Tabiat lirikasi


«Bir qo‘lda tutib Mus’haf-u...»


Download 150 Kb.
bet5/20
Sana25.02.2023
Hajmi150 Kb.
#1228982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
nazariya 77

«Bir qo‘lda tutib Mus’haf-u...» ruboiysida ham go‘yo bu mavzu davom ettiriladi. Unda inson hayotining murakkabliklari, chigalliklari, tuganmas ziddiyatlari haqqoniy tasvirlangan. Ba’zan inson o‘z xatti-harakatlari nazoratida ojiz qoladi. Bilib-bilmay, xohlab-xohlamay xatoga, gunohlarga yo‘l qo‘yadi Chunki u komil musulmon emas – nafs ilgidan qutulolmagan Shoir bu ta’kid orqali insonning o‘ziga, ichki olamiga oyna tutadi, o‘ziga o‘zligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Ruboiyda har bir kishi barkamol inson – «musulmoni tamom» bo‘lishi uchun tinimsiz ravishda kamolatga intilishi kerakligi go‘zal she’riy misralarga joylangan.
Qachonlardir qilingan gunohga motam tutib umidsizlikka tushish Islomda qattiq qoralanadi. Negaki, umidsizlik insonni hayotdan uzib qo‘yadi. Hayotdan kechish esa ayni iymondan kechish bilan barobar. Chunki bunday odam Yaratganning marhamati va rahmatiga ishonmay qo‘ygandir. Haqiqiy iymon egasi doimo rahmat va ma’zur umidi bilan yashaydi:

Xayyom, gunohga bo yla motam na kerak,
Chekmak bu alamlar senga har dam na kerak?
Gar bo ‘Imasa hech gunoh, ma ‘zur nimadur?
Ma’zurki nasib etsa, senga g‘am na kerak?

«G‘am behuda chekmagil...» ruboiysida yo‘q bo‘lib ketadi-gan jahon g‘amini yemay ozod yasha deb uqtiradi shoir. Bu bilan nima demoqchi? Foniy dunyoning o‘tkinchi hoy-u havaslariga o‘ralashib qolgan odam nafsning asiriga aylanadi. Kundalik hayoti mayda orzular, vaqtinchalik ehtiyojlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida sarf bo‘ladi. Qachonki ulardan ozod bo‘lolsa, yuksak insoniy maqsadlar bilan yashab, dunyoda shod umrguzaronlik qiladi. Charxdek aylanib turuvchi bu dunyo o‘zining mayda tashvishlaridan ozod bo‘lolmaganlarni oxir-oqibat quyidagicha so‘zlarni aytishga mahkum qiladi:



Ey charx, dilimni bo‘yla g‘amnok etding,
Ko‘ksimni a lam tig‘i bilan chok etding.
Bag ‘rimga shamol ufursa, otash etding,
Og ‘zimga chu suv oldim, uni xok etding.

Hayot murakkab, chigalliklarga to‘la. Ba’zan shunday bo‘ladiki, inson ko‘nglidagi dardlarga darmon istab kimdandir najot kutadi. Lekin o‘sha najot kutgani o‘zi kabi boshqa birov-dan darmon kutayotganligi ma’lum bo‘lib qoladi. «U1 yorki...» ruboiysida ana shu haqiqat aks ettirilgan. Bu yerdagi yor ma’shuqa, do‘st yoki najot kutilayotgan biror ko‘ngil yaqin kishi, ham esa ishq yoki boshqa bir ko‘ngil tilagi sifatida tushu-nilishi mumkin.


Umar Xayyom ruboiylari inson hayotining mazmuni haqidagi o‘ylardir. Bu o‘ylar bilan oshno bo‘lgan o‘quvchi hayotning, borliqning mohiyatini anglashga aqinlashadi. Tafakkur va ko‘ngil olamining yashirin sirlaridan xabardor bo‘ladi.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling