Tabiat lirikasi
Download 150 Kb.
|
nazariya 77
Ma’shuqa – ishqqa sabab bo‘lgan, oshiq ko‘nglini rom qilgan, aqlini lol etgan suyukli yor. U – nihoyatda go‘zal. Go‘zalligi unga nisbatan qo‘llanadigan tashbih (o‘xshatish)lar orqali ta’riflanadi: qaddi tik, adlki go‘yo sarv yoki sanavbar daraxtlariga o‘xshaydi, soch va ko‘zi tunday qora, qoshi – . hilol, yuzi oy yoki quyoshni eslatadi, lablari – g‘uncha yoki la’l (qimmatbaho qizil tosh), kipriklari bamisoli o‘q va hokazo. Aytib o‘tish kerakki, Chiqish she’riyatida noziklik go‘zal-likning muhim belgisi sanalgan. Shuning uchun g‘azallarda yorning beli juda ingichka, og‘zi behad torki, hatto ba’zan oshiq ularning bor yoki yo‘qligini bilmay hayron bo‘lib qoladi. Ma’shuqaning husn-u malohati ba’zan birma-bir ta’riflab o‘tirilmay, go‘zallikning dolmiy timsollariga aylangan gul, Layli, Shirin, Uzro, Yusuf kabi obrazlariga ishora orqali ham ifodalanadi.
Ma’shuqa odatda g‘azallarda oshiqqa beparvo, jafo qiluvchi, bag‘ritosh, iltifotsiz singari belgilar bilan tasvirlanadi. Oshiq – ishqqa mubtalo bo‘lgan va o‘zini unutgan kishi. Ma’shuqaning shaydosi. G‘azalda fikr, tuyg‘u va kechinmalar oshiq tilidan ifodalanadi. She’rda oshiqning portreti ma’shuqa kabi batafsil chizilmaydi. Ko‘p hollarda ishq, ayriliq (hijron) tufayli, yorning vafosizligi, sitami sababli ko‘zi qonli yoshlarga to‘laligi, qaddi bukilgani tasvirlanadi. Oshiq tabiatining belgilari: u sevgisiga sodiq hamda ma’shuqaga vafodor – hijron azobi qanchalik qiynamasin, ishqdan voz kechmaydi, yor har qancha azoblasa ham uni sevishdan chekinmaydi, hatto bu azoblar unga rohat bo‘lib tuyuladi. Raqibga o‘zining nafratini ochiq bayon etadi. U oshiqlik timsollari bo‘lmish bulbul, Majnun, Farhod, Vomiq obrazlariga o‘xshatiladi. Raqib – ma’shuqaning vasliga da’vogar bo‘lgan boshqa bir oshiq. Raqibning portreti berilmaydi, uning kechinmalari, holati ham deyarli ifodalanmaydi. Oshiq rashk tufayli ba’zan uni itga o‘xshatadi. Ayrim hollarda oshiq tilidan uning salbiy xarakter belgilari aytib o‘tiladi. Bu obraz, shuningdek, g‘ayr, ag‘yor, o‘zga nomlari bilan ham yuritiladi. Raqib g‘azallarda omadli, ma’shuqani yo‘ldan urib oshiqni qiynaydigan kimsa sifatida tasvirlanadi. Ushbu uchlikdagi ma’shuqa va oshiq dolmiy obrazlar bo‘lsa, raqib timsoli g‘azallarda hamma vaqt ham ishtirok etavermaydi. Aytib o‘tish kerakki, o‘zbek mumtoz adabiyoti muqaddas islom dini negizida vujudga kelgan tasavvuf ta’limoti bilan chambarchas bogiiqdir. Tasavvuf ilohiy ishqni kuylaydi, insonni o‘z ko‘ngli, qalbini poklab Alloh, payg‘ambar va aziz-avliyolarga ruhan yaqinlashishga undaydi. Buning uchun esa eng katta to‘siq – o‘z ichidagi dushmani bo‘lmish nafsni yengishi lozimligini uqtiradi. Biz yuqorida ta’riflagan uch asosiy obraz tasavvuf adabiyotida yangicha ma’no, o‘zgacha mazmun kasb etadi: ma’shuqa (yor) – Alloh yoki payg‘ambar voxud pir (ustoz), do‘st ma’nosida, oshiq – Allohga ruhan yaqinlashishga intilayotgan inson, so‘fiy banda; raqib esa nafs, dunyo ma’nolarida keladi. Demak, mumtoz g‘azallarda (shuningdek, boshqa janrlarda ham) she’rning bir qarashda ko‘rinib turgan yuzaki hamda tasavvuf bilan bog‘liq ichki ma’nosi mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Download 150 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling