Tabiat lirikasi


Download 150 Kb.
bet4/20
Sana25.02.2023
Hajmi150 Kb.
#1228982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
nazariya 77

«Qo‘shiq» she’rida yomonlarning adovati tufayli ayriliqqa duch kelgan oshiq holati o‘ta mayin ifodalangan. She’rda ma’shuqa bevosita tasvirlanmasa-da, oshiqning nazari orqali husnda hammadan ortiq, tishlari durday yarqiroq, ayriliq tufayli ko‘zi yoshli qizning obrazi she’rxon tasavvurida paydo bo‘ladi. U oshiqqa qo‘shilib, bu go‘zalga mehr qo‘yadi.
Omon Matjonning «Eng so‘nggi xazina» she’rida miliat ning o‘zligini tayin etadigan eng so‘nggi va bebaho xazina milliy g‘urur ekani voqeaband yo‘sinda aks ettirilgan. Sho""" sho‘ro bosqinchilarining qilichi qayralib turgan bir vaqtcfo buyuk bir jasorat bilan yonma-yon yashayotgan biri katta, bir’ kichik ikki xalq hayotidagi tushunarsiz evrilishni aks ettiradi Katta xalqning surligi, ustamonligi tufayli shunchaki yondosh yashayotgan ellar oldin qo‘shniga, keyin do‘stga, so‘ng kichik xalq iniga, undan so‘ng o‘z-o‘zidan qulga aylanib qolganligj juda ta’sirli yo‘sinda ifoda etilgan. She’rda donishmand tomonidan aytilgan:

Dono debdi: «Yurtga bir boq, oqsoqol,
Unda hali o zi bilmas zo ‘r ganj bor!
Bu g‘ururdir! U – har qalbning qa’rida!
Shuni uyg ‘or hali imkon borida!
Uyg‘otolsang – xalqing xalqqa do‘nadi,
Yo ‘qsa butkul so ‘nadi!»

so‘zlar asardagi asosiy fikrni ifoda etadi. Shoir milliy g‘ururni yo‘qotmaslik, uni asrashni kuylagan, usiz milliy erkka erishib bo‘lmasligini tasvirlagandi.


Omon Matjon Xorazm vohasiga mos so‘z boyligidan, o‘sha yurtning afsonalaridan, voha xalqining shirin lafzidan o‘rinli foydalanadi. Shoir xalq ijodiga tez-tez murojaat qiladi. Shuning uchun ham lining she’rlari yengil o‘qiladi, kishiga kuchli ta’sir qiladi va darrov yodda qoladi. Shoirning she’rlarini mehr qo‘yib, sinchiklab o‘qish, ularni yodlab olish sizlarning ma’naviyatingiz shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu she’rlar sizni hayot, odamlar, ularning ichki olami haqida jiddiyroq o‘yga tolishga, o‘zingizga yarasha xulosalarga kelishga yo‘naltiradi.
UMAR XAYYOM RUBOYILARI TO‘G‘RISIDA

Quyi sinflardagi matematika darslari orqali quyidagi qolda bilan tanishgansiz: kvadrat to‘rtburchakdir, lekin har qanday to‘rtburchak kvadrat emas. Ayni shu qolda ruboiyga juda mos keladi: ruboiy to‘rt misradir, lekin har qanday to‘rtlik ruboiy emas. Shoir fikri va tuyg‘ularining qaymog‘i ifodalanadigan bu she’riy janr maxsus vaznda – aruz she’r tizimidagi hazaj bahrining yo axrab, yoki axram tarmoqlaridan birida yozilishi kerak. Yo‘qsa, u oddiy to‘rtlik she’r sanaladi. Ana shu she’riy o‘lchovda yoza bilgan, tuyg‘ulari hamda olam hodisalari haqidagi fikr-mulohazalarini g‘oyat siqiq va lo‘nda shaklda, o‘quvchi xotirasiga tezda mixlanib qoladigan tarzda ifodalay oladigan shoirni ruboiynavis hisoblaganlar.


Umar Xayyom ana shunday ruboiynavislardandir. Uning ruboiylari g‘oyat ma’nodor va hikmatlarga limmo-lim. Lekin shoirning dunyoqarashidan bexabar bo‘lgan, uning she’riyatidagi obrazlar tizimini tushunmaydigan odam Xayyomning ruboiylarini anglamasligi mumkin. Ko‘pincha shoirni may kuychisi sifatida talqin qilishadi. Haqiqatan ham uning ruboiylaridagi lirik qahramon mayxo‘r, dolm may so‘raydigan, may quyguvchi soqiyga oshno kishidir. Lekin bu tushunchalarni hamma vaqt o‘z ma’nosida qabul qilish o‘ta jo‘n fikrlash nishonasi bo‘lib, kishini yanglishtiradi.
Qadim zamonlardayoq, Chiqish mamlakatlarida bor narsani o‘z holicha aytib qo‘ya qolish san’at hisoblanmagan. Haqiqiy san’at timsollar, ramzlar, majoz bilan ish ko‘radi. She’riy obrazlar, badiiy lavhalar ko‘pincha Qur’on hukmlari, payg‘ambar Muhammad alayhissalom hadislari va shu ikki muqaddas manba negizida vujudga kelgan tasavvuf ta’limotiga tayanilgan holda yaratilgan. Agar biz shoir ruboiylaridagi mayning nima ekanini aniqlab olsak, qolgan obraz va tushunchalarning ma’nosi o‘z-o‘zidan oydinlashadi.
Tasavvuf she’riyatida may Allohga muhabbatning, ya’ni ilohiy ishqning ramzidir. Ilohiy ishq odamni aql-u hushdan ayirib sarxush qilib qo‘yadigan kuchga egaligi uchun uni vqsl nisbat qilganlar. Ma’lumki, may qadahga quyiladi, ishq m ko‘ngilga. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, she’rlardagi eSdah yoki jom – ko‘ngil timsoli. Ko‘ngil bo‘lmish qadahga qancha ko‘p may, ya’ni ishq quyilsa, oshiq uchun shuncha oz ko‘rinadi. Chunki, olamlarning yaratuvchisi, jamol, jalol, nudrat va rahmat egasi bo‘lmish Alloh cheksiz va adoqsiz muhabbatga loyiq zotdir. Lekin bunday ulug‘ ishqqa o‘z-o‘zidan va osonlikcha ega bo‘linmaydi. Millati, tili va dinidan aat’i nazar o‘zidan, tananing huzur-halovatidan kechib, butun insoniyatga buyuk hurmat bilan qaraydigan, Alloh yaratgan jamiki borliqqa Uning betakror go‘zal ijodi, san’ati sifatida qarab ko‘z qorachig‘iday asrashga tayyor turadigan insonlargina ana shunday ishqqa erisha oladilar. Va bunday insonlarni tarbiyalovchi zotlar Islomda murshid yoki pir deyiladi. Tasavvuf adabiyotidagi soqiy pirning ramziy timsolidir. Asrlar o‘tsa-da, nomlari e’zoz bilan tilga olib kelinayotgan Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi zotlar ana shunday piri komillardir. Mayxona timsoliga kelsak, u ilohiy ishqqa ega so‘fiylarning komil murshid dargohida to‘planadigan yeridir. Umar Xayyom ruboiylarini ana shu tushunchalar bilan mutolaa qilinsa, butunlay boshqacha ma’no va manzara yuzaga keladi.
Endi Sizga havola qilingan ba’zi ruboiylarga diqqat qilaylik. «Loyimni o‘zing qorgan esang...» ruboiysida shoirning Allohga o‘zgacha mehri, itoati, Uning cheksiz qudrati oldida bosh egishi ifoda etilgan. U Allohga qarata «Loyimni o‘zing qording, ya’ni meni tuproqdan yaratding, ham suratim, ham siyratimni o‘zing barpo qilding. Nimaki mendan sodir bo‘lsa va menga sodir bo‘lsa sening hukming» demoqda. Bu iqror – iymon sharti, musulmonlik maslagi. Yaratgan oldida o‘z ojizligini his qilgan va bu ojizlikni tasdiq etgan insongina qudratlidir. Aks holda kibrga, manmanlikka, jaholatga, bir so‘z bilan aytganda, o‘z nafsiga qui bo‘ladi. Oqibatda zulm, zo‘ravonlik, xiyonat, riyo kabi illatlar sirtmog‘ida yashaydi. Nafs qo‘lida zabun kimsa tuban va ojizdir. Mana shu tubanlik, ojizlikdan qutulmoq uchun, hayotda yuksak insoniy maslaklar bilan yashash uchun Yaratgan oldida ojizlikni tan olmoq kerak! Yutuqlarga erishganda, omad yor bo‘lganda o‘zdan ketmaslik, tushkun damlarda umidsizlikka tushmaslik uchun bu tuyg‘u inson bilan bo‘lmog‘i lozim!

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling