Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»
Download 0.54 Mb.
|
ksti ma\'ruza lotin yangi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO KAFEDRASI « KIMYODAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR» fanidan o’ q u v –u s l u b i y m a j m u a Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar Ta’lim yo‘nalishi: 5140500 – Kimyo Farg’ona – 2022 Mazkur o’quv-uslubiy majmua 20____ yil ______ avgustdagi universitet Kengashining -sonli qarori bilan tasdiqlangan muvaqqat o’quv reja va dastur asosida tayyorlandi
MUNDARIJA1.MA’RUZA MATNI 2.SEMINAR MASHG’ULOTI 3. AMALIY MASHG’ULOTI 4.LABORATORIYA MASHG’ULOTI 5. TEST SAVOLLARI 6. TARQATMA MATERIALLAR 7. MUSTAQIL ISHLAR RO’YXATI 8. GLOSSARIY 9. BAHOLASH MEZONLARI 10. FAN DASTURI 11. ISHCHI O’QUV DASTURI
1-ma’ruza Mavzu: Kimyodan sinfdan tashqari ishlarni innovatsion texnologiyalar asosida o‘tkazish. Ma’ruza rejasi: 1. Kimyo sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. 2. Kimyo sinfdan tashqari ishlarning tamoyillari. 3. Sinfdan tashqari ishlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar dars bilan bir qatorda maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkillashning eng muhim formulalaridan biridir. Kimyodan sinfdan tashqari ish, darsdan tashqari paytda amalga oshiriladigai ta’lim-tarbiya jarayonidir. Sinfdan tashqari ishning maqsadi o’quvchilarning kimyodan olgan bilimlari, egallagan ko’nikma va malakalarini chuqurlashtirish va kengaytirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni kimyoga bo’lgan qiziqishlarini, mustaqilligini, ijodiy aktivligini rivojlantirish hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishning muhim maqsadi g’oyaviy, mexnat, axloqiy va estetik jihatdan o’quvchilarni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari ish o’quvchilar jamoasini shakllantirishga, shu bilan birga kimyoga qiziqishini, layoqatini tarbiyalashga yordam beradi va yagona ta’lim-tarbiya jarayonining muhim elementi xisoblanadi. Kimyodan sinfdan tashqari ishlarda predmetlararo aloqalarni amalga oshirish vazifasi qo’yiladi, bu esa kasbga yo’llash ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tanlayotgan kasbda kimyoning rolini tushunishga yordam beradi. Sinfdan tashqari ish o’quvchilarning dam olishlarini tashkillashga yordam beradi. Sinfdan tashqari ishni quyidagi elementlardan tashkil topgan yagona tizim sifatida qarash mumkin: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling