Tabiatshunoslik o'qitishning didaktik tamoyillari o'rganish va tahlil qilish

Download 89.5 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1288732
Bog'liq
Tabiatshunoslik o\'qitishning didaktik tamoyillari o\'rganish va tahlil qilish

Tabiatshunoslik o'qitishning didaktik tamoyillari o'rganish va tahlil qilish

Reja:

1. Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati.
2. Bilimlarni o`zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili.
3. O`quv materialining ilmiy va tushunarli bo`lish tamoyili.
4. O`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lash tamoyili.

Hozirgi zamon pedagogikasida o`qituvchining faoliyati hamda o`quvchilar bilish faoliyatining xarakteri didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida tabiatshunoslikni o`qitishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar keltirildi.
O`qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o`qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o`quv fanlarini o`qitish qat`iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o`rganadilar.
Muntazamlilik va izchillik tamoyili o`quv jarayonining hamma bo`g`inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o`z aksini topadi. O`quv dasturida nazariy va Amaliy mashg`ulotlarning bir-biriga uzviy bog`lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o`quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim.
Tabiat haqida juda ko`plab ma`lumotlardan kichik yoshdagi maktab o`quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlarni, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, jonajon o`lka tabiatini va boshqalarni ochib beruvchi, ta`lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o`quv materiali tanlanadi.
Maktab tabiatshunoslik kursi bu tabiatshunoslik fanining turli sohalarini qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialni bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, kichik yoshli maktab o`quvchilarining tabiat to`g`risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi va ular o`rtasidagi bog`lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy ob`ektlar bilan, keyin esa murakkabrog`i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o`qitishda muntazamlilik printsipi amalga oshiriladi.
O`qitishning muntazamliligi, ya`ni tizimliligi bilimni bayon qilishda muayyan sistemaga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog`lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini, jumladan nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatishlar va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o`yinlar (bu boshlang`ich sinflardagi o`qitish uchun xarakterlidir) bilan; atrofdan hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarishga ekskursiyalar) bilan; mehnat ta`limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktab oldi uchastkasidagi ish va unumli mehnat bilan bog`lanishini nazarda tutadi.
Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o`quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi va rivojlanishi, shuningdek mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o`quv materialining tushunarli bo`lishi bilan belgilanadi. Chunonchi:
maktab tabiatshunoslik kursi jonsiz tabiatdagi o`simlik va hayvonlar hayotidagi, odamlar mehnatidagi mavsumiy o`zgarishlarni (1—2 sinflar);
jonajon o`lka tabiati­ni, odam organizmi va uning salomatligini (3-sinf);
Vatanimiz tabiatini, undan foydalanish va uni muhofaza qilishni (4-sinf) aks ettiruvchi materialni Izchillik bilan o`rganishni talab qiladi.
Bu mavzular biologiya, geografiya, ekologiya, odam anatomiyasi, sanitariya va gigiena bo`yicha oddiy (elementar) ma`lumotlarni beradi.
O`quv materialini ilmiy va tushunarli bo`lish qoidasi
Ilmiylik tamoyili o`quvchilarga o`rganish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko`rilgan ma`lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlari va kashfiyotlardan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o`tiladigan o`quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo`lishi va o`quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda o`quvchining ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o`qituvchi o`z ilmiy saviyasini oshirib borishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo`lishi kerak. O`quvchilar o`rganayotgan bilimlar nazariy jihatdan tasdiqlangan va malda sinalgan bo`lishi lozim.
Tushunarli bo`lish tamoyili o`rganilayotgan materialning mazmuni, hajmi va o`qitish metodlari o`quvchilarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo`lishini talab etadi. O`qitishni tushunarli qilish degani uni oson qilish lozimligini bildirmaydi. O`qitishning tushunarliligi o`quvchi imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta`lim jarayonining borishida o`quvchilar oldiga qo`yiladigan o`quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish o`quvchilarning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O`quv materialining mazmuni shunday tanlanishi va tuzilishi kerakki, o`quvchilar uni o`zlarining oldingi bilimlari bilan bog`lay oladigan va uni tushunishda qiynalishmasin.
Uzoq vaqtlar boshlang`ich sinflarda tabiatshunoslikni mustaqil o`quv predmeti sifatida o`qitilishi yetarli darajada qadrlanmadi. U goho tabiiyot nomi bilan saqlanib keldi, goho predmetli darslar va izohli o`qish bilan almashtirildi. 60-yillardan boshlab tabiatshunoslik mustaqil predmet sifatida o`qitilmoqda. Hozirgi vaqtda maktab tabiatshunoslik kursining mazmuni zamonaviy fan taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladi. Tabiatshunoslik dasturi o`lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan, boshlang`ich maktabdagi tabiatshunoslik ta`limining mazmuni esa botanika, zoologiya, ekologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, jug`rofiya fanlarining hozirgi taraqqiyotiga muvofiq keltirilgan.
Tabiatshunoslikni o`qitishda ilmiylik qoidasi: hozirgi zamon fanida qat`iy qaror topgan qoidalarni o`quvchilarga o`zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo`yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta`minlash uchun kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma`lumotlarni tanlab olish kerak. O`quvchilarning idrok qila olish imkoniyatlari jismoniy kuch va aqliy kuchlanish talab qiluvchi o`quv mavzulari va amaliy masalalarni izchillik bilan murakkablashib borishi jarayonida kengayib boradi. Qiyinchilik xarakterini to`g`ri aniqlash o`quvchilarning idrok qilish imkoniyatlarini kengayib borishiga, o`quv materialini izchillik bilan murakkablashib borishiga yordam beruvchi metodik variantni tanlab olishga imkon beradi. Bu o`quvchilarning aqliy taraqqiyotini asta-sekin ko`tarilishiga va ilmiy bilimlarni chuqurroq o`zlashtirib olinishiga imkon beradi.
O`quv materialining ilmiyliligi tushunarli bo`lish bilan uyg`unlashishi kerak. Bunga uni o`quvchilarning akliy va ruhiy rivojlanishiga, shuningdek ularning tayyorgarligiga moslashtirish bilan erishiladi. Tabiiyotshunoslik materiallari mazmunining tushunarliligi kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida o`qishga qiziqish uyg`otadi, aqlga ozuqa beradi, mantiqiy fikrlashga, taqqoslash va xulosalar chiqarish, amaliy masalalarni yechishga majbur qiladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog`lash
Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo`lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog`langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularning mazmunini o`zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni amalda qo`llay bilish ham zarur.
O`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish jarayonida boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va mamaliy mashg`ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg`ulotlarda o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar hamda ularda anna shu bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalari va malakalari hosil bo`ladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog`lash o`quvchilarni ama­liy masalalarni hal qilishda nazariyaning ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu uning o`zlashtirish sifatini ko`taradi. Bu qoida mehnat ta`limi va o`quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O`qitishda nazariya bilan amaliyotning bog`lanish xarakteri o`quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Tabiatshunoslikda nazariy bilimlar o`quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o`zlashtirib olinadi. Bunda amaliyot o`quvchilarni nazariyani o`zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, «Tabiatda bahor» mavzusida (3-sinf) uni o`rganish bo`yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar zichligining ta`sirini aniqlash uchun urug`lar ekish), keyin esa mavzuni o`rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma`qul bo`ladi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyani amaliyot bilan bog`lanishini amalga oshirishga maktab yoki jamoa xo`jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar va shuningdek «G`o`za», «Poliz ekinlari», «G`alla ekinlari», «Sezgi organlari», «Yurak va qon» mavzulari (3-sinf) bo`yicha amaliy ishlar o`tkazilishi yordam berishi mumkin.
O`quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o`simliklarni ekish va ko`paytirish), shuningdek o`simliklarning suvga, issiqlikka, yorug`likka ehtiyojini (piyoz va balzaminni o`stirish misolida — 2-sinf), gul manzarali o`simliklarining o`sishi va rivojlanishiga organik va mineral o`g`itlarning ta`sirini (3-sinf); pomidorning pishishi va hosildorligiga bachkilarning ko`chirib o`tqazilishining ta`sirini aniqlash bo`yicha tajribalar (4-sinf) o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan o`quv-tajriba uchastkasidagi mehnat jarayonida nazariya bilan amaliyot bog`lanishi yaxshi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog`lanishini amalga oshirib borishda shuni esda tutish kerakki, o`quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o`zlashtirib olishga bo`lgan intilishlarini bo`shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday ob`ekt va tajribalarni tanlash kerakki, ular nazariy qoidalarni tasdiqlash va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Tabiatshunoslikni o`qitishda nazariyani amaliyot bilan bog`lanishi uning barcha bosqichlarida amalga oshirilmog`i va nazariy bilimlarning chuqurlashishiga va amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O`rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar, amaliy mashg`ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnatdan foydalanilishi mumkin. Tajriba va laboratoriyalar o`quvchilar amaliy faoliyatining muhim bosqichi bo`lib, ular egallab olgan nazariy bilimlari asosida ko`nikmalar va malaklar hosil qiladilar. Shu bilan birga nazariy bilim to`ldirilib va aniqlashtirilib boriladi. O`qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o`qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o`quv fanlarini o`qitish qat`iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o`rganadilar.

Tabiatshunoslikni o`qitishda ilmiylik qoidasi: hozirgi zamon fanida qat`iy qaror topgan qoidalarni o`quvchilarga o`zlashtirish uchun taklif qilinishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik bo`yicha ilmiy bilimlarning egallab olinishini ta`minlash uchun kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining idrok qila olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eng muhim ilmiy ma`lumotlarni tanlab olish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Belskaya Ye.M., Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. 3-sinf. T., 2003.

  2. Belskaya Ye.M., Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. 4-sinf. T., 2003.

  3. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o`qitish. T., 1992.

  4. Grigoryans A.G. Atrofimizdagi olam. (1-sinf darsligi). T., 2006.

  5. Grigoryans A.G. Atrofimizdagi olam. (2-sinf darsligi). T., 2005.

  6. Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik (3-sinf darsligi). T., 2005.

  7. Grigoryans A.G. va boshqalar. Tabiatshunoslik (4-sinf darsligi). T., 2003.

  8. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi. T., 2005.

  9. http://ziyonet.uz

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling