Tabiatshunosliknl o’qitish vositalari. Reja


Ko’rgazmali qurollar va tabiatshunoslik darslarida ulardan


Download 20.96 Kb.
bet2/3
Sana05.04.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1275015
1   2   3
Bog'liq
Tabiatshunosliknl o’qitish vositalari.

Ko’rgazmali qurollar va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish. Inson tabiat jismlari va hodisalari olamida yashaydi, ular bilan har kuni munosabatda bo’ladi. Atrof olamda o’zini to’g’ri tushuna bilish uchun odamlar ayrim jism yoki hodisa (daraxt, tosh, hayvon va hokazolar)ni ham, bir-biriga bog’liq bo’lgan jism yoki hodisalar kompleksi (ko’cha, park, xiyobon, surat va hokazolar)ni ham qabul qila olishlari kerak.
Qabul qilish - odam tomonidan atrof olam jismlari va hodisalarini sezgi a'zolariga bevosita ta'sir qilishi natijasida his etishidir.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining qabul qilishini rivojlantirish ustida doimo ish olib borish kerak, toki u maqsadga yo’nalgan va tashkil qilingan kuzatish jarayoniga aylansin. Sezgini qabul qilishning rivojlangan bo’lishida tabiatshunoslik darslarida tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini to’g’ri shakllantirish maqsadida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollarga katta o’rin ajratiladi.
Tabiatshunoslik bo’yicha o’quv qurollari g’oyat xilma-xildir. Ulardan bir xillari (tabiiy jismlar va ularning ko’rgazmali tasvir-lari) darslarda o’rganish ob’ekti hisoblanadi, boshqalari xizmat ko’rsatuvchi vazifasini bajaradi - ularni o’quvchilar o’rgan-maydilar. Darslarda o’rganish obyektlari hisoblangan qurollarni ikki gurahga: tabiiy jismlar va o’qitish uchun maxsus tayyorlan-gan jism va hodisalarning tasvirlariga ajratish mumkin. Tabiiy jismlarga tog’ jinslari, metallar, tuproq namunalari, o’simliklar, hayvonlar kiradi. Ko’rgazmali qurollar sathli (suratlar, diafilmlar, diapozitivlar) va hajmli (modellar, maketlar, mulyajlar)ga bo’linadi. Unisi ham, bunisi ham harakatsiz va harakatchan bo’lishi mumkin.
Tabiatshunoslikni o’qitishda globus ham muhim ahamiyatga ega. Agar plan yer yuzasining katta bo’lmagan qismini yirik masshtabli tasvirlashdan xaritadagi mayda masshtabli tasvirlashga o’tishga imkon bergan bo’lsa, globus Yerning eng to’g’ri shakli va yuzasining tasvirini beradi. Shuningdek, ekran vositalaridan samarali foydalanish tabiatshunoslikni o’qitishda katta rol o’ynaydi. Ekran vositalariga diafilm, diapozitiv va kinofilmlar kiradi (tabiatshunoslik dasturlarida ularning ro’yxati bor).

Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling