Tabiatdan foydalanishning ekologik samaradorligi Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi Iqtisodiy-ekologik barqaror rivijlanish


Download 24.11 Kb.
bet2/4
Sana17.12.2022
Hajmi24.11 Kb.
#1025085
1   2   3   4
Bog'liq
atrof muhit

Iqtisodiy samaradorlik. U ekologik samaradorlikdan ancha farq qiladi. Iqtisodiyotda biror loyixa amalga oshiriladigan bo`lsa, avvalo u amalda qo`llanila boshlagan taqdirda buyurtmachiga qancha foyda keltiradi yoki samara beradi, degan savolga javob berish kerak bo`ladi. Samara bermaydigan loyiha xech vaqtda amalga oshirilmasligi lozim.
Moliyaviy mablag` xar qanday iqtisodiy tizimda taqchil, shuning uchun taklif qilinayotgan loyixalarni amalda tatbiq qilishdan oldin sarf-xarajat va foydani (natija) pul ifodasida taqqoslash yoki loyixaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash kerak. Demak, iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdir.
Iqtisodiy samaradorlikni ko`pincha sarf-xarajat va samara orasidagi o`zaro nisbat aniqlaydi. Bu loyixa (yoki tadbir)ni amalga oshirish natijasida foydaning qiymat jixatidan ortib borishini qayd qiladi. Iqtisodiyotda kapital mablag`ning tabiatni muxofaza qilish ishlariga sarflash va samaradorlikni aniqlashda yetarli tajriba to`plangan. Ba`zi mutaxassislarning fikricha, kapital mablag`ni tabiat muxofazasi loyixalariga sarflash bilan vujudga kelgan samarani me`yoriy koeffitsiyent bilan solishtirish natijasida olingan natija (foyda, daromad) loyixaning samaradorligi to`g`risida xulosa qilishga imkon beradi.
Kapital mablag`larni katta miqdorda sarflash xar doim xam iqtisodiy samaradorlikka olib kelmaydi, bunda uzoq kelajakni xisobga olib, xar bir so`mga keladigan daromad to`g`ri xisob-kitob qilinmasligi natijasida jiddiy xatoliklarga yo`l qo`yiladi. Buning yorqin misoli sifatida 60-80 yillarda sobiq SSSRda yerlarni melioratsiya qilishning gigant dasturini ko`rsatib o`tish o`rinli. Bu dasturni amalga oshirish xajmining ulkanligini shundan xam bilish mumkinki, barcha sarf-xarajatlar miqdorini mamlakatning oziq-ovqat va yengil sanoatga sarflangan mablag` miqdoriga solishtirish mumkin edi. Ammo iqtisodiy samarani noto`g`ri xisob-kitob qilinishi natijasida global melioratsiyaning samaradorligiga erishilmadi. Umuman, olingan samara kamligi bilan tavsiflandi va katta miqdordagi pul mablag`lari samarasiz bo`ldi



Download 24.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling