Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo O’qitish Metodikasi yo’nalishi 4- bosqich 01\19 gurux talabasi


Kimyo va uni o‘qitish metodikasini tadqiq qilishning ilmiy yo‘nalishlari


Download 157.62 Kb.
bet7/7
Sana30.04.2023
Hajmi157.62 Kb.
#1411098
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dilshoda

1.Kimyo va uni o‘qitish metodikasini tadqiq qilishning ilmiy yo‘nalishlari Kimyo fani haqidagi ilmiy yo‘nalishlar. Fanning rivojlanish bosqichi. Bilish obekti. Kimyo fanini bilish obekti. Kimyo fanining umumiy tasnifi. Kimyo fanida fanlararo yondashishdan foydalanish. Tadqiqot predmeti. Tadqiqot masalalarining qamrovi va xususiyatlari. Kimyoning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabatlari. Pedagogika, psixologiya, biologiya, biokimyo, fizika, matematika. Kimyo fanining tarmoqlari va tuzilmalari. Analitik kimyo. Kimyo o‘qitish metodikasi va nazariyasi. Organik kimyo.Fizik kimyo. Kolloid kimyo. Yuqori polimerlar kimyosi. Biokimyo. Bioorganik kimyo. Farmatsevtik kimyo. Neft va gaz kimyosi. Kimyoviy texnologiY. NanotexnologiY. 2. Tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohadava ilmiy tahlil masalalari, yangi g‘oyalarni shakllantirish
Kimyoviy tadqiqotlar metodlarining darajalari va yondashuvlari. Kimyoviy tadqiqot sharoitida zarur bo‘ladigan ilmiy-bilish nazariyasi. Kimyoni o‘rganish tamoyillari, uslublari hamda ularning xususiyatlari. Kimyo fanining ilmiy yondashuvlar asosidagi bilish haqidagi nazariyalari. Kimyo fanining tadqiqot uslublari va yondashuvlari. Kimyoviy tadqiqotlar jarayonida ilmiylikka asoslangan xulosalarni chiqarish. Kimyoviy tahlil ma’lumotlarni jamlash va klassifikatsiyalash, qiyosiy va ilmiy tahliliy taqqoslash, solishtirish asosida olingan xulosalarni ilmiy ravishda bayon eta olish, kimyoni o‘rganishga obektivlik hamda ilmiylik nuqtai-nazaridan yondashib ilmiy natijalarini chuqur anglagan holda xulosalash. Kimyo fanining metodologik masalalari. Kimyoning rivojlanish tarixi va uning asosiy qonuniyatlari. Kimyoviy jarayonlarni tahlil qilish va kimyoviy birikmalarni sintez qilish yo‘llari va bunda yuqoridagi jarayonlarni yoritib berish salohiyatining mavjudligi. Ilmiy tadqiqot olib borishda material yig‘ish, tahlil qilish, bir tizimga keltirish. Kimyo fani haqidagi nazariyalar va ilmiy yondashuvlar, kimyo fani tadqiqotlari va ilmiy tadqiqot faoliyatining amalda qo‘llanilishi. Tadqiqot jarayonida ilmiy farazlarni belgilash, tadqiqot natijalarini aniqlash, ilmiy xulosalarini asoslab bera olish, ilmiy tavsiyalarni ilgari sura olish layoqatining mavjudligi, kimyoviy tahlil jarayonida yangi ilmiy qarashlar va yangi g‘oyalarni shakllantira olish. 3. Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish Kimyoviy bilishning o‘ziga xosligi va tamoyillari. Kimyo tadqiqotlarida kimyoviy manbalar bilan ishlash. Kimyoviy tahlil.Kimyoviy tadqiqot usullari. Kimyoviy tadqiqotlarda maxsus kimyoviy uslublar. Kimyodagi matematik uslublar. Kimyoviy tadqiqotlarida fanlararo yondashuv. Kimyo fani ilmiy tadqiqot ishlarini tashkillashtirish tamoyillari va vazifalari.Tadqiqotlarning ilmiy metodologik jihatlari. Kimyoni o‘rganishda asos bo‘luvchi manbalar xaqida tushuncha. Kimyoviy manbalar bilan ishlash. Kimyoviy reaktivlar, asbob- uskunalar bilan ishlash. Kimyoviy reaktivlarning yetishish va yetishmaslik muammosi. Tadqiqotlarni samarali olib borish muammolari, ilmiy ishlarni yozish usullari.Tadqiqot mavzusini tanlash, mavzuning o‘rganilish darajasini aniqlash, ish rejasini tuzish. Topilgan dalillarni tanlash va reja bo‘yicha joylashtirish. Boblarni tuzish va joylashtirish usullari. Asosiy qismning yozilishi. Kirish va xulosa qismlarining yozilishi. Sitata, izox, ilova va qaydlarni to‘g‘ri tashkil etish usullari. Foydalanilgan adabiyotlarni matnga qayd etish tartiblari. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining tuzilishi. Ishning betlarini raqamlash va mundarijasini to‘g‘ri tashkil etish.

XULOSA
O’quv tajribasi labaratoriya mashg’ulotlari jarayonida maxsus asboblar vositasida amalga oshiriladi. Undan ko’zlangan asosiy maqsad jarayonlarning kimyoviy mahiyatini va nazariy bilan uyg’unligini tajribalar asosida ko’rsatishdan iborat. Shuning uchun, kimyodan o’quv tajribasi bir vaqtning o’zida bilimlar manbai, o’qitish uslubi va ko’rgazmalilik turi bo’lib hisoblanadi. Kimyoviy jarayonlarni tajriba asosida o’rganish ilmiy dunyoqarashni to’g’ri shakllantirib boradi, kimyoviy tushuncha, nazariy va qonunlarni chuqur o’lashtirish imkonini beradi, kimyoga qiziqishni orttiradi. Shuni aloxida ta’kidalsh kerakki, yoshlarning kundalik qabul qiladigan axborot ma’lumotlari miqdorining hajmi 1600-1800 ga teng. Shuning uchun, oliy o’quv yurtlarida o’tiladigan, fizika, kimyo, biologiya, matematika kabi fanlarning o’quv dasturlaridagi mustaqil ish uchun ajratilagan o’quv soatlarini amaliy labaratoriya mashg’ulotlari uchun ajratilgan soatlarga qo’shish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli, ayni paytda, ta’lim texnologiyalarini o’z ichiga qamrab olgan labaratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish tuzilmasini o’zgartirish va unga zamon ruhini singdirishga zaruriyat tug’ilmoqda. Amalda mavjud modeldagi labaratoriya mashg’ulotlari jarayonida labaratoriya ishlarini bajarish tuzilmasi quyidagi tartibda olib boriladi:


 Mavjuning nomi;
 Ishning maqsadi;
 Qisqacha nazariya;
 Ishni bajarish tartibi;
 Natijalarga matematik ishlov berish va tajriba xatoliklarini aniqlash;
 Nazorat savollariga javob berish. Biz taklif etayotgan modelda esa labaratoriya ishlarini bajarish tuzilmasini quyidagi tartibda olib borish tavsiya qilinadi:
Mavzuning nomi;
 Ishning maqsadi;
 Kerakli asbob va jihozlar;
 Qisqacha nazariy ma’lumot;
 Labaratoriya ishining amaliy ahamiyati haqida qisqacha ma’lumot;
 Ishni bajarish uchun eksperimental qurilma va uning tavsifi; Olingan natijalarga matematik ishlov berish, jadval va grafiklar tuzish;
 Tajriba xatoliklarini hisoblash;
 Turdosh labaratoriya ishini mustaqil bajarish uchun yo’naltiruvchi ma’lumotlar;
 Nazorat savollariga javob berish;
 Bajarilgan labaratoriya ishining mavjusi bo’yicha tuzilgan test savollariga javob berish;
 Bajarilgan ishlar yuzasidan talaba hisoboti va xulosasi. Taklif etilayotgan model bo’yicha o’tkaziladigan labaratoriya ishida talaba ishning amaliy ahamiyati, texnika va texnologiyada qo’llanilish sohasini aniq tasavvur qiladi. Talaba topshiriqni olib, ishni bajaradi, yo’naltirilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanib, olingan natijalarga matematik ishlov beradi va ishning asosida yotuvchi kimyoviy qonuniyatni aniqlaydi shuningdek, labaratoriya ishi bo’yicha tuzilgan test sinov savollariga bevosita o’zining nazariy bilimlari bilan birgalikda tajriba natijalariga asoslangan holda javob izlash sharoitini yaratadi. Bunday yondashishimiz labaratoriya darslarida bajarilayotgan labaratoriya ishiga turdosh bo’lgan ishni talabaning o’zi mustaqil o’tkazishi, tajriba qurilmasiga va ishning mavzusiga oid nazariy bilimlarni bilimlarini test sinov-savollari bilan mustahkamlashi hamda ish bo’yicha hisobot tayyorlashda yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Ishni yuqoridagi tartibda bajarishda talabalar eksperimental qurilmalar bilan ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar,ularni amaliyotda qo’llash davomida iqtisodiy tejamkorlikka erishishning muhimligini anglaydilar. Tajriba natijalari va nazariy xulosalarning bevosita test-sinov savollari bilan uzviy bog’lanishi talabaning bilish imkoniyatlarini kengaytiradi va o’z ustida muntazam ishlash mas’uliyatini oshiradi. Labaratoriya mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etish va takomillashtirish talabalarda yangilikka intilish, ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shuningdek, ularning kasbiy pedagogik tayyorgarligini shakllantirishda o’ziga xos ijobiy samara beradi.Muhim kashfiyotlarni amalga oshirishda, fan oldiga qo'yilgan muammoni tez hal qilishda ishni bajarish metodikasi (usuli) muhim ahamiyatga ega. To'g'ri usul bilan bajarilgan ilmiy tekshirishlar olimlaming buyuk kashfiyotlariga sabab bo'lgan. Masalan, spektral analiz usulining kashf etilishi tabiatdagi ko'p elementlarning ochilishiga olib keldi. Elektrokimyoviy tekshirish usullarining yaratilishi fan va sanoatdagi muhim muammolarni tez hal qilish imkoniyatini tug'dirdi. Shunga ko'ra kimyo fani asoslarini o'quvchilar tomonidan tez o'zlashtirilib olinishi o'qitish usuliga bog'liq. Metodist olimlar tomonidan fanlarni o'qitishdagi darslar samaradorligini oshirishning turli metodlari ishlab chiqilgan. Ulardan kimyoni o'qitish jarayonida foydalaniladi. Kimyo fani kimyo o'quv fanlari asoslari bilimlarini o'zlashtirib olishni o'rgatadi. Bu fan tayyor bilimlar beradigan fanlardan farqlanib, ilmiy fan vazifasini ham o'taydi, chunki yangi Международныйнаучныйжурнал №8(100), часть2 «Новостиобразования: исследованиев XXI веке» март, 2023г 599 o'qitish usullari pedagogik ish jarayonida yaratiladi. Ilg'or ta'lim texnologiyalarini dars jarayonlariga tadbiq qilib, o'qitish va ta'lim olish metodikasini takomillashtirish ham ilmiymetodik ish hisoblanadi. O'qitish metodlari o'qituvchining ishlash jarayonida rivojlanib boradi. Shuning uchun ilg'or o'qituvchilarning dars olib borish tajribasini o'rganish o'qitish jarayonini takomillashtirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Olimlar tomonidan har bir yaratilgan yangi o'qitish usullari ta'lim bosqichlarida pedagogik tajribadan o'tkaziladi. Samara bergan usullar o'quv jarayoniga tadbiq etiladi. Hozirgi vaqtda kimyoni o'qitish jarayoniga innovatsion va axborot texnologiyalari keng joriy qilinmoqda.
Kimyo darslarining samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish muammosi xorijiy va yurtimiz pedagoglari tomonidan juda keng o‘rganilgan bo‘lib, shu yo‘nalishda turlicha yutuqlarga erishilgan [10;550-555]. SHu bilan birga, shu kungacha yaratilgan metodlar va texnologiyalarni zamon talabiga moslashtirish uchun ularni biroz o‘zgartirish, takomillashtirish lozim. Bunda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari va kreativ fikrlash jarayonini rivojlantirishga urg‘u berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


Adabiyotlar:

1. М.Nishonov, Sh.Маmajonov, В.Хo’jayev «Кimyo o’qitish metodikasi» Тоshkent. O’qituvchi 2002.


2. N.G.Rahmatullayev, H.T. Omonov, Sh.M. Mirkomilov; «Кimyo o’qitish metodikasi» Toshkent. «Iqtisod-Moliya», 2013yil.
3.М.Nishonov, Sh.Маmajonov.«Кimyo o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni» Farg’ona.
4. Ishmuhammedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Т., TDPU. 2004.
Электронные учебные ресурсы:
1. www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5. www.grain. Ru
6 . www.chemistry.ru
Download 157.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling