Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Kimyodan sinfdan tashqari ish tizimi


Download 0.54 Mb.
bet3/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Kimyodan sinfdan tashqari ish tizimi. Jadval

Mazmun




Forma




Turlar




Metodlar




O’qitish vositalari

Kimyo o’qitishdagi singari asosiy aniqlovchi element bo’lib mazmun xizmat qiladi. Sinfdan tashqari ishning mazmuni erkin tanlab olinadi. Bu yerda chegaralash, qattiq o’zgartirilmaydigan dasturlar berilmaydi. Sinfdan tashqari ishda boshqa har qanday ishga nisbatan o’qituvchi shaxsini ta’siri, uning dunyoqarashi, qiziqarli nazariy bilimi va axloqiy qiyofasi, mamlakatning rivojlanishini tushuna olishi, savodxonligi hamda yetukligi namoyon bo’ladi.


Shunday bo’lishiga qaramay kimyodan sinfdan tashqari ishlar ma’lum talablarga bo’ysunishi kerak.

  1. Ilmiylik. Bu didaktik printsip sinfdan tashqari ish muvaffaqiyatining eng muhim shartidir.

  2. Muvofiqlik. Mazmun o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, maktab dasturidan uzoqlashib ketmasligi kerak. Bir vaqtning o’zida u shunday tanlanishi kerakki, u o’quvchini bilishiga, qo’shimcha adabiyot bilan ishlash, tadqiqot faoliyatiga undashi kerak.

  3. Dolzarbligi va amaliy ahamiyati, hayot bilan bog’liqligi. Bu yerda mashxur sanalarga bag’ishlangan tadbirlar nazarda tutiladi (kashfiyotlarni ochilishiga bag’ishlangan og’zaki jurnallar). Shuningdek maktab yaqinida joylashgan qishloq xo’jaligi yoki sanoat ishlab chiqarishi bilan bog’lik bo’lgan ishlar. Masalan: qishloq maktabi uchun agroqimyoviy to’garak, atrofda to’qimachilik korxonasi bo’lsa, to’qimalarni bo’yash uchun bo’yoqlardan foydalanish bo’yicha to’garak, dolzarb muammoga bag’ishlangan ish (masalan: atrof muxitni muxofaza qilishga bag’ishlangan ilmiy - amaliy konferentsiya)

  4. Sinfdan tashqari ishlar o’rganilayotgan muammolar qanchalik jiddiy bo’lishi bilan birga ayniqsa, 7-8 sinf o’quvchilari uchun qiziqarli bo’lishi kerak. U o’quvchilarga qiziqarli bo’lgan faktlarga boy bo’lishi kerak. Ilmiy fantastikadan keng foydalanish, ijodiy ishlar yaratish, bahs va munozaralarni qo’llab-quvvatlash lozim.

Mazmuniga mos ravishda kimyodan sinfdan tashqari ishlarning shakl va turlarini tanlash kerak.

Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning shakl va turlari.





Kimyodan sinfdan tashqari ishning turlari.

Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning shakllari

Yakka

Guruhli

Ommaviy

Adabiyot bilan ishlash, ma’ruza va referatlar yozish, kichik tadqiqotlar o’tkazish, kimyo xonasini ji-xozlash bo’yicha ishlar va x.z.

Kimyo to’garagi kimyodan devoriy ro’znoma chiqarish, taqdimot tayyorlash, kimyo xonasini jixozlash bo’yicha ishlar va x.z.

Kimyo kechasi, kimyo olimpiada-lari, og’zaki jurnal, xaftalik, oylik, viktori-na, anjumanlar ekskursiyalar, jamoatchilik ko’rigi, kimyo va x.z.

Shuni ta`kidlash kerakki, sinfdan tashqari ishlarni bunday klassifikatsiya qilish shartli xisoblanadi. Masalan, kimyo kechasi yoki to’garak ishini o’tkazish har bir ishtirokchidan katta mexnat talab qiladi. Bir vaqtning o’zida ommaviy tadbirni o’tkazish har bir ishtirokchining ish tavsifi va yo’nalishiga ta’sir qiladi. Bu sinfdan tashqari ishning shakl va xillari o’rtasida o’zaro integratsiya bo’lishini ko’rsatadi. Demak sinfdan tashqari ishlarning barcha elementlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-biriga ta’sir ko’rsatadi va bir-biriga bog’liqlikda bo’ladi. Sinfdan tashqari ishlarning ayrim xillarini tashkillash va o’tkazish metodikasi bilan tanishib chiqaylik.
Sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish ham kimyodan darslarni rejalashtirishdagi MIT talablari asosida amalga oshiriladi.
Kimyodan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish uni yo’nalishini aniqlab beradigan omillarni baxolash bilan boshlanadi. Bunga maktabni o’rab turgan ishlab chiqarishlarni o’rganish, maktab jamoasi shug’ullanayotgan ilmiy-pedagogik mavzu, kimyo xonasining imkoniyatlari va o’quvchilarni qiziqishlarini o’rganish, ularning ota-onalari tarkibini o’rganish kiradi. Shundan so’ng ishning mavzusi tanlanib, u yoki bu turdagi sinfdan tashqari ish rejalashtiriladi. Yosh o’qituvchi o’z ishini to’garakni tashkillashdan boshlagani ma’qul. To’garak asosiy faolni qamrab oladi, uning atrofiga qolgan o’quvchilar birlashadilar.
Imkoni bo’lsa to’garak a’zolari kimyo xonasida mavjud bo’lgan o’qitishning texnik vositasini ishlatishni o’qituvchi raxbarligida o’zlashtirib olishlari kerak. Ular turli sinfdan tashqari tadbirlar o’tkazilganda o’qituvchiga yaqindan yordam beradilar. Kimyo xonasini jixozlashda ham to’garak aozolari ko’maklashadilar.
Sinfdan tashqari ishlarda qo’llaniladigan o’qitishning vosita va metodlari imkoni boricha o’quvchilarning tafakkurlashini, mustaqilligi, ijodiy faolligini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Odatdagi o’quv ishlarida qo’llaniladigan metodlardan aloxida farqlanadigan metodlari bo’lishi haqida gap bo’lishi mumkin emas. Bu yerda eng muhimi qo’llaniladigan metod va vositalar maktabda o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakl va turlariga mos bo’lishi muhimdir.
Kimyodan sinfdan tashqari ish bu o’quvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotning mustaqil formasi bo’lib, kuchli emotsional ta’sirga egadir. Bu o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlashini rivojlantiradi, mustaqil ilm olish, o’zbilimlarini tuldirishga undab, kashfiyotchilik va ijodiyotini rivojlantiradi. Sinfdan tashqari ish turlari va mazmuni bo’yicha xilma-xil, ammo barcha xollarda qiziqarli xususiyatiga ega bo’lib, kimyoga qiziqishini shakllantiradi, ammo puxta tashkillashni talab qiladi.
O`qitishning ko`rgazmali og`zaki bayon etish metodlari o`qituvchining nutqi bilan o`quv jarayonida ko`rgazmalilikning turli vositalaridan foydalanib dars o`tishni ko`zda tutadi. O`qitish metodlari didaktik vositalariga ma’lum talablar qo`yadi. Masalan, namoyish qilinadigan eksperiment va natural ob’ektlar (masalan, reaktivlar) moddalarning xossalarini va kimyoviy reaksiyaning tashqi alomatini o`rganishga katta Yordam beradi. Modellar, chizmalar, grafiklar, shuningdek, moddaning formulasi va jarayonlarni ifodolovchi tenglamalarni tuzish, jarayonlarning mohiyatini tushunishga, moddalarning tarkibi va tuzilishini o`rganishga, kuzatilgan hodisalarni nazariy asoslashga yordam beradi.
Mavzu bo`yicha kompleks jihozlashni amalga oshirish didaktik birlikning ko`rinishini ifoda etadi. Uning mohiyati shundan iboratki, o`qitishning turli masalalarini hal qilish uchun bir darsning o`zida ko`p vazifalarni bajaruvchi va bir-birini to`ldiruvchi turli ko`rgazmali vositalar ishlatiladi. Masalan, namoyish qilinadigan asbob juda kichik bo`lsa va uzoqdan Yomon ko`rinsa, o`qituvchi asboboning qurilmasini doskaga chizib ko`rsatishi Yoki magnit applikasiyasi Yordamida tayyorlangan chizmani ko`rsatish mumkin. Murakkab jarayonlarni tushuntirishda jarayonlarning dinamik modelini multiplikasiya qilib, kompyuter va vidioglaz Yordamida katta ekranda namoyish qilib ko`rsatiladi.
Ko`rgazma vositalarini o`qituvchining so`zi bilan tushuntirilishiga katta e’tibor qaratilishi kerak. O`qituvchining sharhisiz ko`rsatilgan tajriba faqat foydali bo`lmasdan zarar keltirishi ham mumkin. Masalan, ruxning xlorid kislota bilan o`zaro ta’sirini namoyish qilishda o`quvchilarda vodorod kislotadan ajralib chiqmasdan, degan fikr paydo bo`lish mumkin, balki ruxdan ajraladi. Ko`p uchraydigan xatolikning misoli sifatida eritmaning muhitini aniqlashning mohiyatini tushuntirmay, tajriba o`tkazilganda ko`pchilik o`quvchilar indikatorning rangi o`zgarmasdan balki indikator tushurilgan eritmaning rangi o`zgaradi, degan fikrga kelishlari mumkin. SHuning uchun o`qituvchining so`zi rahbarlik qiluvchi va Yo`naltiruvchi vazifani o`taydi.
Namoyishli eksperimentdan tashqari o`qituvchi ixtiyorida ko`rgazmalilikning juda ko`p vositalari bo`lib, ulardan foydalaninsh darsning samaradorigi va sifatini oshiradi. Ularga sinf doskasi, maketlar, magnit vositalari, ekran qo`llanmalari, mavzuga tegishli turli xil va boshqalar kiradi. Ular kimyoviy eksperiment bilan birgalikda yoki alohida o`qituvchining izohi, tushuntirishi bilan qullanishi mumkin.
Doskaga yozishni avvaldan rejalashtirish kerak. Doskadagi yozuvlarni shunday ketma-ketlikda yozish kerakki, unda darsga tegishli boshqa materiallar o`z aksini topishi va dars oxirigacha saqlanishi kerak. Bunday holatda o`quvchilar tushunmay qolgan joylarini o`qituvchi qayta tushuntirish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilarning doskaga yozishlarni ham nazorat qilishi kerak. Ularning yozuv ham tiniq, ham tartibli bo`lishi talab etiladi. Kimyoviy formulalarni keltirib chiqarish, moddalarning olinishi va kimyoviy xossalari reaksiya tenglamalarini tartibli va to`liq doskaga yozib borish kerak bo`lgan holda doskadan foydalanish boshqa ko`rgazma vositalardan afzal hisoblanadi. Darsda toza doskadan foydalanish kerak.
Turli didaktik maqsadlarda qo`llaniladigan diagrammalar, moddalarni ishlab chiqarishni ifodalovchi shakllar, kristal panjaralar modellari, jadvallar va ning afzalligi shundan iboratki, ularni hamma vaqt o`quvchilarga qo`rsatish mumkin. Ulardan darsning har qanday didaktik bosqichida, ya’ni o’quv materialni o`rganishda, darsni mustahkamlashda, bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling