Tabiatni muhofaza qilish. Atmosferani asrash. Fan texnika taraqqiyoti. Ximiyalashtirish va inson salomatligi


TABIATNI MUHOFAZA QILISH. ATMOSFERANI ASRASH


Download 26.31 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi26.31 Kb.
#227526
1   2   3
Bog'liq
7-maruza lot

TABIATNI MUHOFAZA QILISH. ATMOSFERANI ASRASH.

FAN - TEXNIKA TARAQQIYOTI. XIMIYALASHTIRISH VA INSON SALOMATLIGI

Ma’lumki, fan — texnikaning jadal sur’atlar bilan taraqqiy etishi insonlar uchun dunyoni va uning mo‘‘jizalarini yanada chuqurrok anglashga, uning yutuqlaridan inson salomatligi uchun samaraliroq foydalanishga, odamlar turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilib kelmokda. Ilg‘or meditsina texnikasining rivojlanishi esa xalq salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni davolash borasida

beqiyos o‘z samarasini ko‘rsatmokda. Lekin ayrim hollarda fan-texnika

taraqqiyoti mehnatkashlar umrining zavoliga aylanmokda. Masalan: bundan birnecha o‘n yillar hisob-kitobiga qaraganda Er kurrasida yiliga neft yoqilgi sifatida ishlatilgan. Bular havoga 200 mln tonna is gazi (SO), millionlab tonna benzin bug‘i va boshqa birqancha zararli moddalarni, gazlarni chiqarib tashlab havoni, atmosferani zararlantirib, ekologik holatni yomonlashtiradi.

AQSH sanoat dudburonlaridan kuniga 100 ming tonnalab zaharli sulfid angidridi chiqib, xavoni zaharlaydi. Suv havzalariga 600 mld kubdan ziyod tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqova suvlar chiqarib tashlanadi. Atrof muhitni yiliga 500 mln tonnadan ziyod sintetik moddalarning qoldiqlari ham ifloslantiradi.

Millionlarcha avtomobil, traktor, samalyot, teplovoz va boshqalarda

dvigatellari havodagi mavjud kislorodni «eb» evaziga is gazi va boshqa

gazlar bilan ifloslantirmoqdalar. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki,

yiliga atmosfera havosiga 220 mln. tonna zararli omillar singib ketadi. Atmosferaning ifloslanishida transport vositalaridan chiqqan

zaharli moddalarning 40%—ti, 20%—ti yoqilg‘ilar yonishi, 15%—ti

ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq, 25% —ti esa boshqa manba’larni

tashkil qiladi.

1900 yili dunyo bo‘yicha 110 mln.ta avtomobil bo‘lgan bo‘lsa, 1973 yilda —260 milliontaga etgan, 2000 yilda esa 7— 12 martaga oshishi tahminan 2.600.000.000 ga etishi aytilgan. Ma’lumki chorak mld avtomobil butun insoniyatni 1 yil yashashi uchun etadigan kislorodni «eb» tugatadi.

Inson 1 soat ichida havodan 23 litr kislorod olib, atmosferaga 20

litr karbonat angidridi chiqaradi. Demak, er yuzidagi aholi atmosferadan 664 trillion 736 milliard litr kislorod olib 559

trillion 640 mld litr karbonad angidridi chiqaradi. YAshil daraxtlarning karbonat angidridi olib 0 2 chiqarishini hisobga olinsa, hozirgi kunda ulardan soni keskin kamayib ketmokda. Masalan AQSHda dastlab 170 mln gektar yam-yashil o‘rmonlar bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda 7 — 8 mln gektarni tashkil qiladi. SHuning uchun ham Angliyaning o‘zida havoning ifloslanishi oqibatida har yili bronxit xastaligidan 30 ming kishi nobud bo‘lib, 20 mln ish kuni yo‘qotiladi. Sanoati keng rivojlangan Barselona, Marsel, Neapol, Afina Iskandariya kabi shaharlardan sanoat va okava suvlari hechkanday zararsizlantirmasdan to‘gridan tugri dengizga oqiziladi. Tokio, Detroyt, Nyu-Iork, Glazgo va boshqa shular kabi shaharlarda aholi kislorod tanqisligiga duchor bo‘lmokda.

Har yili 400000 kvadrat kilometr er o‘zlashtirilmokda va qishloq

xo‘jaligi uchun ko‘plab ximiyaviy moddalar ishlab chiqilmoqsa. Masalan:

1972 yili atrof muhitda 2 mln hil ximiyaviy modda bo‘lib, har yili 250

mingga yaqin yangi ximiyaviy modda sintez qilinmokda. Bulardan 500



xilini turli mamlakatlar sotib oladilar. 1985 yilga kelib esa, 250 mln tonna ximiyaviy moddalar ishlab chiqarildi. DDT ning 25 yillik ishlatilishi natijasida uning 2/3 qismi tuproq mag‘zida qolgan. Buni qarangki, inson oyog‘i etmagan Antarktidada 2500 tonna DDT tuplanib qolgan. Hozir oq ayiqlar, pingvinlar, tyulenlar jigaridan DDT topilmoka. Tinch okeanda yashovchi baliqlardan 95% —tida DDT va uning hosilalari topilmokda. SHunday ekan bunday atrof muhitning borgan sari yomonlashishiga qarshi inson va barcha davlatlar er yuzidagi ekologik holatni yaxshilash uchun tinimsiz harakat qilmog‘i darkor.
Savol va topshiriqlar

  1. Qanday ekologik muammolarni bilasiz?

  2. Inson salomatligiga tasir qiluvchi tashqi muxit omillari

  3. Insoniyatning tabi’atga etkazgan zararli oqibatlari.

Download 26.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling