Tabiatshunosliknl o’qitish vositalari. Reja
Model ko’rgazmali qurol sifatida
Download 20.96 Kb.
|
Tabiatshunosliknl o’qitish vositalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimni tekshirish uchun savollar
Model ko’rgazmali qurol sifatida. Tabiatshunoslik darslarida modellar ko’rinishidagi hajmli tasvirlar ham keng qo’llaniladi. Model narsa yoki qurilmaning barcha tafsilotlarini takrorlovchi, ularga o’xshash hajmli tasvirdir. Modellarning idrokiy ahamiyati g’oyat katta, chunki ular sathli rasmlardan farq qilib, o’iganilayot-gan narsa to’g’risida fazoviy tasavvur beradi.
Tabiatshunoslik bo’yicha dastur materiali o’zlashtirib olinishi uchun zarur bo’lgan modellarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga Yer yuzasi shakllarining: tog’, tepalik, daiyo vodiy-lari, daryo va uning irmoqlari, o’pirilish, jarlarning geografik modellari kiradi. Bu modellar, agar tasviri ifodalangan predmet ekskuisiyada o’iganilgan bo’lsa, alohida ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi guruhga har xil qurilma va inshootlar: shaxta, domna pechi, suv va shamol harakatlantiruvchilari kabilarning modellari kiradi. Tabiatshunoslik bo’yicha mashg’ulotlarda qumdan, plas-tilindan yoki loydan yasalgan modellar qo’llaniladi, ular bolalarda hajmli hamda fazoviy tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, obyektni tabiiy holda ko’rsatish mumkin bo’lmagan taqdirda muhimdir. Modellar tabiat, tabiiy inshootlar to’g’risidagi tasavvurlarni mustahkamlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Modellashtirish bo’yicha mashg’ulotlarni sinf yoki geografiya maydonchasidagi tabiatshunoslik va mehnat darslarida o’tkazish mumkin. Modellashtirishdan ilgari o’zlashtirilganlarni mustah-kamlash va yangi material bilan tanishtirish, shuningdek, ekskursiyada olingan bilimlarni mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. Chunonchi, bolalarga ekskursiyada kuzatilgan Yer yuzasining o’sha shakllarini plastilin bilan (qog’oz yoki kartonga) yopishtirish topshirig’ini berish lozim. o’qituvchi plastilin bilan tepalikni ifodalab uning pasti va uchini, yotiq va tik yon-bag’irliklarini yoki tekislikni ko’rsatishni; jarlik, daryo va uning qismlari, dengiz modellarini tayyorlashni taklif qilishi mumkin. Uy vazifasi sifatida joyning relyefini yopishtirish va qog’oz yoki kartondan tayyorlangan o’simlik va hayvon modellarini maketda joylashtirishni taklif qilsa bo’ladi. Maketning qismlarini mehnat darslarida yasash mumkin. 4-sinfda “Tabiatining xilma-xilligi” mavzusini o’rganishda o’quvchilar qumtepa, dasht, cho’llarning o’simlik va hayvonlari bilan maket hamda modellarini, o’rganilgan tabiiy zonalardan istaganining flora va faunasi applikatsiyalarini tayyorlashlari mumkin. Bunday ishlar o’quvchilarning predmetga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, ular tafakkurini faollashtiradi, o’rganilayotgan hodisani ko’rgazmali ravishda tasavvur qilishga, binobarin, bilimlarni ishonchli ravishda mustahkamlashga yordam beradi. Tabiatshunoslik darslarida o’qitish vositalaridan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. Bilimni tekshirish uchun savollar I. Darsliklar bilan ishlashda qanday uslublardan foydalaniladi? 2. Darsliklardagi savol va topshiriqlar qanday guruhlarga bo’linadi? 3. “Qabul qilish” deganda nimani tushunasiz? 4. Tabiatshunoslik darslarida qo’llaniladigan ko’igazmali qurollarning qanday turlarini bilasiz? 5. Tabiiy ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi? 6. Qanday ko’rgazmali qurollar sathli va hajmli ko’rgazmali qurollar deb ataladi? 7. Devoriy suratlar bilan ishlashning ahamiyatini qanday tushunasiz? 8. Suratlar bilan ishlashda ularning qaysi xususiyatlariga e'tibor qaratish kerak? Download 20.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling