Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet97/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

QARILIK BOSQICHI. O‘simliklar bu bosqichda urug‘ va meva hosil qilishni to‘xtatadi. Ularning hayotiylik darajasi to‘xtovsiz pasaya boradi va tabiiy o‘lim bilan yakunlanadi. O‘simliklarning hayotiylik davomi ularning turlariga bog‘liq Masalan, efemer o‘simliklar 2-4 xafta, tok 80- 100 yil, qaragaylar 500 yil, eman (dub) 1500 yil va chinorlar 1000-2000 yil, sekvoyyalar 5000 yil va xokazo yashaydi. Qarish va o‘lish o‘simliklar ontogeneziniig oxirgi bosqichi bo‘lib, u ayrim organlarga — barglar, novdalar, mevalar va boshqa qismlariga ham taalluqlidir. qarish bir necha xil bo‘ladi. Ko‘pincha bir yillik o‘simliklar birdaniga o‘ladi. Ko‘p yillik o‘tlarning har, yili yer usti qismi nobud bo‘ladi, yer osti qismi esa o‘zining hayotiyligini saqlab qoladi. Ko‘pchilik daraxtlarning barglari kuzda qariydi va to‘kiladi. Qarish jarayonida barglarda xlorofillar, oqsillar va nuklein kislotalarining miqdori keskin kamayadi. Fotosintez jadalligi pasaya boradi va to‘xtaydi. Agarda barglarga sitokinin purkalsa, ularning qarish jarayoni sekinlashadi. CHunki barglarda nuklein kislotalar (ayniqsa RNK) va oqsillar sintezi faollashadi. Auksinlar va gibberellinlar ham qarish jarayonini tezlashtiradi. N.P.Krenke (1940) o‘simliklarning morfologik va fiziologik jarayonlarini taqqoslash natijasida “o‘simliklarning ontogenezida siklik qarish va yosharish nazariyasi”ni yaratdi. Bu nazariyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, har bir individ (o‘simlik yoki hayvon), albatta, qariydi va oxirida o‘ladi. O‘simlikniig butun rivojlanish jarayoni qarish jarayonidan iborat bo‘lib, u siklik xususiyatga ega. Chunki qarishga qarama-qarshi yosharish jarayoni bilan doim bo‘linib turadi. YOsharish yosh organlarning yangidan hosil bo‘lishi va rivojlanishidir. Ya’ni yangi hujayralar, to‘qimalar, organlar (poya, barglar, ildizlar) hosil bo‘lib turadi. Ammo bu organizmning oldingi holatiga to‘la qaytishi emas. O‘simlikning mustaqil rivojlanishi uning siklik yosharishiga qaramasdan, orqaga qaytmaydigan jarayondir. Biologik qarish jarayoni har bir tirik organizmga xos xususiyatdir. Hujayra har bir bo‘linish vaqtida qisman yosharadi, lekin ularda ham yoshiga doir uzluksiz o‘zgarishlar bo‘lib turadi va natijada qarishning dastlabki siklik xususiyati namoyon bo‘ladi. Qarish jadalligiga juda ko‘p omillar ta’sir etadi. Tinch holatidagi va faol bo‘linish holatidagi hujayralarda qarish jadalligi bir xil bo‘lmaydi. Tinch holatidagi meristema hujayralari (tinchlikdagi kurtaklarning o‘sish nuqtasi, urug‘ murtagi va boshqalar) juda ham sekin qariydi. Qarish va yosharish jarayonlarining tezligi tashqi sharoit omillarining ta’siriga ancha bog‘liq. Bunda yosharishni tezlashtiradigan omillar qarishni sekinlashtiradi va aksincha. Masalan, azotli o‘g‘itlar qarishni sekinlashtiradi, aksincha, fosforli o‘g‘itlar qarishni tezlatadi. Qand lavlagiga berilgan azot o‘g‘itlari o‘sish jarayonini kuchaytiradi va shakar to‘plash jarayonini kechiktiradi. Agar qand lavlagiga fosforli o‘g‘itlar berilsa, ularniig o‘sishi sekinlashadi va shakarlar miqdori ko‘paya boshlaydi. O‘simliklarga suv yetmaganda qarish tezlashadi. Aksincha, sug‘orish yo‘li bilan o‘simlikni yosh holatda uzoqroq saqlash mumkin. Mevali daraxtlarni har yili butash ham shu muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling