Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar. Ilmiy texnika revolyutsiyasing tabiatga ta'siri. Reja


Download 284.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.01.2023
Hajmi284.72 Kb.
#1094550
1   2
Bog'liq
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar. Ilmiy texnika revoly

3. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘ziga kerakli bo‘lgan ozuqalarni 
olishdan tashqari, tabiatdan olayotgan ne’matlarning holatiga ahamiyat 
bera boshlagan. Kishilar tabiiy hodisa va jarayonlarning sabablarini, ular 
o‘rtasidagi aloqalarni aniqlamoqchi bo‘lgan, albatta. Ishlab chiqarish 
qurollarining ancha takomillashgan turlari – o]q-yoy, murakkabroq baliq 
ovlash asboblari, qadimgi aholining tabiatan o‘zi uchun zarur bo‘lgan 
narsalarni ko‘proq olishga va hayvonlarni kengroq maydonda tutishga, ov 
qilishga imkon beradi. Bularning hammasi qadimgi kishilar jamoasi 
yashagan joyning tezda buzilishi, ozuqa kamayishiga olib kelgan.insonlar 
o‘zlarining hayotlari uchunmuhim tabiiy zahiralarni himoya qilish 
yuzasidan ba’zi choralarni ko‘ra boshlagan. Qimmatli hayvonlar, ov 
qilinadigan va yeyishga yaroqli yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan joylar 
muqadda deb e’lon qilinib, bu yerlarda ov qilish va o‘simliklarni terish 
man etilgan. 
Quldorlik jamiyatida ham tabiatni muhofaza qilish buyicha choralar 
ko‘rilgan. Chunki ibtidiy-sinfiy jamiyatning deyarli hammasida 
qurg‘ochchilik bo‘lib, yerlarni sug‘ormasdan yashab bo‘lmas edi. 
Yog‘och-taxtalarga ehtiyoj katta bo‘lgani uchun, ularda o‘rmon 
daraxtlarini qo‘riqlash haqida qonunlar vujudga kela boshlagan. Masalan, 
Vavilon podshosi Hammurappi eramizdan avvalgi 1792-1750 yillar, 
bundan qariyb 4 ming yil oldin har doim yog‘ochga muhtoj bo‘lganidan 
o‘rmonlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rgan. 
Feodalizm davrida dehqonchilik yaroqli yerlarni tubdan kengaytirish 
maqsadida Yevropadagi mamlakatlarda yoppasiga o‘rmonlar kesib 
y6uboriladi. Buning ustiga kemalar qurish uchun ko‘p miqdorda chinor, 
eman va boshqa qimmatli daraxtlar kesilgan. Shuni aytish kifoyaki, bitta 
kema qurish uchun 4000 dona eman kerak bo‘lgan. O‘rta asrlar tarixida 
Ispaniyaning g‘arbiy floti uchun yarim million eman daraxti kesilgan. Ana 
shu davrdan buyon 400 yil o‘tgan bo‘lsa ham Ispaniya hozirgacha o‘rmon 
xo‘jaligini tiklab olgani yo‘q. 
Shunga qaramasdan feodalizm davrida TMQ aniqroq shakl oldi. O‘z 
yerlarida ov hayvonlarini saqlashdan manfaatdor feodallar ularni 
qo‘riqlash uchun qonunlar chiqara boshladilar. Har qanday qonunni 
buzgan kishi jazolanar edi. 


4. Ko‘p yillar davomida hom ashyo bazasi bo‘lib kelgan O‘zbekistonda 
tabiiy muhit holati ancha ayanchli holga kelib qolgan. Yer osti boyliklarini 
isrofgarchilik o‘zlashtirilishi natijasida katta maydondagi unumdor yerlar 
yaroqsiz ahvolga tushgan. Suv, havo, tuproq ifloslangan. Obikor yerlarda 
eroziya, cho‘lga aylanish, sho‘r bosish jaroyonlari tezlashgan. Yirik sanoat 
markazlari, katta shaharlarda murakkab ekologik vaziyat kuzatilmoqda. 
Orol dengizi, Orolbuyi muammolari yana ko‘plab ekologik qurbonlarni 
keltirib chiqarmoqda. O‘zbekistonda turli hastaliklarning ko‘payishi va 
atrof muhitning ifloslanishi o‘rtasida bevosita bog‘lanishlar kuzatilmoqda. 
O‘zbekistonda atrof muhitning ifloshlanishi va uning oqibatlari o‘ziga hos 
xususiyatlarga ega. Issiq iqlim sharoitida havo, suv, tuproq sifatining 
buzilishi insonlar sog‘ligiga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda 
yirik shaharlar va sanoat markazlari tog‘ oldida, tog‘ oraliq botiqlarida 
joylashganligi tufayli atmosfera havosi va boshqa komonentlarning 
ifloslanish darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida mineral 
o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy moddalarning ko‘plab ishlatilishi atrof muhit 
ifloshlanishining ortishiga olib kelgan. Inson ta‘sirining kuchayishi 
natijasida O‘zbekistondagi o‘simlik va hayvon turlari kamayib, noyob 
tabiat go‘shalari buzilmoqda. Umumiy soni 26 milliondan oshgan 
O‘zbekiston aholisi har yili o‘rta hisobda 350-400 ming kishiga 
ko‘paymoqda. Bunday sharoitda aholini zarur yashash muhiti va barcha 
kerakli mahsulotlar bilan ta‘minlash dolzarb va eng ustivor masala bo‘lib 
qolmoqda.

Download 284.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling