Tabiiy fanlar” fakulteti “geografiya” va ekologiya kafedrasi geogerafiya o’qtish metodikasi yo’nalishi
Download 0.52 Mb.
|
Hoshimov Hushnud
Antarktida Yer sayyorasining eng janubiy qitʼasidir. Yuzasi – 14 400 000 km² (shundan 98 foizi muz bilan qoplangan), aholisi (nomuntazam) – 1 000 kishi. Janubiy Qutb shu qitʼada joylashgan. Antarktidadagi «Vostok» stansiyasida eng quyi harorat, −89 °C oʻlchangan.[1]
Antarktida – Antarktika Janubiy kutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Maydoni 12,4 mln. km², 541shelf muzliklari va ular orqali mate-rikka tutashgan orollar bilan birgalikda 13,975 mln. km². Doimiy aholisi yo‘q. O‘rtacha balandligi 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort tog‘idagi Vinson cho‘qqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. A. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari (Janubiy oke-an) bilan o‘ralgan. Qirg‘oq chizig‘i deyarli tekis va uz. qariyb 30 ming km, ko‘pincha bir necha o‘n m keladigan tik muz jarli-klaridan iborat. Materikka Ross va Ued-dell dengizlari ancha kirib turadi.Muz qoplami va relefi. A.ning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxminan 13,0 mln. km²). Muzning o‘rtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Muzliklarning hajmi taxminan 24 mln. km³. Yer sharidagi hozirgi muzliklarning maydoni jihatdan 87% A.dadir. Muzdan xoli yerlar voha ko‘rinishida uchraydi. Aksari kutbiy ilmiy stansiyalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atro-figa siljib, dengizga tushib boradi va ko‘pincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy stansiyasi yaqinida muzning yillik harakati 30 – 40 m dan 350 – 400 m gacha. Baʼzi joylarda muzliklarning uchlari dengizga o‘nlarcha km kirib boradi. Muz ostidagi relef chuqur bo‘lgan joylarda muz ayniqsa tez siljiydi. Eng yirik muzliklar Viktoriya Yeri tog‘ tizmasida-dir. Birdmor muzligining uz. 180 km, eni 15 – 20 km. Bir-biriga yaqin bo‘lgan muz tillari orasida siljimaydigan muzlar – shelf muzliklari hosil bo‘lgan. A.da 14 ta shelf muzligi bor (eng yirigi Ross muzligi – 488 ming km²); bu muzliklarning umumiy maydoni taxminan 900 ming km². A. relefi 3-Xalqaro geofizika yi-liga qadar yaxshi o‘rganilmagan edi. Ros-siya, Angliya va Amerika A. ekspeditsiyalarining ishlari natijasida A. yer yuzasi dengiz sathidan ("Polyus nedostupno-sti" stansiyasi yaqinida) 800 m, geofizik qutbda 1285 m (Amundsen-Skott stansiyasi) balandlikda, biroq Litl-Amerika – Berd stansiyalari oraligi dengiz sathidan 1000 m past ekanligi aniqlandi. Antar-ktida ekspeditsiyalarining maʼlumotiga qaraganda, muz qoplamining eng baland joyi taxminan 4000 m bo‘lib, Sovetskoye pla-tosi yaqinidadir. A. – yer yuzasi juda past-baland materik bo‘lib, juda ko‘p orollar bilan o‘rab olingan. Geologik tu-zilishi va relefi xususiyatlariga ko‘ra, A. Ueddell hamda Ross dengizlarining janubiy qismlarini birlashtirib turadi-gan chiziq bo‘ylab Sharqiy A. va G‘arbiy A.ga bo‘linadi.Sharqiy A.ning ko‘p qismi (butun ma-terikning taxminan 3/4 qismi) yaxlit bo‘lib, xdmma joyi deyarli bir xil. Kembriy davridan oddin paydo bo‘lgan zaminning kristalli jinslari (granit, gneys, kri-stall slanes) ustida ancha yosh cho‘kindi yotkiziklar (devon davridan trias davri-gacha paydo bo‘lgan jinslar) – qumtosh, ohaqtosh va slaneslar yotadi, bu yerlarda katta toshko‘mir konlari bor (Viktoriya Yeri). Boshqa foydali qazilmalardan te-mir rudasi, slyuda, mis, qo‘rg‘oshin, pyx, 20° Grinvichdan g‘arbga 0° Grnnvichdan sharqqa 20’ grafit va boshqa ham kad. jinslar bilan bog‘liq; Yer po‘stining si-nishi va yorilishi hamda yovdosh joylarning ko‘tarilishi va pasayishi Sharqiy A.ning hozirgi relefini hosil qilgan. Yer po‘sti yorilganda kuchli vulkanlar ot-ilib bazalt, tuf qoplamlari (Qirolicha Mod Yeri) va vulkan konuslarini hosil qilgan (Gaussberg tog‘i). Vulkan otilishlari hozir ham tingan emas (Ross o.dagi Erebus vulkani – 3794 m). Sohillarda muz qalqonini bir necha joyda tog‘ tiz-malari yorib chiqadi: Brittaniya (3209 m), Qirolicha Aleksandra tog‘i (4572 m), Markem tog‘i (4350 m), Nyu-Shvabenlend tog‘lari bor. G‘arbiy A. (Ross dengizining g‘arbiy sohilidan Greyam Yerigacha)ning ko‘p qismi tokembriy Antarktida platformasidan iborat bo‘lib, ancha key-in paydo bo‘lgan burmali tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan.Iqlimi. A.da sohillarini is-tisno qilganda, kontinental qutbiy 542iqlim hukmron: temperatura hamma vaqt 0° dan past bo‘ladi va yog‘in juda kam yog‘adi. Yer yuzasi muzlikdan iborat hamda baland bo‘lganidan havo massalari antitsiklon rejimini hosil qiladi. Yoz, kuz paytlarida materik chekkalarida siklonlar paydo bo‘lib, ichki rayonlarga ham kirib bo-radi. Yozda (dekabr, yanvar, fevral) A.da bulutsiz kunlar ko‘p bo‘ladi, shuning uchun quyosh nisbatan ko‘proq ilitadi, lekin quyosh nuri muzdan ko‘p qaytadi (o‘rta hisobda 90%), oqibatda quyosh issiqligi Shimoliy yarim sharning xuddi shu kengliklarida-giga nisbatan 4 – 5 marta kam. Materikning markaziy qismida eng sovuq oylarning o‘rtacha temperaturasi – 60°, –70°, yoz oylariniki – 30° dan –50° gacha; sohilda qishda – 8° dan – 35° gacha, yozda 0 – 5° bo‘ladi. O‘rtacha yillik temperatura – 50° ga yaqin. Mutlaq minimum – 89,2° (Vostok stansiyasi). Bu esa butun Yer sharida eng past tradir. Yer yuzasi sovuq va atrofdagi den-gizlar iliqroq bo‘lganidan tez-tez kuchli shamollar bo‘lib turadi (baʼzan shamol tezligi sekundiga 90 m ga boradi).Yog‘in eng ko‘p (700 – 1000 mm) yog‘adigan zona dengiz sohili bo‘lib, eni 15 km ga yetadi: ichki rayonlarda yiliga ati-gi 30 – 50 mm yog‘in tushadi. Iliq paytlarda ham ko‘pincha qor yog‘adi. Havoning nisbiy namligi o‘rta hisobda 73 – 78%.O‘simliklari. O‘simlik turlari (li-shayniklar, zamburug‘lar, bakteriya va suvo‘tlar) kam va o‘ziga xos, ammo ular materikning eng sovuq joylarida ham uchraydi.Hayvonlardan tyulenlar (ueddell tyuleni, qisqichbaqaxo‘r tyulen, dengiz qoploni, ross tyuleni, dengiz fillari) va qushlardan pomornikning ikki turi, adeli va imperator pingvinlari uchraydi.Tadqiq qilinish tarixi. 1820 yilda A. qirg‘og‘iga F. F. Bellinsgauzen – M. P. Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsi-yasi kemalari yaqinlashib borgan. Mate-rikning umumiy qiyofasi 19-asrda haritaga tushirilgan. A.da 1898 – 1900 yillarda norveg tadqiqotchisi K. Borxgrevink bi-rinchi marta (Viktoriya Yerida) qishlagan. 20-asr boshlarida qutb tadqiqotchilari R. Skott (1901 – 04, 1910 – 12), E. Shek-lton (1907 -09), R. Amundsen (1910 – 12), D. Mouson (1911 – 13) va boshqa materikning ichki rayonlarigacha bordilar. 1909 yil 16yanvarda Sheklton ekspeditsiyasi kat-nashchilari Janubiy magnit qugbiga, 1911 yil 11 dekabrda R. Amundsen, 1912 yil 18 yanvarda esa R. Skott Janubiy geografik qutbga yetib bordilar. 1928 yildan A. samolyotlar yor-damida o‘rganila boshladi. Ani o‘rganish sohasida amerikalik J G. Uilkins (1928 – 30), ingliz L. Elsuort (1935 -36, 1938 – 39), amerikalik R. E. Berd (1928 – 30; 1933 – 35; 1939 – 41; 1946 – 47) va Finn Ronne (1946 – 48) anchagina ish qildilar.Xalqaro geofizika yili (1957 – 58) munosabati bilan va so‘nggi davrlarda turli mamlakatlarning ilmiy qutbiy stansiyalari qurilgan, 1991 yilga kelib 48 ta ilmiy stansiya ishlab turdi.[2] Jumanov Umrbek Адабиётлар: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling