Namunani identifitkatsiyalash Namunani markirovkalash Namuna olish dalolatnomasini tuldirish


Download 20.13 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi20.13 Kb.
#167702
Bog'liq
8-Мавзу (Lotincha)


Mavzu: 8. NAMUNA OLISH TARTIBI

  1. Namunani identifitkatsiyalash

  2. Namunani markirovkalash

  3. Namuna olish dalolatnomasini tuldirish

  4. Namuna olish usullari

Namunani identifitkatsiyalash

Namuna olishdan avval arizada kursatib takdim etilgan maxsulotni identifikatsiya ya’ni mosligi tekshiriladi. Identifikator bulib markirovkasi, yul nakladnoy xujjatlari bulishi mumkin.

Maxsulotni sertifikatlashtirish uchun sinash asosan xavfsizlik kursatkichlari me’yoriy xujjatlar talablariga mos ekanligini aniklash maksadida amalga oshiriladi.

Sertifikatlashtirish sinovlarining xajmi kuyidagi xollarda kamaytirilishi mumkin.

a) Agarda arizachi maxsulotini akkreditatsiyadan utgan sinov laboratoriyalaridan

b) xavfsizligi jixatidan me’riy xujjatlarga mosligini akkreditatsiyalangan sanitar epidemiologik nazorati laboratoriyalaridan sinov bayonnomalarini mosligini kursatuvchi xujjatlar takdim etgan xolda.

Namuna ishlab chikilgan maxsulot partiyasidan olinadi. Anik namuna olish tartibi partiyaning bir joyidan oz mikdorda olinishi tushiniladi. Bir nechta anik namuna partiyaning bir necha joyidan olinishi kerak.

Umumlashgan namuna bir partiyadan olingan bir necha anik namunalarni kushilishidan xosil bul gan namunaga aytiladi.

Laboratoriya namunasi bu analiz uchun olingan mikdor bulib u umumlashgan namunadan olinadi.

Namuna olish asosan sertifikatlash organi xodimi tomonidan yuk egasi ishtirokida olinadi. Namuna olishda tayyorlashda, saklashda va tashishda namuna olish koidalarga amal kilinishi lozim. Namunani ximoyalangan joydan olinishi, nam xavoni kirishiga yul kuymaslik, chang yoki tashki kushimchalar tushishiga yul kuymaslik kerak. Namuna olish uskunasi toza va kuruk bulishi zarur. Namuna olinayotgan idishga yoki maxsulotga beixtiyor ifloslanishiga yul kuyilmaydi. Partiya bir xil tabiatga ega bulgan , bir xil navli, bir yilda ishlab chikilgan, bir turga mansub bulishi kerak. Olingan anik namunalar mikdori tekshirish uchun zarur bulgan mikdordan uch baravardan ziyodrok bulishi va yaxshilab aralashtirilishi zarur, shundan sung uch kismga bulinib bir kismi yuk egasida, bir kismi iste’molchida va yana bir kismi laboratoriyaga topshiriladi. Laboratoriyaga topshiriladigan namuna iste’molchi va yuk egasini muxri bilan tamgalanadi va uchinchi kismi yuk egasi va istemolchi urtasida kelishmovchilik kelib chikadigan bulsa buni bartaraf etish uchun ikki tomonga kulay bulgan joyda saklanadi.

Namunani kuruk, ifloslanmaydigan, xavo kirmaydigan joyda shisha idashda maxsulotga zarar etmaydigan joyda saklanadi. Idishlar shunday ulchamda bulishi kerakki unga solingan namuna tulishi kerak. Xar bir tuldirilgan idish germetik yopilishi va ikkinchi marta ochib yopib bulmaydigan bulishi kerak.

Namunani markirovkalash


  1. Namuna olish kuni, vakti

  2. Namuna olgan mutaxassisning ismi sharifi va manzili,

  3. Maxsulotning nomi

  4. Navi

  5. Turi

  6. Ishlab chikilgan vakti

Agarda namuna olishda biron bir ifloslanganlik kuzatilgan bulsa bu xakda xam etiketka ustiga kayd kilib utilishi kerak. Laboratoriya analizi uchun olingan namuna normal sharoitda , saklanishi va tezda laboratoriyaga junatilishi zarur.

Namuna olish dalolatnomasini tuldirish

Ishlab chikaruvchining nomi

Namuna olingan joyning manzili

Maxsulot turining nomi

Ulcham birligi

Partiya ulchami

Partiyaning tashki kurinishining natijasi(uramining xolati, markirovkasi)

Ishlab chikilgan vakti

Olingan namunaning mikdori

Tekshirish uchun va kantrolь namuna uchun

Namuna olish maksadi maxsulotning xavsizligini SanPin va gost talablariga mos kelishini aniklash

Imzo chekuvchilar

ishlab chikaruvchi tomonidan (buyurtmachi)

Sertifikatlashtirish idorasi tomonidan ma’sul shaxs

Bojxona posti inspektori
Korxonaga qabul qilinayotgan xom-ashyo kirish nazoratidan o‘tkaziladi. Bunda uning sifati, navi, namligi, iflosligi aniqlanadi.

Qabul qilish nazorati - ishlab chiqarish jarayoni tugagandan so‘ng va etkazib beruvchidan iste’molchiga berilayotganda yoki texnologik jarayonning ba’zi bo‘g‘inlaridan yarimfabrikatlar boshqa bir bo‘g‘inga o‘tkazilayotganda bo‘ladi.

To‘la nazoratdan hamma tayyor mahsulotlar o‘tkaziladi, lekin konserva zavodlarini mahsulotlarini ilojisi yo‘q. To‘la nazoratni bankalarni to‘lishi, tashqi ko‘rinishi va berkitilishini tekshiriladi.

Konserva, xom-ashyo, qo‘shimcha mahsulotlar sifati haqida saylanma nazorat natijalari asosida xulosa chiqarish mumkin. Saylanma nazoratda xar bir mahsulot tekshirilmay, balki barcha mahsulot sifatini ko‘rsatadigan namuna tekshiriladi.


Namuna olish usullari

Bir xil partiya - bir tur va navli, bir xil kattalikdagi idishda bo‘lgan, korxonadan bir vaqt, smenadan ishlab chiqarish topshirishi, qabul qilishi, ko‘rish va sifati tekshirish uchun tayyorlangan konserva mahsulotlari tushiniladi.

Saylanma – xar bir yashik, korobkalardan namuna tayyorlash uchun ajratib olingan konserva mahsulotlari.

Dastlabki namuna – bu bir xildagi partiyalardan olingan saylanmalar yig‘indisi.

O‘rtacha namuna – laboratoriya tekshiruvchi uchun olingan dastlabki namunaning ma’lum qismi.

Namuna – o‘rtacha namunani ma’lum qismi bo‘lib, tegishli holda laboratoriya tekshiruvi uchun tayyorlanadi.

Tortma – namunaning ma’lum bir qismi bo‘lib, konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ko‘rsatkichlarini tekshirish uchun olingan.

Bir pog‘onali nazoratda ma’lum partiyadagi konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari sifati to‘g‘risida bir martadagi tekshiruv asosida xulosa chiqariladi.

Ko‘p pog‘onali nazoratda – ikki marta va undan ko‘p tekshiruv asosida bir xulosaga kelinadi.

Tekshirishda to‘g‘ri namuna olish mahsulot sifati to‘g‘risidagi aniq ko‘rsatkichga ega bo‘lishda roli kattadir.

Tayyorlangan namunaning tarkibi butun partiya sifatini ko‘rsatishi kerak. Hamma oziq-ovqat mahsulotlari 6 guruhga bo‘linadi:

- suyuq bir xil materiallar;

- suyuq bir xil bo‘lmagan materiallar, ya’ni emulьsiya hosil qilib, bo‘laklarga ajraydigani;

- qattiq surkaluvchan konsistensiyaga ega bo‘lgan, katta idishda joylashgan materiallar;

- sochiluvchan materiallar;

- meva-sabzavotlar, mayda baliq, oziq-ovqatlar, go‘sht, katta baliq, parranda.

Suyuqliklardan namunani maxsus trubka, Vaxtin konstruksiyasi asosidagi nasos bilan olinadi.

Sochiluvchan, mayda donli mahsulotlardan maxsus qop shuplari yordamida turli qismidan – yuqorisidan, o‘rta va quyi qismidan.

qattiq surkaluvchan va yashik, bochkalarga joylashgan mahsulotlardan yog‘li shup yordamida olinadi. Bochka, butilkaga quyilgan suyuq mahsulotlardan har bir bochkadan – 200sm3, butilkadan 100sm3, 3% qadoqlangan ochilishi kerak, ya’ni 3 tasi.

YOpishqoq, surkaluvchan mahsulotlardan 200 g namuna olinadi. Go‘sht mahsulotlaridan esa turli joylaridan 200 g dan olinadi.



Bir xil namuna olish uchun, olingan dastlabki namunalarni go‘sht maydalagich(myasorupka) dan o‘tkazib qiyma (farsh) yaxshilab aralashtiriladi.

Parranda go‘shtlarini kimyoviy, organoleptik, texnologik tekshirish uchun turli chuqurlikda 70 g dan har xil joydan namuna olib, farsh tayyorlab aralashtirib tekshirish uchun tortma ajratib olinadi.
Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling