Tabiat lirikasi


RAUF PARFI SHE’RLARI TO‘G‘RISIDA


Download 150 Kb.
bet2/20
Sana25.02.2023
Hajmi150 Kb.
#1228982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
nazariya 77

RAUF PARFI SHE’RLARI TO‘G‘RISIDA

Rauf Parfi she’rlari zamonaviy o‘zbek poeziyasida tamomila o‘ziga xos hodisadir. Uning ijodida biror voqeani tasvirlashga bag‘ishlangan voqeaband she’rlar yo‘q hisobi. U inson ruhining kuychisi. Qadim o‘tmish ham, bugungi muhim hodisalar ham shoir tuyg‘ulariga qattiq ta’sir etadi va muayyan kayfiyat uyg‘otadi. Rauf Parfi o‘z she’rlarida ana shu kayflyatlarning manzarasini rassom kabi aniq chizadi. Uning she’rlari o‘quvchini o‘yga toldiradi. Tasavvur dunyosi keng bo‘lmagan, o‘zining kechinmalarini kuzatib o‘rganmagan odam bu asarlarni birdaniga tushuna olmaydi.


Rauf Parfi – obrazli fikrlashga moyil shoir. U jo‘nlikdan, hammaga ma’lum gaplarni aytishdan qochadi. Har qanday voqea-hodisaning hech kim payqamagan jihatini ko‘ra biladi va shu tufayli paydo bo‘lgan holatning haqqoniy manzarasini yorqin chizadi. Shuning uchun ham «tong otdi» degan oddiy xabardan juda go‘zal. poetik obraz yarata oladi:

Tong otmoqda. Tong o ‘qlar otar,
Tong otmoqda, quyosh – zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar
Boshlarida yashil chambarak.

Tonggi quyoshdan taralayotgan olov nurlari tong otayotgan o‘qqa, o‘sha nurlarni taratayotgan quyoshning o‘zi esa zam harakica o‘xshatilayotir. Nurga cho‘milgan Yer kurrasi o‘sha ‘alardan yaralangan. Hayotbaxsh bu o‘qlar tufayli Yerning boshida yashil chambarak, ya’ni hayot. Tabiatning qanchalik shoirona tasviri! Ayni vaqtda o‘xshatishlar naqadar aniq!


Rauf Parfining she’rlari bir qarashda juda g‘amginday tuyuladi. Aslida haqiqiy she’riyatda hamisha insonning dardi kuylanadi. Dard esa g‘amginlikni talab qiladi. Cam insonni poklaydi. Uning yuragini illatlardan, qabohatlardan tozalaydi. Alisher Navoiyning barcha asarlarida shuning uchun ham g‘am yetakchilik qiladi. Rauf Parfi nimani qalamga olmasin inson ruhiyatini tasvirlashni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. «Ona Turkiston» she’rida ozod Vatan yo‘lida boshini tikkan milliy qahramonimiz, tengsiz iste’dod egasi bo‘lgan yozuvchi Abdulla Qodiriy obrazi ham, «Cho‘lpon» she’rida esa ona tilining, ona xalqining erki uchun o‘limga tik qaray olgan mislsiz iste’dod va jasorat egasi Cho‘lpon ham his-tuyg‘ulari og‘ushida ko‘rsatiladi. Shoir ularning ishlarini sanab o‘tirmaydi. Balki bu ulug‘ odamlarning sof tuyg‘ularini, kechinmalarini tasvirlaydi:

Shu qadar yuragi tormidir – dunyo,
Nahot farzandiga – o‘ziga g‘anim.
0 ‘zi yuragimga jo bo‘ldi, ammo
Nechun sig‘dirmadi, nechun, Vatanim?!

Rauf Parfi tilning nozikliklarini chuqur his qiladi. Shuning uchun ham faqat so‘zlarning emas, balki tovushlarning ham uyg‘unligini ta’minlashga intiladi. Shu bo‘ls uning she’rlari o‘quvchining esida qoladigan obrazlar bilan tolib-toshgan bo‘ladi:



«Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar.
Tomchilar tomchilar boshimga»
Yoki:
«Poyezd chopar, poyezd chopar,
Poyezd chopar Sibirdan.
Abdullajon jonsiz yotar,
Qarorgohi temirdan».

Rauf Parfi she’rlari o‘zbek adabiyotidagi eng ilg‘or usullarining badiiy ifodasidir. Uni tushunish sizning madaniy saviyangizni yuksaltiradi. Shoir she’rlarini tushunishning siri – ularni sabr bilan sinchiklab o‘qishda.




Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling