Tajriba ishi №1 Sinov uchun o‘rtacha namunani tanlash


Download 64.14 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi64.14 Kb.
#1115283
Bog'liq
1- tajriba (1)


Tajriba ishi №1
Sinov uchun o‘rtacha namunani tanlash
Tajriba ishlari uchun o‘rtacha namunani to‘g‘ri tanlash olingan natijalarni analiziga ta’sir etadi, ya’ni xomashyoning butun massasining xususiyatlari tekshirilayotgan namunaning xususiyatlariga mos kelishi zarur.
Xomashyo tashqi ko‘rinishdan bir jinsli bo‘lmay, bo‘lakli aralashmalardan tashkil topadi. Bu holda namunani xomashyo umumiy partiyasining xar xil nuqtalaridan olinadi. Bunda tanlangan namuna mavjud xomashyo partiyasining xususiyatlarini to‘g‘ri yoritishi va o‘rtacha namuna vazifasini o‘tishi kerak.
Keltirilgan xomashyo partiyasidan o‘rtacha namunani olishda, partiya to‘rtta bo‘lakka bo‘linadi va qarama-qarshi tomonidan namuna olinadi. Bu jarayon yetarli miqdordagi o‘rtacha namuna olguncha davom ettiriladi.
Tajriba ishlarini o‘tkazishda to‘ldiruvchi xomashyo partiyasidan 3kg o‘rtacha namuna olinadi.

Xulosa:____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Sinov uchun o‘rtacha namunani tanlash
Keramzit ishlab chiqarishda xomashѐ sifatida cho‘kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashѐ material sifatida metamorfik tog‘ jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slanslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir, organik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Gil minerallari gil moddalaridan iborat bo‘ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar bo‘lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars mavjud bo‘ladi. Gilning umumiy tarkibida SiO2-70% gacha, Al2O3 -12% gacha( ba’zida 20% gacha), Fe2O3 + FeO 10%gacha, organik qo‘shimchalar 1-2% mavjud bo‘lishi kerak.
Keramzit ishlab chiqarishda u ѐki bu gil xom ashѐsining yaroqli ekanligi xomashѐ xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.
Gil xom ashѐsiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: Birinchi talab, bu gilning kuydirishda ko‘pchishidir. Gilning ko‘pchishiko‘pchish koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
bu yerda: Vk – ko‘pchigan keramzit granulalarining hajmi;
Vc – pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi.
Ko‘pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:
bu yerda: ρs – quruq xom granulaning zichligi;
ρk – ko‘pchigan keramzit granulasining zichligi;
Pp - quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo‘yicha yo‘qotishi,% Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashѐsining ko‘pchish koeffitsienti 2 dan kam bo‘lmasligi (3-4 bo‘lsa yaxshi) kerak.
Gil xomashѐsiga qo‘yiladigan ikkinchi talab, bu uning oson eruvchanligidir, ya’ni xomashѐni kuydirish 1250 0S dan oshmasligi kerak, aks holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi ko‘pchimaydi. Gil xomashѐsiga qo‘yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko‘pchish intervali hisoblanadi. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko‘pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko‘pchish harorati deb, zichligi 0,95 g/sm3 ga teng keramzit granulalarining hosil bo‘lish haroratiga aytiladi. Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi.
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan yelimlanib qoladi. Bu esa keramzit shag‘alining chiqishini kamaytiradi va ba’zan pechni ishdan chiqaradi. Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratni belgilangan optimal darajadan pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda ko‘pchish koeffitsienti kamayadi va mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda xomashѐning ko‘pchish intervali 50 0S dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega bo‘lmaydi. Gil xomashѐsining xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha mazut, solyarka moyi ѐki boshqa organik moddalar qo‘shiladi. Gil granulalarining ko‘pchish harorati intervalini uzaytirish uchun gil granulalari sirtiga olovga bardoshli gil 200 kukuni ѐki maydalangan kvars qumlari purkaladi. Keramzit ishlab chiqarishda qo‘shimchalarni qo‘llashda xomashѐ mahsulotning ko‘pchish koeffitsientini 2-3 barobar oshiradi, mahsuldorlik ham oshadi, tan narxi esa pasayadi.
Savollar
1.Keramzit qanday jinslarga kiradi
2.Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo yaroqliligi qanday aniqlanadi
3.Keramzit ishlab chiqarishda harorat necha 0s gacha ko’tariladi
4.Keramzit shag’alini ishlab chiqarishda ko’pchish intervali necha 0s dan kam bo’lmasligi kerak
Download 64.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling