Tabiatshunosliknl o’qitish vositalari. Reja


Download 20.96 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1275015
  1   2   3
Bog'liq
Tabiatshunosliknl o’qitish vositalari.


Tabiatshunosliknl o’qitish vositalari.
Reja:



  1. Tabiatshunoslikni o’qitish vositalari.

  2. Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash.

  3. Ko’rgazmali qurollar (tabiiy jismlar va suratlar).

  4. Plan, xarita, globuslar

  5. Ekran vositalari.

  6. Modellar va modellashtirish bo’yicha mashg’ulotlar.

  7. Sinf doskasi.

Tabiatshunoslikni o’qitish vositalari. Ma'lumki, tabiatshunoslik darslarini tashkil etilishi, avvalo, unda o’quv qurollari vositalaridan samarali foydalanishga bog’liq. Tabiatshunoslikni o’qitish vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash.
2. Ko’rgazmali qurollar (tabiiy jismlar va suratlar).
3. Plan, xarita, globuslar.
4. Ekran vositalari.
5. Modellar va modellashtirish bo’yicha mashg’ulotlar.
6. Sinf doskasi.
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Darslik darsda o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta'minlovchi muhim vositadir.
Tabiatshunoslik darsliklari ham ta'lim beruvchilik, rivojlantiruvchilik hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ular o’zbekiston tabiatining mavsumiy xususiyatlarini hisobga o’lgan holda tuzilgan. Chunonchi, taqvim bo’yicha 1 sentabrdan kuz boshlanadi. Ammo o’zbekistonda sentabrda kunlar hali yozdagidek issiq bo’ladi. Shunga ko’ra birinchi darslar yozgi kuzatishlarga yakun yasashga bag’ishlanadi, buning uchun darsliklardan yozda tabiatda olib borilgan kuzatishlarni aks ettiruvchi mavzular qarab chiqiladi. Shu sababli tabiatshunoslikni o’rganish yozgi kuzatishlarni: kun yarmida quyosh balandligi, yoz oxirida kun va tunning uzunligi, kechqurunning iliqligi, tunning salqinligi; mevalarning mo’lligi, ularning yetilish muddatlari; g’o’za chigitining unib chiqishi, gullashi, ko’saklashi; yozda hayvonlar hayoti; yoz davrida odamlarning mehnat faoliyati va hokazolarni sistemalashtirishdan boshlanadi.
“Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflar) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflar) darsliklari matnlarining mazmuni deyarli o’lkashunoslik tamoyiliga xos tuzilgan. Bu atrof tabiatni, unda kuzatiladigan har xil obyekt va hodisalar hamda odamlar mehnat faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda o’rganish imkonini beradi.
Darslik bilan ishlashda quyidagi uslublardan foydalaniladi: matn bilan ishlash; savol va topshiriqlar bilan ishlash; darslikdagi rasmlar bilan ishlash.
Yangi mavzuni tushuntirish va olingan bilimlarni mustahkam-lashda ish darslik matni bilan o’tkaziladi. U shu tarzda boradi: mavzu bo’yicha kirish suhbati, o’quvchining mavzu matnini to’liq yoki qismlari bo’yicha o’qishi, o’qilgan mavzular mazmuni bo’yicha suhbat, o’qituvchining tushuntirishi, yangi atama va nomlarni (o’qituvchining doskaga, o’quvchilarning daftarlariga) yozishlari. o’qituvchi ishga rahbarlik qila turib, unga barcha o’quvchilarni jalb etadi, ularning javoblarini qiziqarli ma'lumotlar bilan to’ldiradi; jadval, surat, diapozitiv, diafilmlar namoyish qiladi. Shu asosda o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil qilinadi, bu sa'y-harakatlar tushunchani shakllantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Dastlabki darslarda o’qituvchining o’zi o’quvchilar uchun qiyin bo’lgan so’z yoki jumlalarni tanlaydi va ularning ahamiyatini tushuntirishni taklif qiladi. Kelgusi darslarda bu so’zlarni vaqti-vaqti bilan takrorlash lozim. O’quvchilar asta-sekin tushunarli bo’lmagan so’zlarning ahamiyatini aniqlab, tushuna boshlaydilar. Darsliklardagi har bir mavzuga o’quv materiali bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantiruvchi, o’q^uvchilarning fikrlash faoliyatlarini rag’batlantiruvchi va yo’naltiruvchi savollar hamda topshiriqlar beriladi. Savol va topshiriqlar sabab-oqibatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Bilimlarni mustahkamlash uchun (O’zbekistonda qanday g’alla o’simliklari o’stiriladi? G’alla poyasi nima deb ataladi? G’allaning mevasi nima? Tarvuz, oshqovoq, ya'ni poliz ekinlarining mevasi boshqa o’simliklar mevasidan qanday farqlanadi? Siz yashaydigan joyda qaysi qushlar zararkunanda hasharotlarni qiradi? Yirtqich qushlar qanday foyda keltiradi?).
2. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun (Nima uchun o’simliklar barglarini to’kadi? Nima uchun barglarning rangi kuzda xira bo’ladi? o’simliklar nima uchun ko’paytiriladi? Nima uchun qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar? Nima uchun yer haydash vaqtida dalada zag’chalar ko’p bo’ladi? Nima uchun kuz oylarida kunlar asta-sekin soviy boshlaydi? Nima uchun ba'zi hayvonlar qishki uyquga ketadilar?).
3. Kuzatish yarayonida olingan bilimlarni qo’llash uchun (g’o’za barglari g’alla o’simliklari barglaridan qanday farqlanadi? G’alla o’simliklari poyasi nima deb ataladi? G’o’za mevasi nima deb ataladi? Ko’sak-mevalar qanday rangga ega? Ular nima bilan to’lgan? Urug’lari nima bilan qoplangan? G’o’za chigitini tolalardan tozalang va oq qog’oz orasiga olib ezing. Qog’ozda nima qoldi? Har xil boshoqli o’simliklar mevalarini ko’rib chiqing. Ularning donlari bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?).
4. Tabiatshunoslik tushunchalarining solishtirma xarakteristikasi uchun o’Plan xaritadan qanday farqlanadi? Qushlarning bahordagi hayoti ularning boshqa fasllardagi hayotidan qanday farqlanadi? g’alla o’simliklarining mevalarini qarab chiqing. Ularning o’lchamini taqqoslang. Ular bir-biridan farqlanadimi?).
unki ular o’quvchilarning bilish faoliyatlarini yo’naltiradi va sinfda hamda uyda tasvirlar ustida mustaqil ishlashga yordam beradi,

Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling