Tabiatshunoslik darslarida o'quv


Download 155.05 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi155.05 Kb.
#1547421
1   2
Bog'liq
tabiatshunoslik darslarida o\'quv vositalari multimedia tarqatma va didktik materiallar referat

Psixologik talablar. Tabiatshunoslik darsining reja va konspektini tu­za turib, o`qituvchi har bir o`quvchining psixologik xususiyatlarini:
- uning tafakkur tipini (ijodiymi yoki yo`qmi);
- xotira turini (ixtiyoriy yoki beixtiyoriy);
- tanib olish, eslash, yod olish, fikrlarni tiklash o`quvlarini;
- diqqatning mavjudligini (o`rganilayotgan narsaga fikrlarini to`plash qobiliyatini), xayolini (ijodiy qobiliyatini), irodasini (o`z oldiga uzoq va yaqin maqsadlar qo`ya olishi va ularga erisha bilishini), milliy faolligini hisobga olishi kerak.



O`quvchilarning tabiatga bo`lgan munosabatiga ularning psixologik holati ham ta`sir ko`rsatadi, bunday psixologik holat ekskursiyalar, kuzatishlar, amaliy ishlar, o`qituvchining hayajonli hikoyalari vaqtida vujudga keladi. Shunga ko`ra o`quvchilar shaxsiga ta`sir ko`rsatish, ularni bajargan ishlaridan idrokiy xursandchilik va qanoatlanish beruvchi o`quv faoliyatiga jalb qilish — darsda o`qituvchi faoliyatining zarur tomonidir.
Topshiriqlarning (kollektsiya, gerbariy, maket va shu kabilarni tayyorlash) bajarilishini aniq sinchiklab va o`z vaqtida nazorat qila borib, o`qituvchi talabchan, ammo xayrihoh va adolatli bo`lishi, bola shaxsini hurmat qilishi kerak.
SHuni hisobga olish kerakki, o`qituvchining psixo­logik holati darhol o`quvchilarga ta`sir ko`rsatadi. O`qituvchining kayfiyati, uning saranjomli, e`tiborli bo`lishi yoki aksincha serzarda, parishonxotir bo`lishi bolalarga beriladi. Shunga ko`ra pedagogik odobga rioya qilish — darsning pedagogik muvaffakiyatini ta`minlovchi muhim talablardan biridir.
Gigienik talablar. Sinfda tegishli harorat tartibiga, yoritish normasiga va boshqa gigienik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning uchun xam o`qituvchi ularga rioya qilinishini kuzatib borishi, bolalarning na jismoniy, na aqliy jihatdan charchab qolmasliklariga erishishi kerak.
Xulosa
Aqliy jihatdan charchashni oldini olish uchun o`quv ishidagi bir xillikdan, bayonni bir ohangda bo`lishidan extiyot bo`lish, nazariy materialni har xil sezgi organlarini ishga jalb qilish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borishi kerak. Fikrlash faoliyatining kuchlanishini talab qiluvchi topshiriqlar ko`rgazmali qurol, tarqatma materiallarni ishlatish bilan, darslik bo`yicha murakkab bo`lmagan topshiriq va mashqlarni bajarish bilan almashinishi kerak.
Tabiatshunoslik darslarining samaradorligini oshirish uchun unga tayyorlanishda uning tashkiliy tuzilishini, strukturasini aniq o`ylab olish, amaliy topshiriqlarni (o`quv-tajriba uchastkasida, tirik tabiat burchagida, hayvonlarni parvarish qilganidan yoki ular bilan o`ynagandan keyin) bajarishda shaxsiy gi­giena masalalariga alohida e`tibor berish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Belskaya Ye.M., Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. 3-sinf. T., 2003.

  2. Belskaya Ye.M., Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. 4-sinf. T., 2003.

  3. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. T., 1992.

  4. Grigoryans A.G. Atrofimizdagi olam. (1-sinf darsligi). T., 2006.

  5. Grigoryans A.G. Atrofimizdagi olam. (2-sinf darsligi). T., 2005.

  6. Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik (3-sinf darsligi). T., 2005.

  7. Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik (4-sinf darsligi). T., 2003.

  8. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi. T., 2005.

  9. http://ziyonet.uz

Download 155.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling