Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»
Download 0.54 Mb.
|
ksti ma\'ruza lotin yangi
5-laboratoriya mashg’uloti: Zamonaviy asboblarda ishlash ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Ishning maqsadi: Talabalarda zamonaviy asboblarda ishlash ko’nikmasini hosil qilish. Kerakli jihozlar: Kompyuter, asbob va reaktivlar. 1. O`quvchi eksperimenti va uni bajarish bochqichlari O`quvchi eksperimenti o`quvchilarning mustaqil ishlaydigan kimyoviy tajribalarini bajarishi bo`lib, maktab kimyo dasturida darslik va o`quv qo`llanmalarida keltirilgan bo`ladi. Kimyoviy eksperiment nafaqat o`quvchilarda uni o`tkazishga oid ko`nikma va malakalarni shakllantiradi, balki o`quvchilar tomonidan egallangan bilimlarning haqqoniyligini asoslab beradi. Bilimlarning egallanishi o`quv materialini chuqur o`zlashtirishga olib keladi. U kimyo kasbini egallashda kimyoning turmush bilan bog`liqligini asoslashda muhim ahamiyatga egadir. O`quvchilar eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy ishga bo`linadi. Ular bir-biridan didaktik maqsadi bilan farq qiladi. Laboratoriya tajribalarining maqsadi yangi bilimlarni egallashga yangi materialni o`rganishga qaratilgan bo`ladi. Amaliy mashg`ulotlar esa mavzuni o`rganib bo`lgandan keyin olib boriladi va u bilimlarni takomillashtirish hamda mustahkamlashga, amaliy ko`nikmalarning shakllanishi va shakllangan ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga olib keladi. O`quvchilar eksperimentining bajarilishi quyidagi bosqichlarda o`tadi. Tajriba maqsadini tushunib olish. Moddalarni o`rganish. Kimyoviy idish va asboblardan qurilmalar tuzish. Tajribani bajarish. Tajriba natijalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish. Olingan natijalarni tushuntirish va reaksiya tenglamalarini Yozish. Hisobot tuzish. O`quvchi nima sababdan tajriba bajarilayotganligi va qanday muammoni tajriba asosida aniqlash mumkinligini bilishi kerak. O`quvchidan moddalarni asboblar va indikatorlar Yordamida o`rganadi. Tajribani bajarish asboblar bilan qanday ishlash kerakligini, tajribaning borish Yo`lini bilishlari talab etiladi. Tajriba natijalaridan unga oid nazariy konsepsiyalari asosida xulosa chiqara bilish kerak. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling