Tabiatshunoslikni o'qitishda plan, xarita, globuslar, ekran vositalari bilan ishlas metodlari annatssiya


Download 1.32 Mb.
bet1/4
Sana20.08.2020
Hajmi1.32 Mb.
#127104
  1   2   3   4

TABIATSHUNOSLIKNI O'QITISHDA PLAN, XARITA, GLOBUSLAR, EKRAN VOSITALARI BILAN ISHLAS METODLARI
ANNATSSIYA

Tabiatshunoslik darslarida bumerang texnolagiyasidan foydalanish usullari. Ko’rgazmali metodlarning tabiatshunoslik darslaridagi ahamiyati. Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Suratlar bilan ishlash metodikasi. Kuzatish turlari: qisqa muddatli kuzatishlar va uzoq muddatli kuzatishlar. Kuzatish kundaligi bilan ishlash metodikasi.


Kirish

Asosiy qism

1. Ta’limning interfaol metodlaridan foydalanish

2. Darslarda qo’llaniladigan ish turlari va metodlari

3. Er quyosh –sistemasidagi sayyoralar mavzusidagi dars ishlanmasida pedagogic texnologiyani qo`llash usullari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH

«Tabiatshunoslik» o’quv fanining maqsadi o’quvchilarda atrofimizni o’rab turgan tabiat, undagi havo, suv, foydali qazilmalar, o’simliklar, hayvonlar, ularning o’zaro bog’liqligi, tabiatni asrash, tabiatning oliy mavjudoti – odam tanasining tuzilishi va salomatligini saqlashga oid bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda kengaytirish, o’lkamiz tabiati bilan tanishtirish orqali ona-Vatanimiz tabiatiga mehr uyg’otishdan iborat.

4- sinfda ham ob-havoni kuzatiladi va natijalarni «Kundalik kuzatish daftari»ga qayd etib boriladi. Kuzatish olib borish bo’yicha vazifalar jonli va jonsiz tabiatni o’rab turgan obektlar, tabiatdagi organizmlarning o’zaro aloqasi haqidagi umumiy tushunchalarni shakllantiradi.

Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarni kishilar mehnatini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga, mehnatga muhabbat uyg’otishga alohida e’tibor beriladi.

Tabiatshunoslik fanini o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi.

Har bir darsning taxminiy rejasi quyidagicha bo’ladi:

1. Tashkiliy qism (3 minut).

2. Uy vazifasini so’rash va tekshirish (12 minut).

3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).

4. Yangi mavzuni mustahkamlash (7 minut).

5. Uyga vazifa berish (3 minut).

O’quv yili davomida to’rt marta nazorat ishi o’tkaziladi. Ularni har bir chorakning so’nggi darsida yoki so’nggi darsdan bitta oldingi darsda o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Darsning «Tashkiliy qismi»da o’quvchilarning davomati, ularning darsga tayyorligi tekshiriladi. Dars jihozlari o’quvchilarga ko’rinadigan joyga osiladi yoki qo’yiladi.

Darsning «Uy vazifalarini so’rash va tekshirish» qismida o’quvchilarga berilgan topshiriqlar tekshiriladi, o’tilgan mavzu so’raladi. Uy vazifalarini so’rash savol-javob asosida yoki interfaol metodlarni qo’llash orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Darsning «Yangi mavzuning bayoni» qismida yangi mavzu batafsil bayon qilinadi. Bunda darslikda keltirilgan matndan tashqari shu mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlar ham beriladi. Har bir ma’lumot amaliyot bilan bog’lab berilishi muhimdir. Darslikda amaliy ish keltirilgan bo’lsa, uni bajariladi. o’qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda turli jihozlardan foydalanishga harakat qilishi lozim. Bu esa o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga katta yordam beradi. Yangi mavzuni bayon qilishda interfaol metodlardan ham foydalanish tavsiya etiladi.

Darsning «Yangi mavzuni mustahkamlash» qismida yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan qisqacha savol-javob o’tkaziladi. Mavzuning o’quvchilar tushunishi qiyin bo’lgan joylari aniqlanib, bu joylari misollar yordamida tushuntirib beriladi. Yangi mavzuni mustahkamlashda interfaol metodlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Bunday holda darsning boshqa qismlarga ajratilgan vaqt hisobidan «Yangi mavzuni mustahkamlash» qismiga ajratilgan vaqtni 10–15 minutga oshirish mumkin.

Darsning «Uyga vazifa berish» qismida o’quv-chilarga uyga vazifalar beriladi, topshiriqlarni qanday bajarish tushuntiriladi.

Dasrlikning har bir mavzuyi yakunida tayanch so’zlar keltirilgan. o’quvchilar tomonidan bu tayanch so’zlarning har biri o’zlashtirib olinishiga alohida e’tibor beriladi.

1. TA’LIMNING INTERFAOT. METODLARIDAN FOYDALANISH


  • sinf muhitini o`zgartiradi;

  • mavzu qanday o`rganilishi kerakligini belgilab beradi;

  • har bir o`quvchini faollashtiradi.

Bugungi kunda o`qituvchi o`qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va o`quvchini bevosita mustaqil bilim olishga o`rgatmog`i zarur. Bu jarayonda o`qituvchining pedagogik mahorati, uning chuqur bilimi, odob-axloqi muhim rol o`ynaydi.

Hozirgi kunda zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda o`qituvchi mohirlikdan ijodkorlikka intilishi va bu bilan tahlim sohasi rivojiga hissa qo`shmog`i talab etiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo`llashda noanhanaviy dars usullaridan foydalanish orqali iqtidorli o`quvchilarni aniqlash, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarda o`z kuchlariga ishonch hosil qilishlari uchun imkon yaratish, sinfdagi o`quvchilar o`rtasida do`stlik, o`zaro hamkorlik aloqalarini shakllantirishga erishish nazarda tutiladi.

Pedagogik texnologiya – ma`lumotlarni o`zlashtirish uchun qulay shakl va usullardir. Pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad bo`yicha tahsir o`tkazish faoliyati demakdir.

Muammoli o`qitishning asosi – o`quvchilar bilish faolligini rivojlantirishdir.

Muammoli o`qitishni o`z ichiga olgan darslarda o`quvchilarga yangi mahlumotlarni o`zida saqlagan masalalarni hal qilish taklif etiladi, toki ular bilimlarni o`zlashtirish va ularni amalda mustaqil qo`llanish usullarini egallab olsinlar. Muammoli dars quyidagi bosqichlarga bo`linadi: darsda qo`yilgan muammoga o`quvchilarda qiziqish, yangi bilimlar olishga ehtiyoj uyg`otish, uning bilim olish tizimidagi ahamiyatini ko`rsatish.

Tabiatshunoslik 1–2- sinflarda o`qitilgan «Atrofimizdagi olam» kursining davomi hisoblanadi.

Tabiatshunoslik darslarida o`quvchilarni kishilar mehnatini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga, mehnatga muhabbat uyg`otishga alohida e`tibor beriladi.

Tabiatshunoslik fanini o`qitishda o`quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o`rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e`tibor beriladi.



Har bir darsning taxminiy rejasi :



Tashkiliy qism

2 minut



Uyga vazifalarni tekshirish

5 minut



Mustahkamlash

3 minut



Yangi mavzu bayoni.

10 minut



Yangi mavzuni mustahkamlash

20 minut



Baholash

3 minut



Uyga vazifa berish

2 minut

4-sinfda o`qitiladigan «Tabiatshunoslik» o`quv fanining maqsadi

Tabiatshunoslik fani 3–4-sinflarda o‘rganiladi. Tabiatshunoslik tabiiy-ilmiy o‘quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va asrash bo‘yicha odamlarining mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o‘quvchilarning amaliy o‘quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o‘z yurtiga muhabbat uyg‘otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan.

Tabiatshunoslik 1-2-sinflarda o‘qitilgan “Atrofimizdagi olam” kursining davomi hisoblanadi. O‘quvchilarga tushunarli ravishda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik va ziddiyatlar o‘rgatiladi.

O‘quvchilar insonlar oldida turgan aniq ekologik muammolarni biladilar. Bunday muammolarga jonsiz tabiatni va tu’roqni ifloslanishdan, yemirilish va kuchsizlanishdan saqlash; turli tirik mavjudotlar va ularning vakillarini saqlash; insonlar sog‘ligini saqlashda tabiatni asrash kiradi.

Tabiatshunoslikni o‘qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash, e’zozlash hissini shakllantiradi. O‘quvchilar tabiatni e’zozlash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. O‘quvchilarga o‘lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang‘ich bilimlar berish; sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish; tabiatdan foydalanish va uni asrash bo‘yicha inson faoliyati bilan tanishtirish; tabiatni asrash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish; o‘quvchilarni tabiatni e’zozlash ruhida tarbiyalash tabiatshunoslik kursini o‘qitishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Bolalarni o‘quv dasturi bo‘linmalariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1–2-sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko‘‘ yoqlama bilish qator aloqalarni tushunishga va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta’lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiashunoslik insonning tabiatga ta’siri bilan tanishtirishni o‘z oldiga muhim vazifa qilib qo‘yadi.

4-sinf tabiatshunoslik fanida quyidagi mavzular o‘rganiladi: “Kirish”, “Yer  Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligi”, “O‘zbekiston xaritasi yonida”, “Vatanimiz bo‘ylab sayohat”.

“Kirish” mavzusida, birinchi sinfdan uchinchi sinfgacha olingan “Atrofimizdagi olam” haqidagi bilimlar umumlashtiriladi.

“YerQuyosh sistemasidagi sayyora” bo‘limi o‘z ichiga “Yulduzlar”, “Quyosh – eng yaqin yulduz”, “Quyosh sistemasidagi sayyoralar”, “Asteroidlar”, “Kometalar,” “Meteorlar”, “Globus – Yerning kichraytirgan shakli”, “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Kun bilan tun”, “Yil fasllarining almashinishi”, “Yerda yorug‘lik va issiqlikning taqsimlanishi”, “Oy–Yerning yo‘ldoshi” kabi mavzularni olgan. Ushbu mavzularni o‘tishda yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar, kometalar, meteorlar haqida tushunchaga ega bo‘lishi bilan birga Yer sharining tuzilishi, materik va okeanlarning joylashuvi, O‘zbekistonning globus va yarim shar xaritalarida joylashgan o‘rni bilan tanishiladi. O‘quvchilar quyosh nuri tushadigan yer yuzasi mintaqalari bilan tanishadilar, ularning joylashuvi haqida xabar to’adi, ob-havo haqida oddiy tasavvurga ega bo‘ladi. Ular 1-sinfdan buyon ob-havoni kuzatish daftarlari “iqlim” tushunchasining mohiyatini anglashga yordam beradi. Ammo o‘qituvchi tushuntirayotganda shunga ehtiyot bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar iqlim va ob-havoni bir tushuncha sifatida qorishtirib yubormasin. O‘quvchilar aniq misollar yordamida sayyoramiz ekologik muammolari va imkoniyat qadar yechimlari bilan tanishadilar.

O‘quvchilar yer yuzasining shakllari (tog‘, tekislik va suvli joylar) haqidagi oddiy tushunchalarni 2-sinfda atrofimizdagi olam fanidan olgan edi, aniq tushunchalar esa 4-sinfda tabiatga ekskursiyalar chog‘ida shakllantiriladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari va ekran qo‘llanmalaridan foydalanish yo‘li bilan bu tasavvur va tushunchalar mustahkamlanadi. O‘quvchilar te’alikni tog‘dan, tekislikni o‘rmon-qirlardan ajrata olishlari yer yuzasi shaklini o‘rganish, solishtirish asosida olib borilishi lozim.

Agar imkon bo‘lsa, o‘quvchilar sayohat chog‘ida suv havzalari bilan tanishadilar.

Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchilar xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo‘ladi, uning shartli belgilarini o‘qiydi, yurtimizning joylashgan o‘rnini to’adi, janubdan shimolga tabiat o‘zgarishini tushunadi.

Tabiat mintaqalarini shimoldan janubga emas, balki janubdan shimolga qarab o‘rganish lozim. Bu “yaqindan uzoqqa” qarab o‘rganish ‘rinsi’i bilan bog‘liq. O‘z yurtini o‘rganib, bolalar cho‘l, vodiy zonasida yashashlarini bilib oladi. Cho‘l tabiati va odamlarning undagi mehnati o‘quvchilar kundalik hayotida ko‘radigan holatdir. Shuning uchun o‘quvchilarda o‘z joyi tabiati haqida to‘‘langan bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirish zarur, shundan keyin o‘quvchilarni boshqa tabiat mintaqalari sari yetaklash mumkin. 4-sinf o‘quvchilariga “mintaqa” tushunchasi berilmasligi kerak. Tabiat o‘quvchilarga qiyosiy ‘landa tanishtiriladi, bunda jonli va jonsiz tabiatning omillari, insonlar mehnatiga ta’siri ko‘rsatiladi. Tabiatni janubdan shimolga qarab o‘rganish dasturning o‘lkashunoslik asosi sifatidagi rolini tushunish imkonini beradi: o‘quvchilar o‘z yurtiga boshqa tabiat sharoitlari o‘rtasidagi ahamiyati nuqtai nazaridan qarashni o‘rganadi.

“Foydali qazilmalar”ning 3-sinfda o‘rganilishini hisobga olib, dasturda “O‘zbekistonning foydali qazilmalari” mavzusida o‘lkamizda qazib olinadigan asosiy qazilmalar haqida tushunchalar berilgan.

“Vatanimiz bo‘ylab sayohat” bo‘limi “Vatanimiz chegaralari”, “O‘zbekistonning tabiiy rayonlarga va ma’muriy bo‘linishi”, “Farg‘ona vodiysining tabiati”, “Toshkent viloyatining tabiati”, “Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarining tabiati”, “Samarqand va Buxoro viloyatlarining tabiati”, “Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tabiati”, “Qoraqal’og‘iston Res’ublikasi va Xorazm viloyatining tabiati”, “Tabiatga g‘amxo‘r bo‘ling”, “Qizil kitob” – ogohlik belgisi” kabi mavzulardan tashkil to’gan va shu bo‘lim tabiatshunoslik fanini yakunlaydi. O‘quvchilar olgan bilimlarini umumlashtiradi. Birinchi navbatda tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishda insonning roli ko‘rsatiladi. Inson yerni, tu’roqni, o‘simliklarni, hayvonlarni, suv va havoni asrashi lozim ekanligi eslatiladi. O‘quvchilar O‘zbekiston Res’ublikasining tabiatini asrash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar.

Tabiatni asrash masalasini o‘rganish faqat bu mavzu bilan cheklanib qolmaydi. Bu masala tabiatshunoslik fani uchun asosiy bo‘lib qolaveradi. O‘quvchilar tabiatni asrash zarurligi haqidagi xulosa va umumlashmalarga keladi, bu o‘qituvchiga O‘zbekistonning tabiatni asrash haqidagi qonunni kichik yoshdagi o‘quvchilarning ongiga yetkazish imkonini beradi.

“Ekologiya asoslari” mavzularini o‘rganish jarayonida 3-sinfda olingan ekologiya haqidagi tushuncha va tafakkurlarini nazariy usuldan 4-sinfga kelib turli ko‘rgazmali qurollar orqali amaliy usulga o‘tishi ta’min qilinadi.

Tabiatshunoslik fanini o‘rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o‘rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o‘rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar qilish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o‘tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Bu yuqori ko‘rgazma asosida sinflarda o‘tkaziladigan darslarga ham tegishli. Shuning uchun tabiatshunoslik darslarini o‘tkazishga alohida e’tibor berish zarur.

“O‘zbekiston tabiatini asrash” mayzusini o‘rganishda o‘quvchilar Res’ublikamiz ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar.

O`quv yili davomida to`rt marta nazorat ishi o`tkaziladi. Ularni har bir chorakning so`nggi darsida yoki so`nggi darsdan bitta oldingi darsda o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Darsning «Tashkiliy qismi»da o`quvchilarning davomati, ularning darsga tayyorligi tekshiriladi. Dars jihozlari o`quvchilarga ko`rinadigan joyga osiladi yoki qo`yiladi.

Darsning «Uy vazifalarini so`rash va tekshirish» qismida o`quvchilarga berilgan topshiriqlar tekshiriladi, o`tilgan mavzu so`raladi. Uy vazifalarini so`rash savol-javob asosida yoki interfaol metodlarni qo`llash orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Darsning «Yangi mavzuning bayoni» qismida yangi mavzu batafsil bayon qilinadi. Bunda darslikda keltirilgan matndan tashqari shu mavzuga doir qo`shimcha mahlumotlar ham beriladi. Har bir mahlumot amaliyot bilan bog`lab berilishi muhimdir. Darslikda amaliy ish keltirilgan bo`lsa, uni bajariladi. o`qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda turli jihozlardan foydalanishga harakat qilishi lozim. Bu esa o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini shakllantirishga katta yordam beradi. Yangi mavzuni bayon qilishda interfaol metodlardan ham foydalanish tavsiya etiladi.

Darsning «Yangi mavzuni mustahkamlash» qismida yangi mavzu bo`yicha o`quvchilar bilan qisqacha savol-javob o`tkaziladi. Mavzuning o`quvchilar tushunishi qiyin bo`lgan joylari aniqlanib, bu joylari misollar yordamida tushuntirib beriladi. Yangi mavzuni mustahkamlashda interfaol metodlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Bunday holda darsning boshqa qismlarga ajratilgan vaqt hisobidan «Yangi mavzuni mustahkamlash» qismiga ajratilgan vaqtni 10–15 minutga oshirish mumkin.

Darsning «Uyga vazifa berish» qismida o`quv-chilarga uyga vazifalar beriladi, topshiriqlarni qanday bajarish tushuntiriladi.

Dasrlikning har bir mavzuyi yakunida tayanch so`zlar keltirilgan. o`quvchilar tomonidan bu tayanch so`zlarning har biri o`zlashtirib olinishiga alohida e`tibor beriladi.
2. DARSLARDA QO’LLANILADIGAN ISH TURLARI VA METODLARI

Atrof-tabiat bilan tanishtirish bo’yicha o’tkaziladigan o’quv, tarbiya ishlarida ta’limning turli metodlari qo’llaniladi. Ta’lim metodlari bolalarning ijtimoiy hayot, tabiat haqidagi to’plangan ma’lumotlarni talilil qilish, taqqoslash, muhimlarini ajrata bilish, tartibga solish, umumlashtirish qobiliyatiga qarab tanlanadi.

Atrof olam bilan tanishtirishda o’tkaziladigan mashg’ulotlar darslar tuzilishi, ularning mavzusi va maqsadiga bog’liq.

Agar darslar ekskursiya va tabiatni kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat yoki didaktik o’yinlar bilan bog’liq bo’lsa, 40 – 45 daqiqa davom etadi.

Darslar g’oyaviy, mehnat va axloqiy tarbiya birligi tamoyillari asosida tuziladi.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


YER - QUYOSH SISTEMASIDAGI SAYYORA

Mavzu: YULDUZLAR

Mavzuning qisqacha mazmuni Yulduz, osmon jismi, rasadxona, Quyosh.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Suhbat, mustaqil ishlash.

Shakl: Guruh bilan ishlash.

Jihozlar: Darslik, mavzuga doir plakatlar,

Nazorat: Og‘zaki so‘rov.

Baholash: O`quvchilarning javoblariga qarab baholash.

Darsning maqsadlari

Ta`limiy: Yulduz, osmon jismi, Quyosh va yangi bilimlar bilan boyitiladi;

Tarbiyaviy: Yulduz, Quyosh, osmon jismi haqidagi ko`nikmalarni hosil qilish.

Rivojlantiruvchi: Tabiatdagi o`zora bog`liqlikni va unga to`gri munosabatda bo`lish kerakligini anglatish.

Kutilayotgan natijalar

O`quvchilar tabiatshunoslik darslarida Yulduz, osmon jismi, rasadxona, Quyosh haqida qisqa va tushunarli tarzda ma`lumotlar oladilar.



Dars jarayoni



Dars bosqich

Vaqt



Tashkiliy qism

2 minut



Uyga vazifalarni tekshirish

5 minut



Mustahkamlash

3 minut



Yangi mavzu bayoni.

10 minut



Yangi mavzuni mustahkamlash

20 minut



Baholash

3 minut



Uyga vazifa berish

2 minut

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism.

Salomlashish, navbatchi tomonidan davomatni aniqlash.



II. Bilish daqiqasi.

III. Uyga vazifani so`rash.

3- sinfda o`tilgan mavzularni birma bir yodga olish va takrorlaymiz.



IV. Yangi mavzu bayoni.
YULDUZLAR

Tunlari osmonda son-sanoqsiz yulduzlar ko‘rinadi. Yulduzlar bizga mitti bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida ularning har biri juda ulkan.




YULDUZ bizdan nihoyatda olisda olovdek yonib turgan shar shaklidagi ulkan osmon jismidir.

Yulduzlarning bizdan qanday uzoqlikda ekanligini tasawur qilib ko‘raylik. Ulardan tarqalayotgan nurlar 1 sekundda 300 000 km masofani bosib o‘tadi. Nur- ning tezligi shunday katta bo‘lsa ham, eng yaqin yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi. Ko‘rinib turgan ba’zi yulduzlar nuri bizga yetib kelishi uchun esa 100 yildan ortiq vaqt ketadi.

Agar diqqat bilan kuzatgan bo‘lsangiz, yulduzlar rang- barangdir. Ayrim yulduzlar oqish yoki ko‘kimtir. Ular eng qaynoq yulduzlar hisoblanadi. Bunday yulduzlar sir- tidagi harorat +10 000°C dan +100 000°C gachadir.

Yulduzlar orasida sarg‘ishlari ham bor. Ular sirtidagi harorat +3 000°C dan +10 000°C gacha bo‘ladi.

Ayrim yulduzlar qizg‘ish tusda bo‘ladi. Bunday yulduzlar sirtidagi harorat +2 000°C dan +3 000°C ga- cha bo‘ladi.

Bulutsiz tunda 3 000 taga yaqin yulduzni ko‘ra olishimiz mumkin. Ko‘rinadigan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz yulduzlar mavjud.





Olimlar azaldan yulduzlarni o‘rga- nishga qiziqqanlar. Jumladan, buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) yulduzlarni o‘rganish uchun Samarqandda maxsus inshoot - rasadxona qurdirgan. Rasadxonadagi asboblar yordamida tekshirishlar natijalari asosida yulduzlarning joylashish jadvalini tuzgan. Yulduzlarni o‘rganish natijalarini to‘p- lab, alohida kitob yozib qoldirgan. Mirzo Ulug‘bekning bu kitobida 1 018 ta yulduz haqida yozilgan. Kitobda keltirilgan yulduzlar haqidagi ma’lumotlar hozirda ham katta ahamiyatga ega.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling