Tabiat lirikasi
MILLATNI BIRLIKKA CHORLAGAN SHOIR
Download 150 Kb.
|
nazariya 77
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tor ko‘ngullik beklar...»
MILLATNI BIRLIKKA CHORLAGAN SHOIR
Turdidan bizga ijodining juda oz qismi – 400 misra atrofidagi o‘n sakkizta she’r yetib kelgan. Ularning ko‘pchiligi g‘azal va muxammaslardan iborat. Bir g‘azal va bir muxammasi tojik tilida bitilgan. Bu uning zullisonayn (ikki tilda ijod qiluvchi) shoir bo‘lganligidan darak beradi.She’rlarida «Turdi» hamda «Farog‘iy» taxalluslarini qo‘llagan. «Tor ko‘ngullik beklar...» she’ri g‘azal janrida yozilgan. U adabiyotimiz tarixidagi xalqni milliy birlikka chaqirgan, o‘zaro tenglikka da’vat etgan, hududiy yaxlitlikni targ‘ib qilgan siyosiy ruhdagi birinchi she’r sifatida alohida e’tiborga molikdir. O‘zbeklar etnik jihatidan to‘qson ikki urug‘dan iborat bo‘lgan. Ular qirq, yuz, ming, jaloyir, jig‘alboyli, oytamg‘ali, xitoy, qipchoq, nayman, boymoqli, sirg‘ali, o‘roqli, bolg‘ali, boyovut, qo‘ng‘irot, soloqli, qaropchi, kenagas, mang‘it kabi nomlar bilan atalgan. Bu urug‘larning boshchilari, yurt kattalari mavqe, amal, hudud talashib urug‘aymoqlar o‘rtasida o‘zaro nizolarni kuchaytirdilar. Bundan oddiy xalq aziyat chekdi, qishloqlar vayron, ekinzorlar payhon bo‘ldi. O‘lka parokandalikka yuz tuta boshladi. Bu holdan qattiq g‘azablangan shoir Turdi mamlakat, mansab uchun qirpichoq bo‘layotgan beklarni ko‘ngillaridagi tor shaxsiy g‘arazlami qo‘yib, keng miqyosda millat uchun qayg‘urishga chaqiradi: Tor ko‘ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling, To ‘qson ikki bovli o ‘zbak yurtidir, tenglik qiling. Keyingi baytda parokandalik, tarqoqlikdan voz kechib, bir hukmdor qol ostida yaxlit bir mamlakat, yagona bir milliy davlat haqidagi orzularini bayon etadi. Keyingi uch urug‘ning nomi sonlarga uyg‘unligidan foydalanib, tazod vositasida mazmunga mos shakl topa biladi. Ya’ni urug‘ingiz nomi qirq, yuz, ming bo‘lsada, siz bir xonlikda yashashni, bir mamlakat bo‘lib birlashishni odat qiling, deydi shoir. Uchinchi baytda g‘azalning umumiy g‘oyasi yanada yorqinroq, ta’sirliroq ifodalangan. Birlikka da’vat etayotgan shoir baytdagi misralarda «bir» so‘zini bir maromda besh marta takrorlaydi va uni bitta kiyimning qismlari misolida ifoda etadi: Biryaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib, Bir o ‘ngurlik, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling. Oxirgi ikki baytda o‘z mulki, ya’ni mamlakatini boshqarishni uddasidan chiqmagani holida boshqa erlarga ko‘z olaytirayotgan beklarni tanqid qiladi, yuragida mardlar kabi maydonda zahmat chekish javhari – jur’ati yo‘q yurt kattalariga o‘zining achchiq kinoyasini, istehzosini bildirishga jur’at etadi. Uch baytdangina iborat «Turdiman» radifli g‘azali hasbi hol – o‘z ahvolini bayon etish tarzida yaratilgan. Unda ma’lum darajada shoirning taqdiri, kechmishlari aks etgan deyish mumkin. «Qatradek nochiz», ya’ni oddiy odam bo‘lsada, o‘z tirishqoqligi, jonkuyarligi, izchil harakatlari bilan ezilgan kishilarni oyoqqa turg‘izgan, isyon va qo‘zg‘olonlarni keltirib chiqargan, she’rlari bilan amaldorlar yuziga ham haqiqatni tik ayta olgan shoir: «Kelturan amvojga bahri talotum Turdiman», – deya faxrlanishga haqli edi. Lekin qirq, yuz, ming va boshqa urug‘lardagi millatdoshlari uning olijanob harakatlarini, yakdillik haqidagi yonib-kuyishlarini anglab yetmaydilar, ba’zilari hatto nafrat bilan qaraydilar. Bundan iztirobga tushgan shoir o‘zini «baxti qaro», «toleyi shum» deb biladi. Shaxsiy hayotida esa tirikchiligi «chashmi so‘zan», ya’ni igna teshigidan o‘tkazilayotgan ip kabi qiyin o‘tadi. Shoir shu taxlit o‘zining o‘tmishini, iztirobli kechinmalarini, turmush tarzini siqiq, lo‘nda shaklda bayon etadi. Download 150 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling