Tabiat lirikasi


Shoirning tuyg‘ulari, kechinmalari aks ettirilgan badiiy asarlar lirik asarlar deyiladi


Download 150 Kb.
bet20/20
Sana25.02.2023
Hajmi150 Kb.
#1228982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
nazariya 77

Shoirning tuyg‘ulari, kechinmalari aks ettirilgan badiiy asarlar lirik asarlar deyiladi. Muallifning tuyg‘ulari u yoki bu hayot hodisasi natijasida tug‘iladi. Cho‘lponning «Binafsha» she’rini eslab ko‘ring. Unda binafshaning qayerdan paydo bo‘lib qolganligi, qanday o‘sganligi, kim tomonidan, qachon yulib tashlanganligi hikoya qilinmaydi. Balki shoir toptalgan binafshani ko‘rgandan so‘ng o‘zida paydo bo‘lgan kechinmalarni, hissiyotlarni aks ettiradi. Lirik asarlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘quvchilarni tezda o‘ziga rom qiladi. Ularni shoir tushgan holatga yaqin ahvolga solib qo‘yadi. Lirik turdagi asarlarning ham ruboly, tuyuq, to‘rtlik, muxammas, g‘azal, murabba, musaddas, musamman, muashshah, sonet va hokazo janrlari mavjuddir.
Siz o‘zingizni bir qadar tanib, atrofdagilarning gapini tushunadigan bo‘lganingizdan buyon juda ko‘p tele va kinofilmlar tomosha qilgansiz. Avval bog‘changizdagi sahnada, endilikda maktab sahnasida katta-kichik intermediyalar, spektakllar ko‘rgansiz va ko‘rmoqdasiz. Ayrimlaringiz teatrlarda spektakl ko‘rgan yoki radio orqali pyesalar tinglagan bo‘lishingiz mumkin. Mana shu siz ko‘rgan va eshitgan tomoshalaringiz asosida ham badiiy adabiyot yotadi.
Qizig‘i shundaki, bu xildagi asarlarda muallif mutlaqo ishtirok etmaydi. U na hikoya qilib beradi, na o‘z kechinmalarini, tuyg‘ularini bildira oladi. U obrazlar o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning taqdiri, fe’1-atvorlarini xolisona ko‘rsatib bera oladi, xolos. Bu xildagi asarlar dramatik asarlar deb yuritiladi.
Sahnada qo‘yish uchun yaratilib, harakat, monolog va dialoglardan iborat bolgan, muallif asarda tasvirlangan voqealarga ham, unda ishtirok etayotgan obrazlarga ham o‘z munosabatini bevosita ifodalamaydigan badiiy asarlar dramatik asarlardir. Dramatik turdagi asarlarning o‘zi ham fojia (tragediya), komediya, drama singari janrlarga bo‘linadi.
Epik tur yunoncha epos so‘zidan olingan bo‘lib, rivoya, hikoya ma’nolarini anglatadi.
Lirika yunonlarning rubobga o‘xshab ketadigan cholg‘u asbobi (lira) nomidan olingan va lira jo‘rligida aytiladigan ijrochining kechinma va tuyg‘ularini tasvirlovchi qo‘shiqlar ma’nosini bildiradi.
Drama yunoncha harakat degan ma’noni ifodalaydigan so‘zdir. Bunday nomlanishda adabiy turning eng asosiy xususiyati – sahna asaridagi ifoda obrazlarning harakatlari orqaligina yuzaga kelishi, bildirilishi hisobga olingan.
Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling