. Chunki u buyuk ne’mat bo‘lmish aqlga ega yagona yaratiqdir. Haqiqiy insonni ana shu javobgarlik hissi hech qachon tark etmaydi. Jamiyatdagi har bir shaxs bundan soqit bo‘lmasligi kerak.
Navoiy jamiyatda kimning o‘rni baland bo‘lsa, unga katta mas’uliyat yuklatilishiga ham e’tibor qaratadi. El boshliqlari yurt kattalariga juda ko‘p narsa bog‘liq. Ular o‘z mas’uliyat-’ larini bilsalar, ado etsalar, mamlakat rivoj topadi, el farovon dunyo obod bo‘ladi. Aks holda, adolat paymol bo‘ladi, din-diyonatga putur yetadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, shoir aynan iymon, islom kabi muqaddas tushunchalardan keyin «Salotin bobida» («Sultonlar haqida») maqolatini keltiradi.
Maqolat boshlanishida muallif sultonga murojaat qilib, unga yuksak taxt, zo‘r dabdaba, shavkatli hayot nasib bo‘lgani-ni ta’kidlaydi. Fozil zotlar xizmatida qo‘l qovushtirib turadilar. Ne-ne zabardast kishilar itoatida qolm. Yaratgan hukmdorlikni faqat ungagina ravo ko‘rdi. Shohlik ne’mati uning boshqalar-dan har tomondan afzalligi, kuch-qudratda tengsizligi, aql-u fasohatda ustunligi uchun berilmadi. Bu jihatlarning ayrimla-rida u boshqalardan kam bo‘lsa kam edi-yu, ortiq emas edi. Sultonlik unga berilgan martabadan ham buyukroq vazifalarni, taxtdan ham ulug‘ mas’uliyatni ado etishi uchun ato qilingan. Mamlakat, raiyat hukmdorga Alloh tomonidan berilgan omonatdir. U ana shu omonatni omonlikda saqlashi kerak. Yo‘qsa, bu dunyoda nomi qora, u dunyoda yuzi qora bo‘ladi.
Shoir o‘z fikrlarini ta’sirchan ifodalashda, esda qoladigan yorqin manzaralar chizishda badiiylikning xilma-xil usullari-dan, ayniqsa, tazod, tashbeh, tanosub, irsoli masal kabi she’riy san’atlardan unumli foydalangan.
«Salotin bobida» maqolati Alisher Navoiyning adolat haqidagi qarashlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Tenglik, ozodlik, adolatli jamiyat borasidagi fikrlari, orzu-o‘ylari insoniyatga abadiy o‘git sifatida jaranglaydi. Ulug‘ bobomizning bu o‘gitlari zamonlar o‘tsa-da eskirmaydi.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling