Tabiat lirikasi


Tushgay ul choh aro olzi nogoh


Download 150 Kb.
bet17/20
Sana25.02.2023
Hajmi150 Kb.
#1228982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
nazariya 77

Tushgay ul choh aro olzi nogoh
baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘xshagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to‘la mos tushgan hamda masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga xizmat qilgan.
KO‘CHIM HAQIDA

Badiiy ijod talabiga ko‘ra ayrim so‘zlar tashiydigan ma’no boshqa so‘zlarga ko‘chirilishini anglamay turib, badiiy asarlarni tushunish, undan ta’sirlanish, lazzatlanish va tahlillash mumkin emas. Ko‘chim eng ko‘p ishlatiladigan badiiy vositalar jamidir.


Nutqni ta’sirchan qilish maqsadida nutqda: «oltin kuz», «o‘t yurak», «olov qalb», «tosh bag‘ir» kabi iboralar ishlatiladi. Holbuki, har qanday odam ham kuzning oltin emasligini, yurakning alangalanmasligini, jigarning toshdan bo‘lmasligini yaxshi biladi. Ammo yuqoridagi iboralar yordamida ifodalan­gan ma’no boshqa so‘zlar orqali ifodalansa, gap cho‘zilib ketadi va ta’sirchanligi yo‘qoladi.
Cho‘Iponning «Buzilgan o‘lkaga» she’rida «Tog‘ egasi: sor, burgutlar qayerda?» – degan misra bor. Undagi «sor, burgut» so‘zlari o‘z ma’nosida emasligi sezilib turibdi. Yoki «Binafsha» she’ridagi binafsha timsoli qanday ma’no tashiyotgani to‘g‘risida o‘ylab ko‘raylik. She’rda shoirning ichki kechinmalari bahoriy ko‘katga qaratilganmi, xo‘rlangan qizgami yoki haqoratlangan yurtgami? Agar so‘z ma’nolarining ko‘chishini anglamasak, she’rning joziba kuchi yo‘qqa chiqaveradi. Chunki anglanmagan go‘zallik go‘zallik bo‘la olmaydi.
Yozuvchilar biror so‘zga xos ma’noni boshqasiga yuklar ekanlar, xayollariga kelganday, tavakkaliga ish tutavermaydilar. Bunda narsalar o‘rtasida yoki narsa bilan hodisa o‘rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun o‘xshashligi, aloqadorligi bo‘lishi shartdir. Bu jihatdan ko‘chimlar o‘xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq shundaki, o‘xshatishda o‘xshagan buyum ham, o‘xshatilgan narsa ham ifodalangan bo‘ladi. Ko‘chimda esa ba’zan o‘xshagan narsa, ba’zan o‘xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi qismdagi ma’no birinchisiga ko‘chirilgan bo‘ladi.
Ko‘chim qudratli tasvir vositasi bo‘lib, u kitobxonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan tuyg‘ularni bevosita his qilishga, badiiy asar qahramonlar holatini tuyishga yordam beradi. Shunday qilib, ko‘chim so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash yoki narsa-hodisaga xos sifatlarni qaysidir jiliati bilan shularga o‘xshaydigan boshqa narsa-hodisalarga ko‘chirish san’atidir.
Adabiyotshunoslik ilmida ko‘chimning majoz, istiora, ramz, timsol singari ko‘rinishlari bo‘ladi.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling