Tabiat lirikasi


«Yod mandin kim berur, yaxshi zamonlar ko‘rdiman»


Download 150 Kb.
bet11/20
Sana25.02.2023
Hajmi150 Kb.
#1228982
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
nazariya 77

«Yod mandin kim berur, yaxshi zamonlar ko‘rdiman» misrasi bilan boshlanuvchi muxammasini ham hasbi hol mazmunida deyish mumkin. She’rning avvalida shoir bir paytlar yaxshi zamonlar ko‘rganligini eslaydi. Uning yaxshi kunlari «rind sarxayli» – mayparastlarboshlig‘i soqiy huzurida damodam aysh surganligi, oshiqlar halqasida bazm-u majlislar qurganligi, soflik mayi bilan dimog‘i xushbo‘lgan ulfatlar davrasida bo‘lganligi deb e’tirof etiladi. Umar Xayyom ijodini o‘rganish orqali soqiy – tarbiyalovchi ustoz pir, oshiqlar – ilohiy ishq talabgorlari, ularning majlisi – so‘fiylar suhbati, may – ishqi ilohiy ekanligini bilib olgan edingiz. Shundan kelib chiqib birinchi bandga yondashsak, Turdi ham so‘fiylar davrasida ilohiy ishq suhbatlarida qatnashganligi anglashiladi. Bu kunlar shoir hayotining eng xushbaxt onlari edi. Keyingi baytlarda ifodalangan hayotining izdan chiqqanligi, ishlarining ortga ketishi, g‘am-anduhga to‘lishi ana shu saodatli kunlarning qadriga yetmaganligi, shu nurli davrani yo‘qotganligidan deya izohlanadi. Agar diqqat bilan o‘qisangiz, shoir baxtsizligi sababini birovlardan axtarmaydi, o‘zgalarni ayblamaydi. Aybni aynan o‘zidan qidiradi, shum nafsidan ko‘radi. Bu esa barchaga ibrat bo‘ladigan fazilatdir.


CHISTON HAQIDA

Xalq og‘zaki ijodi janri bo‘lmish topishmoq haqida yaxshi bilasiz. Agar qoldaga solsak, nomi yashirilgan narsa yoki tushunchani belgi, ishoralariga qarab topiladigan savol yoki topshiriqlar topishmoq deyiladi. Mumtoz adabiyotdagi she’riy topishmoq janri chiston deb yuritiladi. U forscha «chist» (nima) hamda «on» (u) so‘zlaridan iborat bo‘lib, «u nima?» degan ma’noni bildiradi. Chistonning hajmi cheklanmagan, lekin ko‘pincha bir yoki ikki bayt (ikki-to‘rt misra) bo‘ladi. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar XV asrda Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan. Fors-tojik adabiyotida undan bir necha asr ilgari ham mavjud edi hamda «lug‘z» deb atalgan. Keyinchalik lug‘z hamda chiston atamalari turkiy va fors adabiyotida baravar qo‘llanavergan.


Uvaysiy chistonlari misolida bu janrga xos xususiyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Birinchi chistonda javobni topish uchun bir qator belgi va ishoralar berilgan. Tashqi shakliy ko‘rinishi: gumbazsimon, tuynugi yo‘q.
Ichki tuzilishi: gulgunpo‘sh (qizil yopingan) qizlar hamda parda borligi.
Unga munosabat shakli – sindirish kerakligi.
Bu belgilarga ko‘ra anorni ko‘rgan odam biroz tafakkur qilib, uni topa oladi. Haqiqatan ham anor gumbazga o‘xshaydi. Uning biror teshigi yo‘qki, ichini ko‘rib bo‘lsa. Anor donachalari esa qizil kiygan qizlarning o‘zginasi. Bo‘laklarni ajratib turuvchi pardalar go‘yo ular yuzidagi harir mato. Nihoyatda sinchkovlik va zukkolik bilan topilgan tasvir!
Uvaysiy saroyda yashagan yillari davomida xon haramidagi kanizlar hayotiga guvoh bo‘lgan. Gulday yoshligi saroy gumbazi ostida xazon bo‘layotgan qizlarning bag‘irlari qon. Saroyning harir pardalari ularni tashqi olamdan ajratib turadi. Yuqoridagi chiston ana shu kuzatishlar asosida yaratilgan bo‘lsa ajab emas. U ijtimoiy hayotdagi voqeaga ishora qiladi. Keyingi ikki chistonda esa bu xususiyat yo‘q. Ular tabiatdagi holat va hodisalar tasviriga bag‘ishlangan, ishoraviylikdan xoli. Shundan kelib chiqsak, she’riy topishmoqlar ikki turli bo‘ladi: majoziy chistonlar («Anor») hamda oddiy chistonlar («Yong‘oq», «Kun va tun»).

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling