Tabiat lirikasi
Download 150 Kb.
|
nazariya 77
- Bu sahifa navigatsiya:
- «QORA KAMAR»
TABIAT LIRIKASI Lirik turga mansub asarlarda shaxsning ichki tuyg‘ulari hissiyoti, ruhiy kechinmalari, sezimlari asosiy o‘rinda bo‘ladi. Bu turdagi asarlar uchun hayotda ro‘y bergan voqealarni ko‘rsatish emas, balki ana shu voqealar tufayli insonda paydo bo‘ladigan tuyg‘ular tasvirini berish muhim hisoblanadi. Lekin lirik turdagi asarlarning yaratilishida ham hayot hodisalari muhim o‘rin tutadi. Negaki, odamning tuyg‘ulari o‘z-o‘zidan junbushga kelavermaydi. Uni muvozanatdan chiqaradigan ijtimoiy, siyosiy, maishiy yoki tabiiy sabab bo‘lgandagina kishining hissiyotlar dunyosi harakatga keladi. Har qanday inson hamisha tabiat qo‘ynida va u tufayli mavjud hamda uning shaxslik sifatlari tabiat bilan muloqot jarayonida yorqinroq namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi ilohiy intizom, uning buyuk tartib ichida, buzilmas muntazamlikda mavjudligi, tabiatning beadad qudrati, adoqsiz go‘zalligi har qanday odamda, ayniqsa, ta’sirchan qalbga ega shoirlarda hissiyot uyg‘otishi aniq. Aytish kerakki, lirik asarlarda tabiat nechog‘liq keng tasvirlanmasin, u hamisha vosita darajasida qoladi. Inson va uning ruhiyatini ko‘rsatish esa maqsad martabasida bo‘ladi. Shu jihatdan Shavkat Rahmon she’rlari diqqatga sazovordir. Uning she’rlaridagi tabiat tasviri lirik qahramon kayfiyatiga bog‘liq ravishda turli maqsadlarga xizmat qiladi. Chunonchi, «Tungi manzara» she’rida tabiatning kishi ruhiyatida mahzunlik uyg‘otgan holati «Tong ochar ko‘zlarin» she’rida yengil hissiyotlar, nekbin ruhiy manzaralar ifodasiga sabab bo‘ladi. Shoirning «Oy sinig‘i» va «Hamal» she’rlari ham tabiat ko‘rinishlari tasviriga bag‘ishlangan. Lekin bularning birortasida ham shoir tabiat manzarasini, uning betakror holatini aks ettirish bilangina kifoyalanmagan. Chunki asl shoir tabiat orqali inson shaxsini tadqiq etishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun ham suvloqda chanqog‘ini qondirayotgan «otlar», sevinchdan yig‘layotgan qiyoqlar, ovozini qayrayotgan chigirtka va bosh ko‘tarmay mehnat qilishi bilan dunyoni masxaralayotgan chumoli timsollari, aslida, lirik qahramonning murakkab, o‘ziga xos, tushuntirib berish mushkul bo‘lgan ma’naviy olamining chigal manzaralaridir. «QORA KAMAR» Yozuvchi Shukur Xolmirzayev 1987-yilda «Qora kamar» dramasini yozdi. Inson taqdiri butun fojiaviy ko‘lami bilan aks ettirilgan bu drama adabiyotimizda muhim o‘rin tutadi. Asarda yolg‘on e’tiqod insonlarni qay kunlarga solishi va e’tiqodsizlik millatni qanchalar tubanlashtirishi mumkinligi yorqin obrazlar orqali haqqoniy aks ettiriladi. Dramaning bosh qahramoni Xurrambek – millat ozodligi uchun boshini tikkan shaxs. Lekin e’tiqodsiz odamlar tomoshabin bo‘lib turadilar, Abdulla Nabiyevga o‘xshab yolg‘on e’tiqodga aldanganlar esa unga qarshi kurashadilar. Xurrambek Vatan mustaqilligi uchun jangga kirgan, lekin vatandoshlari uni bosmachi deb hisoblashadi. Xurrambek – fikr kishisi, yirik va yorqin shaxsiyat egasi. U ezgu niyatlar qilgan, o‘z oldiga pokiza maqsadlar qo‘ygan. Ammo millatdoshlarning ma’naviyatsizligi uni qonxo‘rga aylantiradi. Qo‘rboshining Abdulla Nabiga: «... sening safdoshlaring bir kun kelib yig‘laydilar! O‘sha o‘ris yig‘latadi... Bosqinchi hech qachon bosib olgan fuqarosi boshini silamaydi! Silasa, aldash uchun silaydi!... Lekin yomon aldangansan, jigar», – deya qilgan alamli nidosi kishining vujudiga titroq soladi. Nafaqat atrofidagilar, yaqinlari, safdoshlari, hatto o‘z farzandi ham tushunmagan oriyatli Xurrambekning insoniy iztiroblari asarda g‘oyat yuksak badiiy kuch bilan tasvirlangan. Drama Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1991-yilda adibga O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berildi. Download 150 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling