Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasining predmeti, maqsad, vazifalari


Download 24.75 Kb.
bet3/4
Sana07.01.2023
Hajmi24.75 Kb.
#1083516
1   2   3   4
Bog'liq
20-ma\'ruza

Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiynazariy bilimlarni berish.
2. Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanini ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish.
3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya haqida bilim berish.
4. Talabalarni o'quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil qilishga o'rgatish.
5. Talabalarni tabiatshunoslikni o'qitishning turli uslublari va yo'llari bilan tanishtirish.
6. Talabalarda mazkur fandan o'qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, zarur ko'rgazmali qurollarni to'g'ri tanlash rnalakalarini hosil qilish.
7. Tabiatshunoslik muammolariga bag'ishlangan maqolalar, adabiyotlarga taqriz, annotatsiya yozishga o'rgatish.
8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatdan to'g'ri tahlil qilishga o'rgatish.
9. Fanlararo aloqalar va ta'limtarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari uchun ishlanmalar, rejakonspektlar tuzishga tayyorlash.
10. Maktabda tabiatshunoslik darslarini o'tishda ekologik va tabiatni muhofaza qilish jihatlarini ko'ra bilishga o'rgatish.
11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o'rab turgan tabiat bilan aloqalariga bag'ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish, shuningdek, tabiatga oid aforizm, ruboiy va she'rlardan tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o'rgatish.
Bundan tashqari, tabiatshunoslik o'qitish metodikasining umumpedagogik va o'ziga xos metodlari, darsni to'g'ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o'rganish kabi masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu metodikani yaxshi bilish jarayoni hisoblanadi.
Metodika o'qituvchi tomonidan o'quv materialni o'qitishning muvofiq (ratsional) ravishdagi metod va vositalari o'quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashi hamda kelajakda hayotda qo'llay olishi o'quvchilar uchun retseptlar va nasihatlar majmuasi bo'libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, tabiat­shunoslik o'qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan. Metodika o'quv fanining mazmuni, ta'lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini ko'rib chiqadi. Metodikaning bu bo'limlari bir butun bo'lganligi uchun bir-birini to'ldiradi.
O'quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo'llanmalar) metodika asosida belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o'rganish, nimani va qanday o'qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi.
Tabiatshunoslik fanini o'qitilishining to'g'ri yo'lga qo'yilishi uchun maxsus o'quv moddiy bazaga, ya'ni o'quv qurollari bilan jihozlangan xona, tirik tabiat burchagi va o'quvtajriba maydonchasiga ega bo'lishi kerak. Materialni o'ziga xos bo'lishi faqat tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining o'ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi.
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi fanlarni o'qitishga oid masalalarni: o'qitishning g'oyaviy yo'nalganligini, o'qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o'quv ishlarining shakllari o'rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yaxlitHgini hamda rivqjlanishini ko'rib chiqadi.
O'qitish tizimi o'quvchilar bilimining puxta bo'lishi va ongiga yetib borishini ta'minlaydi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi barcha predmetlar uchun umumiy tamoyillarga ega bolgan didaktik va tarbiya jihatidan pedagogika bilan chambarchas bog'langan. Maktabda ta'limtarbiyajarayoni amalga oshiriladi va o'rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o'qitish metodlari barcha shakllardagi butun ta'lim jarayonini, o'qituvchi shaxsining o'zi, uning fanga fidoyiligini ham tarbiyalaydi.
Metodikani didaktik yo'l bilan pedagogikaga bevosita bog'lay turib, bular o'rtasidagi tafovutlarni ham hisobga olish kerak. Didaktika pedagogikaning barcha maktab predmetlari uchun umumiy bo'lgan ta'lim nazariyasi va o'qitish tamoyillarini ishlab chiqadigan bir tarmoqdir. Mustaqil ilmiy predmet sifatida qaror topgan tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi tabiat fanlarini o'qitishning o'ziga xosligi bilan taqozo qilingan ta'lim va tarbiyaning mazmuni, shakllari va metodlari to'g'risidagi nazariy hamda amaliy muammolarini ishlab chiqadi.
Darhaqiqat, pedagogik fan sifatida tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi didaktika bilan bog'langan. Faqat ta'lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi hamda vazifalariga asoslangandagina maktab tabiatshunoslik fanini to'g'ri tuzish, boshlang'ich va undan keying! sinflar o'quv predmetlari tizimida uning o'rni va rolini aniqlash mumkin bo'ladi.
O'quv materialini tanlash va uni sinflar bo'yicha taqsimlashga bolgan talablar didaktik tamoyillar bilan izohlanadi, ular fanga xos metodik masalalarni hal qilishda, o'qitish metodlarini tanlashda, shuningdek, o'quvchilarning o'quv faoliyatlarini har xil ko'rinish va shakllarda tashkil qilishda ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o'quvchi psixologiyasini, yoshi va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to'g'ri tanlash mumkin.
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi pedagogikada qo'llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi -melodist maktabda tabiatshunoslikni o'qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o'rta­sidagi qonuniy bog'lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to'g'riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o'qitish tamoyillarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir.
Hozirgi kunda
Download 24.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling