Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillar


Download 370.03 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi370.03 Kb.
#1155284
  1   2   3
Bog'liq
Презентация E

TABIATNING SOG‘LOMLASHTIRUVCHI KUCHLARI VA GIGIYENIK OMILLAR

Tuzuvchi:Ummatov Elbek

TABIATNING SOG‘LOMLASHTIRUVCHI KUCHLARI VA GIGIYENIK OMILLAR

Jismoniy tarbiya jarayonida havo, quyosh nuri, suv tabiatning sog‘lomlashtaruvchi kuchlaridan vosita sifatida foydalaniladi. Insonning moddiy va ma‘naviy hayot sharoiti, turmushi davomidagi moddiy ne‘mat yaratish, yashashi jarayoni tashqi muxitning har xil holatiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunga ko‘nikish, unga tayyor bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in‘omi havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustaxkamlashning asosiy vositasi, deb qaraladi.

Jismoniy tarbiya jarayoni mashg’ulotlari ochiq havoda, quyosh nurida va boshqalardan ijobiy foydalanish bilan tashkillansa, jismoniy mashqlarning samaradorligi ortadi. Quyosh nuri, havoning namligi yoki quruqligi, suv-yomg’ir ostida mashqlanish, mehnat qilish, shug’ullanuvchi organizmiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Faqat jismoniy yuklamaning ortishi yoki kamayishi bilangina emas, organizmda kechadigan modda almashinuvi va boshqa funktsional almashinuvlarga ta’sir qilishi amalda isbotlangan.

Cho’milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug’I organizmni tabiatning yoki tashqi muhitning zararli oqibatlariga bardoshlilikka o’rgatash jismoniy tarbiya jarayonini tashkillashda jonajon diyorimizning geografik, ijtimiy va ekologik holatining turli xilligini xisobga olishning hozirgi kundagi ahamiyati e’tiborga loyiq.

Afsuski, hozirgacha barcha viloyatlar va xududlar uchun tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish muammosi hal qilinmagan. Masalan, quyosh nuri ostida shug’ullanish, suv yoki havo namligi, quruqligidan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha quyosh nurining organizmga ta’siri Buxoroda, Farg’onadagiga nisbatan boshqacha ta’sir kuchiga ega.

Ultrabinafsha nurlarining yetib kelishi va ta’siri qayd qilingan viloyatlarning geografik o’rni, ekologik muxiti biri-biridan farq qiladi, ta’sir kuchi ham turlicha.

  • Yer yuzida yashaydigan barcha tirik organizmlar uchun havo eng asosiy omil hisoblanadi. Inson bir kecha-kunduzda o'rtacha 25 kg havoni nafas organlari orqali oladi. Odam oziq-ovqatsiz besh haftadan ortiq, suvsiz bir hafta yashashi mumkin, lekin havosiz 5 daqiqa ham yashay olmaydi. Shundan ham ko'rinib turibdiki, havo inson hayoti uchun benihoya katta ahamiyatga egadir.Havoning tarkibida o'rtacha 21% atrofida kislorod bo'ladi, ana shu gaz miqdorining kamayib ketishi yoki o'ta yuqori bo'lishi ham turli halokatga olib kelishi mumkin. Tabiatdagi eng buyuk muvozanat Yer sharining barcha hududlarida kislorodning mo'tadillashib turishidadir. Agar kislorodning miqdori 25% ga yetsa, daraxtlar va yog'och mahsulotlari yong'inda ham yona boshlaydi yoki uning miqdori 10% ga tushib qolsa hech qanday olov yoqishning imkoniyati bo'lmaydi. Atmosfera havosini kislorod bilan ta'minlab turuvchi asosiy omil bu o'simliklar olami, o'rmonlar hisoblanadi. Masalan, Janubiy Amerikadagi Amazonka chakalakzor o'rmonlari yer yuzining "o'pkasi" deb baholangan.Havo tarkibida 78,09% azot moddasi bo'lib, azot hayotning asosini tashkil etadi. bu ham tiriklik uchun o'ta zarur elementlardan biri hisoblanadi. Havodagi karbonat angidrid gazi 0,03% atrofida bo'lib, bu ham, o'z navbatida, fotosintez jaroyoni uchun

Download 370.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling