Tabiat lirikasi
HAMID OLIMJON SHE’RLARI HAQIDA
Download 150 Kb.
|
nazariya 77
- Bu sahifa navigatsiya:
- LIRIKA HAQIDA
HAMID OLIMJON SHE’RLARI HAQIDA
Hamid Olimjon she’rlarida o‘zi tuygan tuyg‘ularni, o‘zi o‘tkazgan kechinmalarni she’rxonlarga ham his qildirishga intiladi. Biror hayot hodisasi tufayli shoirning ichki olamida ro‘y bergan o‘zgarishlar uning iste’dodi tufayli she’rga aylanadi. Vaqt yarim tundan kechgan. Atrof jimjit. Olam uyquga cho‘mgan. Yolg‘iz shoirning ilhomi uyg‘oq. Uning o‘tday yonayotgan vujudini, bezovta tepayotgan qalbini osuda tun haqidagi, tabiatning hayratomuz go‘zalliklari to‘g‘risidagi tizginsiz o‘ylar g‘alayonga keltiradi. Shoirning nazarida hayot qaynay boshlaydi. Darhaqiqat, buyuk hayot, cheksiz kolnot tinim nima ekanligini bilmaydi. Tunning tinchligini hech narsa Shag‘irlardi betinim daryo, Shag‘irlardi daryoda hayot... Holbuki tun... Hamid Olimjon Alisher Navoiy asarlarini ko‘p o‘qigan, yaxshi tushungan va uni ustoz deb qabul qilgan shoir edi. Garchi Hamid Olimjonning ko‘pchilik she’rlari buyuk Navoiy she’rlari shakliga o‘xshamasa-da, mazmun va mahorat borasida unga o‘xshashga intilgan. Hamid Olimjonning ulug‘ ustoz kamolotga yetkazgan she’r shakllarida yaratgan asarlari ham bor. Shulardan biri «Bo‘lsam» radifli g‘azaldir. G‘azalda shoir mumtoz adabiyotning an’analaridan foydalangan holda juda nafis insoniy tuyg‘ularni kuylaydi. Oshiq ma’shuqasiga tinimsiz intiladi. Lekin uning vasliga yetishishni orzu qilishdan ham cho‘chiydi. Shu bo‘ls u hamishalikka emas, bir nafasga, juda qisqa muddatga bo‘lsa ham yuzingdagi xolga aylanib qolsam, bog‘ingdagi gullarga ingan shabnam bo‘lsam, butog‘ingga qo‘nib sayraydigan bulbulga evrilsam, chamaningdagi gullarni siypalaydigan shamol bo‘lsam nima bo‘lardi, deya armon qiladi. Tasvir quyuqlashadi, intiqlik borgan sari kuchayaveradi. LIRIKA HAQIDA Badiiy adabiyotning uch asosiy turidan biri lirikadir. Lirik turdagi asarlar ham voqelikning in’ikosi sifatida yaratilsada, ularda hayot manzaralari batafsil tasvirlanib, izohlab berilmaydi. Bu xildagi asarlarda asosiy belgi voqelikdagi biror narsa-hodisa sababli paydo bo‘lgan kechinma va tuyg‘ularning ifodasini berishdir. Lirik asarlarda o‘quvchining tuyg‘ulariga, hissiyotlariga ta’sir etish asosiy maqsad qilib olinadi. Muallifning o‘zigagina aloqadorday tuyulgan kechinmalar she’rxonning ham ruhiga ta’sir etar ekan, shu yo‘l bilan uni birovning holatini tushunishga o‘rgatadi. Shunday qilib, shoirda voqelik ta’sirida tug‘ilgan fikr va his-tuyg‘ularni ifodalaydigan adabiy tur lirika deyiladi. Hamid Olimjonning bevaqt halok bo‘lishi tufayli Zulfiyada paydo bo‘lgan g‘amgin tuyg‘ularning she’riy ifodasi lirikaning namunalaridir. Ayni vaqtda bu she’rlar faqat shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lmay, barcha insonlarga xos pokiza tuyg‘ularning ham ifodalaridir. Shoiraning «Oydinda» she’ri ham bahoriy yomg‘irdan keyingi oydin kechani tomosha qilib, olkaning go‘zalligiga lol qolgan kishiga xos kayfiyatni bera bilganligi bilan barchaga qadrlidir. Lirik asarlarda voqelikning o‘zini emas, balki uning inson tuyg‘ulariga ta’sirini tasvirlash muhim o‘rin tutadi. Download 150 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling