Tabiat lirikasi
Majoz adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir
Download 150 Kb.
|
nazariya 77
- Bu sahifa navigatsiya:
- USMON NOSIR SHE’RLARI HAQIDA
- «Yurak»
Majoz adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir. Gulxaniyning «Tuya bilan bo‘taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan chayon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majozning yorqin namunasidir.
Ramz ham ko‘chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. O‘quvchi anglashi murakkabroq bo‘lgan mavhum ahloqiy sifatning shu sifatlarga ko‘proq ega bo‘lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyiladi. Ramz adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bilan ham yuritiladi. O‘zbek adabiyotida may – hayot ramzi, gul – ma’shuqa ramzi, burgut – mag‘rurlik ramzi, chumoli – mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va h.k. tarzida qadimdan qo‘llanib keladi. Ko‘chimning ko‘p ishlatiladigan ko‘rinishlaridan biri istioradir. Istiorada biror narsa-hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa-hodisaga ko‘chirish orqali badiiy ma’no ifodalanadi. Lekin bu ko‘chirishda tashqi o‘xshashlik asosiy o‘rin tutmaydi. Balki o‘xshatilayotgan va o‘xshayotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog‘lanishga, yaqinlikka, vazifalardagi umumiylikka tayaniladi. Istiorani qisqargan ko‘rinishdagi o‘xshatish deyish mumkin. Cho‘lponning «Binafsha» she’rida «Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yen, Bu yerdan ko‘klarga uchgil» tarzida ifodalangan misralar bor. Unda «vatan» tushunchasi «ko‘kragim» so‘zi bilan, «ozod yurt» tushunchasi «erk yeri» so‘zi bilan ifoda etilgan. USMON NOSIR SHE’RLARI HAQIDA Usmon Nosir she’riyati – asl tuyg‘ular va porloq fikrlar ifodasi bo‘lmish she’riyatdir. Shoir o‘zi his qilmagan, diliga tug‘yon solmagan narsalar haqida aslo qalam tebratmagan. Usmon Nosirning har bir she’ri – yurak faryodi. Shu bols she’rxonning yuragiga tez yetib boradi. Uning yuragini rom qiladi. «Yurak» she’rida samimiy inson qalbining haqiqiy tuyg‘ulari mahorat bilan tasvir etilgan. «Yurak» – ko‘p jihatdan Usmon Nosir ijodining yo‘nalishlarini belgilab beruvchi she’r. She’rning lirik qahramoni – e’tiqodiga qarshi ishni qilmaydigan, pokiza tuyg‘ulariga quloq soladigan, qalbi buyurganini bajaradigan shaxs. U hayotini haqiqat va Vatan yo‘liga tikkan. She’rning lirik qahramoni hayotda ro‘y bergan har qanday o‘zgarishga munosabat bildiradi. Chunki uning yuragi loqayd emas. Befarqlik – unga begona. Pokiza va ta’sirchan yurak haqiqat va erk kuychisi bo‘lgan shoir uchun soz vazifasini o‘taydi. Voqelikdagi har bir o‘zgarish, avvalo, uning yuragida aks-sado beradi. Jarangdor va nolakor soz – yurak shoir tilini «nayga jo‘r etadi». Pokiza qalb uni kuylashga undaydi. Shoir xayollarining ufqi keng. Shu sababdan u: «Ko‘zimga oyni berkitding...» deya fikr yurita oladi. Oy nima? Uni ko‘zga berkitish mumkinmi? O‘ylab ko‘raylik. Sharqda oy – go‘zallik ramzi. «Ko‘zimga oyni berkitding», ya’ni go‘zallikni ko‘zimga joylading. Chunki sen, bezovta yurak, go‘zallikning yonidan beparvo o‘tolmading. Shu tufayli ko‘zim go‘zallikka tushdi. Shu tariqa, u ko‘zimga joylandi. Ko‘ziga go‘zallikni joylangan odam hayotning rangbarangligini tushunishga, ezgulikni his etishga, illatdan yuz o‘girishga qodirdir. Shoirning kashf etgan go‘zal obrazli ifodasi she’rxonni hayot ajoyibotlarini payqashga o‘rgatadi. Ta’sirchan va bezovta shoir yuragiga uning ko‘kragi torlik qiladi. Chunki bu yurak kichik vujudiga barcha odamlar dardini, butun Olam dardini joylagan. Ko‘krak esa buncha kattalikni sig‘dirishga torlik qiladi. Olamni anglash, uning quvonchu g‘amlaridan bahramandlik yurakni shunday junbushga keltiradiki, uning «sevinchlari qirg‘og‘idan toshadi». Olamni bilayotgan, uning dardlarini tushunayotgan inson yuragidagi tuyg‘ularni ifodalashdan til charchaydi: Tilim charchar, ajab, gohi Seni tarjima qilmoqdan. Serzavq yurak tuygan barcha sezimlarni til bilan ifodalash mushkul. Ta’sirchan shoir yuragi shunchalar ko‘p voqealarga daxldorki, unga tarjimon bo‘lgan til, albatta, charchaydi. Qaynoq yurak bilan yashash – qiyin, biroq zavqli. Bunday yurak egasi orom bilmaydi. U hamisha hayajonda bo‘ladi. Hamisha harakat qilishga majbur. She’rning xotima qismi ayni shu holatni ifoda etadi. She’rda muhim ma’no tashiydigan so‘zlar birikmasi, hatto bitta so‘z ham alohida qatorga tizilib, misraga aylantiriladi. Natijada, ularni alohida urg‘u bilan o‘qish zaruriyati paydo bo‘ladi. Shu tariqa she’r o‘zgacha ohang kasb etadi. She’rning so‘nggi bandi gursillab urib turgan yurak zarbiga uyg‘un tarzda о’qiladi: Itoat et! Agar sendan Vatan rozi emas bo ‘ha, Yoril, chaqmoqqa aylan sen, Yoril! Mayli, tamom о ‘lsam! Bu she’r o‘quvchining tuyg‘ularini hayajonga soladi. Hayajon kishini befarqlikdan xalos etadi. Kimnidir befarqlikdan qutqara bilgan she’r asl badiiyat namunasidir. Usmon Nosirning «Yana she’rimga» asari uning ijodiy qiyofasini belgilaydigan she’rlar sirasiga kiradi. Ushbu she’rni sinchiklab o‘qigan she’rxon shoirning shu xildagi asarlarni yozib, adolatsiz zamon talablariga bo‘yin egmay, yosh jonidan judo bo‘lganining sababini anglaydi. She’rda chinakam asar ulkan dardning mahsuli ekanligi juda chiroyli va lo‘nda ifodalanadi: O‘t bo‘lurmish ishqi yo‘q tanda? Dardimsanki, she’rim, yaxshisan. Usmon Nosirning fikricha, she’r ko‘ngil ermagi emas. U– «hayot shaxsi». She’rning o‘z hayoti, o‘z umri bor. O‘z hayotiga ega she’rlar yaratish uchun shoir «saharda qon tupurish»ga ham rozi. Download 150 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling