Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet4/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

2.Texnik o`quv vositalari
Keyingi vaqtlarda ko`rgazmalilikning muhim vositalari bo`lgan ekran qo`llanmalari faol ishlatilmoqda. Ular quyidagi texnik vositalarni namoyish qilish uchun ishlatiladi: kinoapparat, diaproektor, epiproektor, grofoprektor, videomagnitafon, televizor va boshqalar. Texnik vositalari o`z-o`zicha o`qitish xossalariga ega bo`lmaydi, lekin ularsiz ekran qo`llanmalarini ishlatib bo`lmaydi. Ekran qo`llanmalari bilan jarayonlarni tasvirlarini ko`rishlari natijasida o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirilishi oshadi.
O`quv darslari kompyuterlar bilan ta’minlanganligi uchun o`qitishda kompyuter darslaridan foydalanish dars unumdorligining oshishida muhim vositaga aylanmoqda.
Ko`rgazmali – amaliy so`zlab berish metodi asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati yotadi. Ularni o`qituvchining jonli so`zisiz amalga oshirib bo`lmaydi. O`quvchilarning amaliy faoliyati ularning mustaqil ishlashlarida yozaga chiqadi.



Nazorat savollari:
1. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar fani nimani o’rganadi?
2. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar fanining rivojlanish tarixi haqida nimani bilasiz?
3. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar fani oldiga qanday asosiy vazifalar qo’yiladi?
4. Yangi pedagogik texnologiyaning vazifalari nimalardan iborat.


2 - ma’ruza
Mavzu: Kimyodan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni tashkillashning umumiy qoidalari .


Ma’ruza rejasi:
1. Kimyodan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni tashkillashning umumiy qoidalari.
2. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar fanining mezonlari
3. Sinfdan tashqari ishlarni umumiy bosqichjari.

Sinfdan tashqi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning umumiy saviyasiga va tayyorgarligiga qarab o‘tkaziladi. O‘quvchilar xilma-xil narsalarga qiziqadi, ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin.


Birinchi guruh o’quvchilarni moddalarning o’zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar hosil qilish va kristallarni o’stirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan to’plamlar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning hayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko’proq qiziqtiradi.
Ikkinchi guruh o’quvchilarni moddalarning ancha murakkab o’zgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan qilinadigan tajribalar kimyoviy usullari jumladan, eng muhim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish usullarini ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik hayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniqsa eksperimental masalalarni mustaqil suratda yechish qiziqtiradi.
Kimyodan sinfdan tashqari ishlar fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.






Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling