Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar. Ilmiy texnika revolyutsiyasing tabiatga ta'siri. Reja


Download 284.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.01.2023
Hajmi284.72 Kb.
#1094550
  1   2
Bog'liq
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar. Ilmiy texnika revoly



Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar. Ilmiy texnika 
revolyutsiyasing tabiatga ta'siri. 
Reja: 
1.Tabiat, jamiyat va inson. Tabiat va jamiyat munosabatlari evolyutsiyasi. 
2.Insonning ijtimoiy biologik mohiyati, tabiatni muhofaza qilish va undan 
oqilona foydalanishning nazariy asoslari.
3.Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning tarixi. 
4.O'zbekistonda tabiatdan foydalanish tarixi 
1. Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi 
manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri 
bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil 
etadi. 
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos 
tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va ongi 
tabiat qonunlariga bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, 
uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo‘nalishlarda 
doim muloqotda bo‘ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot 
insonni tabiat bilan bog‘laydi. Insonni yashashi uchun zarur bo‘lgan 
barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan 
olinadi. Jamiayatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat 
mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo‘ladi. 
Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan 
munosabati o‘zgarib brogan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga 
sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va 
chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga 
olib keldi. Feodalizm tuzimida mehnat vositalarinig takomillashuvi, aholi 
sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va sur’ati o‘sib 
brogan. Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va 
texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning 


tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga ta’sirning yuqori darajasiga yetkazdi. Atrof 
muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. 
Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antripogen moddda va energuya 
almashinuvi, ya’ni xom-ashyolarni tabiatdan ortig‘I bilan olinishi va 
zararli chiqindi holiday atrof muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat 
o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat 
munosabatlarining rovijlanishida biogen, antropogen va texnogen 
bosqichlar ajratiladi. 
2. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz 
komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib 
chiqardi. Mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni ajratish 
mumkin. Ayrim yirik shahar, sanoat markazlari, alohida tumanlarda 
mahalliy, Orolbo‘yi, Chernobilda mintaqaviy ekologik tang vaziyatlar 
vujudga kelgan. Ozon tuynuklari muammosi, kislotali yomg‘irlar, 
cho‘llashish, Dunyo okeanining ifloslanishi va boshqalar umumsayyoraviy 
muammolar hisoblanadi. Yer yuzida ekologik tang vaziyatli hududlarning 
keskin ko‘payishi global ekologik inqiroz havfining real ekanligi 
ko‘rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil ichida ekologik muammolarni hal etish 
uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmasa ekologik inqiroz 
muqarrardir. 
Ekologiya deganda organizmlarning o‘zaro va muhit bilan aloqadorligini 
o‘rganadigan biologik fan tushuniladi. Shuning bilan birga ekologiya 
deganda inson va organizmlarning yashash muhiti holati, organizmlar (shu 
jumladan inson) va muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muammolarini 
o‘rgatishga alohida ilmiy yondashish (ekologik ) ham tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish deganda hozirgi va kelgusi avlodlarning 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish 
va atrof muhitni musaffo holiday saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda 
amalgam oshiriladigan mahalliy, davlat va halqaro tadbirlar majmuasi 
tushuniladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari 
mazmun va maqsadga ega bo‘lgan tushunchalardir. Ekologiya tabiatni 
muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi. Atrof muhitni muhofaza 
qilish, atrif tabiiy muhitni muhofaza qilish tushunchalari tabiatni muhofaza 
qilish tushunchasiga ma’nodoshdir.



Download 284.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling