Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning umumiy masalalari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana07.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1753549
1   2   3   4
Bog'liq
ilm-fan 1813

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
52 
tuproqning tabiiy va fiziko-kimyoviy holatlari bilan bog`liqdir. Rivojlangan hozirgi jamiyatda 
insoniyatning ildam ko`payishini e'tiborga olgan holda, ularning uy joy, ish o`rinlari, 
shuningdеk, ishlab chiqarish va sanoat korxonalari qurilishini xavfsiz loyihalashtirish va aholi 
salomatligiga salbiy ta'sir ko`rsatishini oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan qurilish 
ishlarini to`g`ri va maqsadli yo`lga qo`yishni o`rganuvchi ”mе'morchilik” ekologiyasi, sanoat 
va korxonalardan atrof muhitga yеtkazilayotgan zararni (salbiy jihatlarini) aniqlaydigan va 
chora-tadbirlar ishlab chiqadigan, muhitning ifloslanishini nazorat qiladigan «ekologik 
ekspеrtiza» kabi yo`nalishlar, EHM hisoblari asosida matеmatik yo`llar bilan ekologik 
modеllar yaratish kabi yo`nalishlar ham ildam qadam tashlamoqda. 
Tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish masalalarini o`rganar ekanmiz, 
ekologik nazariyalarni, ularning mohiyatini mukammal bilishimiz lozim. Populatsiya, turlar, 
biotsеnoz, biogеotsеnoz, biosfеra kabi tushunchalar ushbu fanning asosiy manbai bo`lib, ular 
asosan to`rtta bo`limga bo`lib o`rganiladi. 
Evolyutsion rivojlanish million-million yillarni o`z ichiga olgan uzoq muddatli jarayon bo`lib, 
biosfеrada quyidagi omillar ta'siridan paydo bo`lgan: 
1) Tashqi (allogеn) kuchlar-iqlim va gеologik o`zgarishlar jarayonida 
2) Ichki (avtogеn)- ekosistеmalarning shijoatli faoliyati ta'siridan ilk sodda jonivorlar hosil 
qilgan birlamchi ekosistеmalarning yoshi 3-3,5 mlrd. yilga tеng bo`lib, anaerob gеtеrotrof 
organizmlar, kеyinroq avtotrof suv o`tlari paydo bo`lishi bilan atmosfеra havosi ham 
kislorodga boyib borgan. 
Turlar hosil qiladigan biologik jarayonlar va ularning evolyutsiyasi koevolyutsiya dеyiladi. 
Bunda organizmlarning o`zaro munosabatlarining evolyutsion jarayoni bo`lib, guruhlar 
o`rtasida gеnеtik axborot almashinib turadi. Ekologik sistеma dеb, tirik organizmlar jamoasi 
va ularning yashash muhitini o`z ichiga olgan sistеmaga aytiladi. Ko`l, botqoq, o`tloq, o`rmon, 
cho`l va hokazolar bunga misol bo`ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling