Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar. Ilmiy texnika revolyutsiyasining tabiatga ta’siri
Download 28.9 Kb.
|
9-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ernest Gekkel
ekologiya – tirik organizmlar o‘zaro va ularni yashash muhiti o‘rtasidagi munosabat haqidagi fan, deb yuritiladi. Bu ma’no uning grekcha atamasidan kelib chiqqan tarzda ifoda etilgan. CHunki grekchada “«oikos”-uy, yashash joyi, yashash muhiti, “logos”-ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ushbu atamani birinchi bo‘lib fanga nemis tabiatshunos olimi Ernest Gekkel 1866 yilda chop etilgan o‘zining “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” degan kitobi orqali olib kirdi. Uning ta’rifiga ko‘ra, “Ekologiya – tabiatni iqtisodiy jihatdan tadqiq qilish orqali hamma tirik organizmlarning organik va noorganik muhit unsurlari bilan birga, uning ta’sir doirasida turgan antogonistik va noantogonistik aloqadorlikda bo‘lgan o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni ochib berishi»dir.
E.Gekkel buyuk ingliz olimi CHarlz Darvinning tirik organizmlarning evolyusion rivojlanishi to‘g‘risidagi ta’limotini rivojlantirib, har qanday tirik organizm atrof tabiiy muhitga moslashib, o‘zining morfologik(ichki) va morfometrik(tashqi) ko‘rsatgichlarini o‘zgartirib borishi, moslashmagani esa tabiiy tanlash asosida qirilib ketishini isbotlab berdi. E.Gekkel «ekologiya» so‘ziga ta’rif berar ekan, inson tomonidan «tabiatni iqtisodiy tadqiq qilish» degan iboralari alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki tabiatni son jihatdan ifodalanishi inson faoliyati iqtisodiyotiga nechog‘liq bog‘liqligini u ifoda etmoqchi edi. E.Gekkel birlamchi kapital ko‘pincha «tabiatga salb yurish» orqali jamg‘ariladi, degan edi. YUqorida keltirilgan tushunchada E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar yoki iboralarning ayrimlari tushirib qoldirilgan yoki unga qo‘shimchalar kiritilgan. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Evropa uchun «iqtisodning tabiatini anglash» degan ibora o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, hozirga kelib ham u birlamchi ahamiyat kasb etayapti deyish qiyin. CHunki qadimgi qita vakillari ekologik talofat va inqiroz nima ekanlligini allaqachonlar tushinib etganlar. Nima uchun ekologiya fani aynan Evropada, XIX asrning ikkinchi yaramida va biologlar tomonidan kashf etildi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. Download 28.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling